R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Buxgalteriya hisobining shakli to‘g‘risida tushuncha



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

12.3. Buxgalteriya hisobining shakli to‘g‘risida tushuncha 
 
Buxgalteriya hisobining shakli
deb hisob registrlaridan foydala-
nishning ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum 
tizimga aytiladi. 
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob 
registrlarining o‘zaro xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-
ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniq-laydigan 
asosiy belgidir. 
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishning 
rivojlanishi bilan buxgalterlik hisobining shakli tushunchasi o‘zgar-moqda 
va kengaymoqda. 
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining asosiy 
shakllariga 
memorial-order, jurnal-order
va 
avtomatlashtirilgan
shakl-lari 
kiradi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes korxonalarining shakl-lanishi va 
rivojlanishi natijasida ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini aks ettiradigan 
buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli
vujudga keldi.
Talabalarga tushunarli bo‘lishi uchun bu hisob shakllarini alohida 
misollar bilan ko‘rib chiqamiz. 
12.4. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli 
 
Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining mohiyati xo‘jalik 
muomalalarini aks ettiruvchi dastlabki hujjatlarga asoslanib, buxgal-teriyada 
rasmiylashtiriladigan hujjatlar – memorial-orderlar tuzilishidan iborat. Bu 
hujjatlar bosh buxgalter tomonidan qaysi sintetik va analitik schotlarga 
memorial-orderni tuzishga asos bo‘lgan hujjatda aks ettirilgan xo‘jalik 
muomalasi bo‘yicha yozuvlarni o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. 


323 
Memorial-order shaklining paydo bo‘lishi har bir xo‘jalik yurituvchi 
subyektning imkoniyatlarini umumiy talablar bilan birlashtirishga yordam 
beradi. Alohida faktlarni ro‘yxatga olish uchun zarur vedomostlar ochiladi.
Memorial-order bitta hujjatga asosan tuzilgani kabi, bir turdagi 
hujjatlar guruhiga asosan ham tuzilishi mumkin (12.1-jadval). 
№01-MEMORIAL-ORDER 
Kassa muomalalari. Yanvar 20__ y. 
12.1-jadval 
Asos
(hujjatlarga yoki yozuvlar mazmuni) 
Korrespondensiyalanuvchi 
schotlar 
Summa 
Debet 
Kredit 
2-yanvar uchun kassa hisoboti va 
h.k. 
5110 
5010 
120000 
Jami 
120000 
Buxgalter
Ahmedov S.I. 
Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab ro‘yxatga olish jurnalida 
qayd qilib boriladi (12.2-jadval). 
Memorial-orderlarni ro‘yxatga olish jurnali 
Yanvar 20__ y. 
12.2-jadval 
Memorial-orderning tartib raqami Orderning sanasi 
Memorial-
orderdagi summa 

2-yanvar 
120000 

4-yanvar 
80500 
va h.k. 
Yanvar uchun jami 
4005000 
Shunday qilib, memorial-orderlar ro‘yxatga olish daftariga yozilganda 
ularga tartib raqami beriladi.
Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik 
muomalalari jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylash-
tiradigan memorial-orderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan, 
«Kassa» schotining debeti va u bilan korrespondensi-yalanadigan 
schotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1 memorial-
order, «Kassa» schotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-order tuziladi. 
Bunday tajriba oy davomida analitik schotlar bo‘yicha ularni oy oxirida 


324 
sintetik schotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashtiradigan 
memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini beradi.
Memorial-orderni tuzish uchun asos bo‘luvchi barcha hujjatlar unga 
ilova qilinib (biriktirilib), ustiga shtamp bosish yo‘li bilan so‘ndiriladi. 
Ro‘yxatga olish daftarining jami oylik summasi sintetik schotlar bo‘yicha 
oborot vedomosti oborotlarining jami bilan taqqoslash uchun foydalaniladi. 
Shu bilan sintetik hisob tomonidan xo‘jalik muomalalarining to‘liq qamrab 
olinishini tekshirishga erishiladi.
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinga-nidan 
so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schotlarga o‘tkaziladi. Memorial-
order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har 
bir sintetik schot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda 
memorial-orderlarning 
yozuvlari 
har 
bir 
schot 
bo‘yicha 
korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr 
uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi. 
Bunday shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat vedomosti deb ham ataladi. 
Bosh daftar schotlarida faqat hisobot davri uchun joriy oborotlar hisobga 
olinadi.
Bosh daftar schotlarining shakli har bir korrespondensiyalanuvchi schot 
bo‘yicha debet va kreditga bo‘lingan holda tuziladi va quyidagi shaklga 
ega(12.3-jadval):

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish