R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Aktiv va passiv schotlar



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/338
Sana26.04.2022
Hajmi8,08 Mb.
#583816
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   338
Bog'liq
Dustmurodov B.H.N

5.2. Aktiv va passiv schotlar 
 
Mablag‘larning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga:
1) tarkibi, joylanishi va ishlatilishi bo‘yicha; 2) tashkil topish manbalari 
va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo‘linishidan kelib chiqqan holda 
schotlar ham, aktiv va passiv schotlarga bo‘linadi. Aktiv schotlarda 
xo‘jalik mablag‘larining mavjudligi va harakati (ko‘payishi, kamayishi) 
aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet tomonida yoziladi. 
Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi (5.1-rasm). 
Aktiv schot 
Debet Kredit 
Boshlang‘ich qoldiq 
Kamayishi (-)
Ko‘payishi (+) 
Oborot
Oborot
Oxirgi qoldiq 
 
5.1-rasm.
Passiv schotlarda esa xo‘jalik mablag‘lari manbalarining 
mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Passiv schotlarning qoldiqlari 
schotning kreditida aks ettiriladi. Passiv schotlar joriy hisobda 
balansning passiv moddalariga asosan ochiladi (5.2-rasm). 


102 
Passiv schot 
Debet Kredit 
Kamayish (-) 
Boshlang‘ich qoldiq 
Ko‘payish (+) 
Oborot
Oborot
Oxirgi qoldiq 
5.2-rasm. 
 
Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit 
(schotning o‘ng tomoni) tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni 
bajaradi. 
Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi, 
kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. Passiv schotlarda, aksincha, 
mablag‘lar tashkil topish manbalarining qoldig‘i va ko‘payishi kreditida, 
kamayishi esa debetida aks ettiriladi. 
Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga 
ko‘pincha «saldo» so‘zi ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, 
aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma’noni bildiradi. 
Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq 
boshlang‘ich
saldo
deb ataladi. Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga 
bo‘lgan qoldiq 
oxirgi
saldo
deb ataladi. Agar schotning debeti bo‘yicha 
oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p 
bo‘lsa, u holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq 
joylashgan chap tomonida ko‘rsatiladi.
Qoldiq har bir schot bo‘yicha har oyning birinchi sanasiga hisoblab 
chiqariladi. Schotda boshlang‘ich qoldiq bo‘lgan hollarda yangi (oxirgi) 
qoldiq schotning boshlang‘ich qoldig‘i ko‘rsatilgan tomondagi oborot 
yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qarama-
qarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi 
qoldiq bo‘lmagan, ya’ni u nolga teng bo‘lgan hollarda schot yopilgan 
hisoblanadi.
Schotni yopish quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:

 
alohida faoliyat turlarining moliyaviy natijasini har bir hisobot 
davri bo‘yicha hisoblab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda 
ularning qoldiqlarini boshqa schotga o‘tkazish. Masalan, 9000-«Asosiy 
(operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9010, 
9020, 9030) qoldiqlari har oy oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» 
schotiga o‘tkazish bilan yopilishi lozim; 


103 

 
hisobga olinadigan obyektning mohiyati bilan bog‘liq. Masalan, 
korxonada yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish 
bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgan. Ushbu maqsadlar uchun joriy 
oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab chiqarilmaganligi 
sababli, ma’lum bir mahsulot tannarxiga qo‘shilishi mumkin emas. 
Shuning uchun bunday xarajatlar 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini 
hisobga oluvchi schotlar»ning debetida to‘plab boriladi. Ishlab chiqarish 
yo‘lga qo‘yilganidan va mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng 
mazkur schotlarda to‘plangan xarajatlar har bir hisobot oyi bo‘yicha 
teng ulushlarda mahsulotlar turlarining tannarxiga taqsimlanadi. 
Xarajatlar 
hisobdan 
chiqarilgandan 
so‘ng 
3100-«Kelgusi 
davr 
xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» yopiladi; 

 
ayrim turdagi xarajatlarni, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil 
etish va boshqarish xarajatlarini hisobga olishga oid amaldagi me’yoriy 
hujjatlar bilan bog‘liq. Masalan, 2510-«Umumishlab chiqarish 
xarajatlari» schoti unda yig‘ilgan xarajatlarni har oyda kalkulatsiya 
obyektlariga taqsimlash va hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi. 
Aktiv va passiv schotlar balansning aktiv va passiv moddalariga 
mos kelganligi sababli 
balans schotlari
deb ham ataladi. Bu esa balans 
va schotlar o‘rtasida hisob obyektlarini turkumlashning yagona iqtisodiy 
tasnifiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa 
qilishga asos bo‘ladi (buxgalteriya balansi, schotlar va ikki yoqlama 
yozuv usullarining o‘zaro bog‘liqligi 5.8-bo‘limda batafsil yoritilgan).

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish