R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


J.P.Savari – statik va dinamik buxgalteriya hisobining



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/338
Sana26.04.2022
Hajmi8,08 Mb.
#583816
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   338
Bog'liq
Dustmurodov B.H.N

18.3. J.P.Savari – statik va dinamik buxgalteriya hisobining
atoqli tadqiqotchisi
 
Statik buxgalteriya hisobi XIII asrdan XIX asrgacha bo‘lgan davrda 
asta-sekinlik bilan barpo bo‘lgan. XIX asrga kelib statik buxgalteriya 
hisobining nazariy asoslari shakllangan. Statik buxgalteriya hisobining 
nazariyotchilari orasida G.V.Simon, G.Niklish, V.Le Kutr va boshqalarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin.
XVII asrda statik va dinamik buxgalteriya hisobining falsafasining 
shakllanishi buxgalteriya hisobining ham statik, ham dinamik yo‘nalishi 
vakili sifatida e’tirof qilingan atoqli frantsuz buxgalteriya hisobi 
tadqiqotchisi J.P.Savari nomi bilan bog‘liq. Ko‘plab tadqiqotchilar, 
xususan, frantsuz R.Ober tomonidan J.P.Savarining bu sohadagi xizmatlari 
L.Pacholi 
xizmatlari 
bilan 
tenglashtirilgan. 
R.Obergacha 
barcha 
tadqiqotchilar hisob tarixida ikki yoqlama yozuvning vujudga kelishini 
burilish davri sifatida qarashgan va shu sababli L.Pacholining ishlariga 
alohida e’tibor berishgan. R.Ober bizning davrimizda buxgalteriya 
hisobini davrlarga ajratish bosqichlarini belgilar ekan
42
[10. S.15], 
J.P.Savarini hisob tarixidagi hal qiluvchi o‘rin tutgan shaxs sifatida e’lon 
qilgan. Ungacha buxgalteriya hisobi butunligicha ma’lumot berish 
tavsifiga ega bo‘lib, xo‘jayinning ish yuritishini osonlashtirgan, mulk 
egasining “pul topish va shuxrat qozonish bilan bog‘liq mayda-chuyda 
hayotiy tashvishlarini” hal etishga yordam bergan. Aynan, R.Ober 
hisobning uch yuz yillik tarixi – buxgalteriya hisobining yuridik 
doktrinasini shakllantirgan J.P.Savari ishlari bilan bog‘liq yuridik maktab 
tarixi ekanligini ko‘rsatgan. 
J.P.Savari 1675 yilda “Mukammal tijoratchi” ishini chop qilgan. 
Ushbu asarda balanslar xilma-xilligi tamoyilini shakllantirgan va mulklar 
hisobini soxta tugatish paytida sotish mumkin bo‘lgan baho bo‘yicha va 
moliyaviy natijani aniqlash uchun esa tarixiy baho (haqiqiy tannarxi) 
bo‘yicha yuritish talabini ilgari surgan. J.P.Savari “eng kam baho 
tamoyili”ni asoslagan.
Bu yerda shuni ta’kidlash o‘rinli-ki, Luka Pacholi davrida (hisob oila 
42
Соколов Я.В.
Основы теории бухгалтерского учета. - М.: Финансы и ста¬ тистика, 2000. 


468 
doirasida, ya’ni yakka xo‘jalikda yuritilganida) buxgalteriya hisobi axborot 
tizimiga korxonaning ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda korxona 
mulkdorlarining shaxsiy mol-mulklari (kreditorlarning talablari shaxsiy 
foydalanishda bo‘lgan mulklarga ham qaratilgan) ham kiritilgan. J.Savari 
mulkdor tomonidan kiritilgan korxona mol-mulklari haqida ma’lumotlarni 
jamlaydigan inventar balans bilan mulkdorning shaxsiy mulklari haqida 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan konkurs (tanlov) balansi o‘rtasida farqni 
aniqlashtirgan. J.Savari inventar balansga ustuvorlik bergan holda 
korxonalar mustaqilligi (korxonalarning ajratilganligi) printsipini oldindan 
aytib bergan deyishimiz mumkin.
1549 yilda V.Shveyner buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlarning 
o‘rnini aniq belgilab bergan. U tomonidan “hujjatsiz yozuv yo‘q” degan 
qoida shakllantirilgan. Frantsuz maktabi vakillari italiya maktabi 
g‘oyalarini rivojlantirgan holda xotira kitobini yuritish zarurligini shubha 
ostiga olishgan
43
[11. S.101]. M.van Damm (1606 yil) barcha buxgalteriya 
yozuvlari uchun yagona asos sifatida uni dastlabki hujjatlar bilan 
almashtirish fikrini qat’iy talab qilgan. Bu zamonaviy buxgalteriya 
hisobining shakllanishining uzoq tarixiy taraqqiyoti yo‘lidagi muhim 
bosqichdir.
J.P.Savarining xizmati shunda-ki, aynan u 1673 yilda dastlabki 
hujjatlarning isbotlovchi (sud muhokamalarida ularni tan olinish) kuchiga 
egaligini kiritgan.
Shuningdek, zamonaviy buxgalteriya hisobining inventarizatsiya, 
hisobot kabi uslubiy elementlarini shakllantirishda ham J.Savarining 
xizmati katta bo‘lgan.
J.Savari inventarizatsiyaning maqomini ko‘tardi (mulkdor mol-
mulklari saqlanishini ta’minlash va ular to‘g‘risida axborotlarni 
shakllantirish), buxgalteriya hisobotlarini qonuniylashtirgan va ularni 
tuzish majburiyligini kiritgan.
L.Pacholi davrida schyotlar buxgalterlik kuzatishning elementar 
(oddiy) ob’ektlariga (ombordagi zaxiralar assortimenti, turli valyuta 
mablag‘lari va shu kabilar) ochilar edi. 1531 yilda Iogann Gotlib 
schyotlardagi ob’ektlarni yiriklashtirish zarurligini ko‘rsatdi. J.Savari 
buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki pog‘onasini asoslagan:
birinchi pog‘ona schyotlari
– gorizontal bog‘lanishlarda (schyotlar 
korrespondentsiyasida) ishtirok eluvchi sintetik schyotlar; 
ikkinchi pog‘ona schyotlari
– sintetik schyotlar ko‘rsatkichlarini 
aniqlashtirish (taxlil qilish) uchun foydalaniladigan va o‘zlari 
43
Соколов Я.В.
Бухгалтерский учет: от истоков до наших дней. - М.: Аудит, ЮНИТИ, 1996. 


469 
aniqlashtiradigan sintetik schyotlar bilan vertikal bog‘lanishda ishtirok 
etuvchi analitik schyotlar.
J.Savari buxgalteriya hisobi registrlarini ishlab chiqishda ham 
ishtirok etgan. L.Pacholining ikki yoqlama yozuv postulat
44
idagi g‘oyalar 
o‘rin olgan oborot vedomosti ham J.Savarining ijodigi bog‘liq.
J.Savari ishlarida asosiy maqsadi moliyaviy natijani aniqlash bo‘lgan 
dinamik buxgalteriya hisobi elementlari ham mavjud.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish