R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Baholashning mohiyati, ahamiyati va prinsiplari



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/338
Sana30.06.2022
Hajmi8,08 Mb.
#719261
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   338
Bog'liq
fayl 1513 20210818

9.1. Baholashning mohiyati, ahamiyati va prinsiplari
 
Buxgalteriya hisobining metodi oldingi boblarda ko‘rib chiqilgan 
balans, hujjatlashtirish va inventarizatsiya, schotlar va ikkiyoqlama 
yozuv usullaridan tashqari, 
baholash
va 
kalkulatsiya
kabi elementlarni 
ham o‘z ichiga oladi. Ular buxgalteriya hisobi obyektlarini qiymat 
o‘lchovida ifodalash usullari bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
moliya-xo‘jalik faoliyatining pul o‘lchovidagi ko‘rsatkichlariga ega 
bo‘lish uchun qo‘llaniladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi 
natijasida bu usullarni qo‘llashning ahamiyati yanada oshib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» 
qonunining 7-moddasiga muvofiq 
«Aktivlar, majburiyatlar, xususiy 
kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning 
harakati bilan bog`liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining 
obyektlaridir». 
Ushbu hisob obyektlarini yagona o‘lchov – 
pul o‘lchovi
ga keltirish 
uchun ularni baholash, ya’ni pulda ifodalash zarur. 
 
 
 
 
Baholash tufayligina buxgalteriya hisobida har xil o‘lchovlarda 
ifodalangan hisob obyektlarini umumlashtirishga muvaffaq bo‘linadi. 
Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investitsiyalar, materiallar, 
chet el valutasi va hokazolar bitta umumlashtiruvchi o‘lchov – pul 
o‘lchovida ifodalanadi. 
Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik 
jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat 
xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun 
Baholash
– bu har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob 
obyektlarini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli. 


238 
buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini 
ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi 
va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat 
o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish 
uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy 
vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish 
dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, 
ya’ni sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya 
hisoblash asosiy vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. 
Xomashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zaxiralari haqiqiy 
tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; 
tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi 
bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat 
o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi. 
Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat 
ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq 
xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. 
Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulatsiyalash deb 
ataladi. Baholash va kalkulatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining 
asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umum-
lashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantira-
digan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin 
iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari, 
passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq 
ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab 
chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, 
korxonalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan 
hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital qo‘yilmalarning harakati faqat 
qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni 
talab etadi. 
Demak, baholash va kalkulatsiya korxona aktivlari, passivlari 
hamda xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish 
tizimining ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobida 
aks ettirish materiallarni tayyorlash tannarxini aniqlash bilan yakunlanib, 
ular ishlab chiqarishga shu tannarx bo‘yicha beriladi. Ishlab chiqarish 
jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida tayyor mahsulot 
(bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanib, 
ular shu tannarx bo‘yicha sotiladi. Realizatsiya jarayonini buxgalteriya 
hisobida aks ettirish natijasida mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la 


239 
tannarxiga qo‘shilmaydigan realizatsiya xarajatlari hamda realizat-
siyaning moliyaviy natijasi aniqlanadi (
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannar-
xini kalkulatsiyalash 10-bobda alohida o‘rganiladi
).
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida 
elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida pul ifodasida aks 
ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining 
asosiy obyektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar 
va ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va 
buyumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari, ya’ni mol 
yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, davlat budjeti va shunga 
o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Budjetdan 
moliyalashtiriladigan subyektlarda ayrim o‘ziga xos hisob obyektlari 
mavjud. Bularga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; budjetdan 
ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar 
bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo‘lgan asosiy obyektlarni 
quyidagicha turkumlash mumkin (9.1-rasm): 
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash 
mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valuta, ya’ni so‘mda amalga 
oshiriladi. Agar ular xorijiy valutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni 
xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Bir 
vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida 
xorijiy va milliy valutada aks ettiriladi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish