R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


uzluksizlik, ishonchlilik va qiyoslanuvchanlik



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

uzluksizlik, ishonchlilik va qiyoslanuvchanlik
ni ifodalaydi. Ushbu 
printsiplar mohiyati kitobning 2-Bob 2.4 paragrafida ochib berildi. 
Qonunning yangi tahririda buxgalteriya hisobining maqomini 
belgilaydigan alohida, 4- «Buxgalteriya hisobi» nomli modda kiritilgan. 
Unda buxgalteriya hisobining mohiyatini, maqsadini va boshqa hisob 
turlaridan printsipial farqlarini tavsiflaydigan ta’rif keltirilgan. Jumladan, 
unda barcha xo‘jalik operatsiyalarining yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida 
hisobga olinishiga urg‘u berilgan. Shu bilan birga buxgalteriya hisobida 
axborotlarni yig‘ish, qayd etish, qayta ishlash va umumlashtirish tizimi 
hamda shu tizim asosida moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda o‘ziga 
xos maxsus usullar va amallar qo‘llaniladi. Shuningdek, bu moddada butun 
dunyo amaliyotida e’tirof etilgan – buxgalteriya hisobi xo‘jalik 
operatsiyasini bir vaqtning o‘zida bir xil summaga kamida ikkita schyotda 
aks ettirish yo‘li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritilishi ta’kidlangan. 
Darhaqiqat, 
«
ikki yoqlama buxgalteriya – bu insoniyat tafakkurining eng 
buyuk kashfiyotidir
»
(Volfgang Gyote). 
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qiladigan asosiy 
xususiyatlarini kitobning 1-Bob 1.4 paragrafida tavsiflandi. 
«
Buxgalteriya axboroti
»
nomli 5-modda ham yangidan kiritilgan 
bo‘lib, 4-moddaning mantiqiy davomi va rivojidir. U buxgalteriya hisobida 
buxgalteriya axboroti deb nima tan olinishini belgilaydi. Xususan, unda 


367 
buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlari(operativ, statik hisob)dan 
printsipial farqi - boshlang‘ich hujjatga asoslanishiga urg‘u berilgan. Demak, 
buxgalteriya axborotining ibtidosi boshlang‘ich hisob hujjatlaridir. 
Shuningdek, buxgalteriya axboroti hisob registrlari, moliyaviy hisobotlar, 
tushuntirishlar hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan 
bog‘liq boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi ob’ektlari 
haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlar ekanligi ta’kidlangan. 
6-moddada 
buxgalteriya hisobining sub’ektlari belgilangan (oldingi 
tahrirdagi 3-modda)
. Bu moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 
hududidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda respublikada 
ro‘yxatga olingan barcha yuridik shaxslar, shuningdek ularning Respublika 
hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, 
vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobining 
sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, yuridik shaxs hisoblanmagan, 
ammo bankda hisob raqamiga ega bo‘lgan tadbirkorlar, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa 
tarkibiy bo‘linmalari ham buxgalteriya hisobining sub’ektlari hisoblanadi. 
Ushbu sub’ektlar ham amaldagi qonunchilikka muvofiq hisob yuritishi va 
hisobot taqdim etishi belgilangan 
7–moddaga muvofiq aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, 
daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq 
xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlari hisoblanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobining asosiy ob’ektlarini 
yanada batafsilroq bayon qilish mumkin. Jumladan, sub’ektning o‘z 
mablag‘lari, qarz mablag‘lar va ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik 
munosabatlari, ya’ni mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, 
davlat byudjeti va shunga o‘xshash tashkilotlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob 
munosabatlari. Byudjetdan moliyalashtiriladigan sub’ektlarda ayrim o‘ziga 
xos hisob ob’ektlari mavjud. Bular davlat byudjetidan ajratiladigan 
mablag‘lar; byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar 
(tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); naqd pullik va naqd pulsiz hisob-kitob 
operatsiyalari. Ushbu ob’ektlar alohida elementlar bo‘yicha buxgalteriya 
hisobi schyotlarida pul ifodasida aks ettiriladi. Shuningdek, bu moddada 
buxgalteriya hisobi ob’ektlari sintetik va analitik schetlarda yuritilishiga ham 
urg‘u berilgan. 
Yangidan kiritilgan «Sintetik va analitik hisob» nomli 8-modda 7-
moddaning mantiqiy davomi bo‘lib, unda sintetik va analitik hisobning 


368 
maqomi alohida mustahkamlangan. Jumladan, sinetetik hisob buxgalteriya 
hisobi ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilar bo‘yicha 
umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilangan. Sintetik hisob 
sintetik schetlarda faqat pul o‘lchovida yuritiladi. Bu buxgalteriya hisobining 
xo‘jalik hisobi boshqa turlari(operativ hisob, statistik hisob)dan farq qiluvchi 
asosiy xususiyatlaridan biridir. 
Analitik hisob esa sintetik hisob schetida aks ettirilgan ob’ekt bo‘yicha 
batafsil ma’lumotlarni shakllantirish uchun tashkil etiladi va yuritiladi. 
Bundan maqsad analitik hisob ob’ektlari ustidan muntazam ichki nazorat va 
monitoringni ta’minlashdan iborat. Analitik hisobda har bir hisob ob’ekti 
nafaqat pul o‘lchovida, balki hisob o‘lchovlarining boshqa tegishli turlari 
(mehnat o‘lchovi, natural o‘lchov)da ham ifodalanadi. Bu buxgalteriya 
hisobining funktsiyalarini (nazorat, mulkning saqlanishini ta’minlash, tahlil 
va b.) ta’minlashga xizmat qiladi. 
Ushbu «Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish» nomli 9-
moddada oldingi 
tahrirdagi 
aynan shunday nomlangan 5-modda 
takomillashtirilgan tahrirda berilgan. Jumladan, unda 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish