338
mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarish bilan shug‘ullanilmasa
tashkil
etiladi. Bunda quyidagi hisob registrlaridan foydalaniladi:
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish vedomosti (V-1);
Pul mablag‘larini hisobga olish vedomosti (V-2);
Tovar yetkazib beruvchilar bilan hisoblashuvlarni
hisobga olish
vedomosti (V-3);
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishni hisobga olish vedomosti (V-
4);
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish vedomosti (V-5);
Mehnatga haq to‘lashni hisobga olish vedomosti (V-6);
Hisobot davrida xarajatlarni hisobga olish vedomosti (V-7);
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishini hisobga olish
vedomosti (V-8);
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashuvlarni hisobga olish
vedomosti (V-9);
Umumlashtiruvchi vedomost (V-10 va V-10-A).
Yuqorida sanab o‘tilgan vedomostlarning har biri, qoidaga ko‘ra
buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schotlarning bittasi bo‘yicha
muomalalarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobning soddalashtirilgan shaklini qo‘llash sharoi-tida,
xo‘jalik muomalasi shaxmat yozuvi ko‘rinishida
bir marta yoziladigan
jurnal-orderdan farqli bo‘lib, har bir xo‘jalik muomalasi ikkita usul bilan
rasmiylashtiriladi: bitta vedomostda – schotning debeti bo‘yicha yozuv,
kreditlanuvchi schotni ko‘rsatgan holda («korres-pondensiyalanuvchi schot»
grafasida), boshqasida esa korrespon-densiyalanuvchi schotning krediti
bo‘yicha bir vaqtning o‘zida debetlanuvchi schotni ko‘rsatilgan holda.
Ushbu vedomostlarning jami umumlashtiruvchi
shaxmat vedomostini
(V-10-A) to‘ldirish uchun asos bo‘lib, unda tegishli vedomostda ko‘rsatilgan
har bir schotning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar aks ettiriladi.
Umumlashtiruvchi shaxmat vedomostining mazmuni gorizont bo‘yicha
vedomostlarning nomerlarini ularning o‘sib borish tartibida, vertikal
bo‘yicha esa schotlar raqamlarining o‘sib borish tartibi va nomlaridan iborat.
Yozuvlar vedomostlardan tegishli schotlar bo‘yicha
kredit oborotlarini
«Korrespondensiyalanuvchi schot» grafasi bo‘yicha ushbu oborotlarni
tegishli schotlarning debetiga tarqatib yozish (raznoska) yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Shaxmat
vedomosti
qo‘llaniladigan
schotlar
bo‘yicha
oylik
umumlashtiruvchi registr hisoblanadi va nazorat ahamiyatiga ega. U nafaqat
joriy oy uchun axborotlarni
umumlashtirish maqsadida, balki buxgalteriya
339
hisobi schotlari bo‘yicha amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini o‘zaro
tekshirish uchun ham xizmat qiladi. Xususan, bu tarqatib yozish vaqtida
aniqlanib, uning natijasida har bir schot bo‘yicha jamlangan debet summasi
mazkur schot bo‘yicha tegishli vedomostda aks
ettirilgan debet oboroti
summasiga teng bo‘lishi lozim.
Har bir schotning debeti bo‘yicha aniqlangan jami summalar
qo‘shiladi. Aniqlangan natija schotlarning krediti bo‘yicha umumiy oborotlar
summasiga teng bo‘lishi lozim. Har bir schot bo‘yicha debet va kredit
oborotlari oborot vedomostiga o‘tkazilib, unda har bir schot bo‘yicha hisobot
davridan keyingi oyning birinchi sanasiga qoldiq chiqariladi (12.8-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: