R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Umumlashtirilgan (konsolidatsiyalangan)



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/338
Sana26.04.2022
Hajmi8,08 Mb.
#583816
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   338
Bog'liq
Dustmurodov B.H.N

 
13.3. Umumlashtirilgan (konsolidatsiyalangan)
moliyaviy hisobot 
 
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ma’lum yuridik va moliya-
xo‘jalik munosabatlarida bo‘lgan ikki va undan ortiq korxo-nalarning 
hisobotlarini umumlashtirishdan iborat. Konsolidatsiyalash metodologiyasi 
va texnikasi xalqaro hamda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning 
milliy 
standartlarida 
ishlab 
chiqilgan 
va 
bayon 
qilingan. 
Konsolidatsiyalashning maqsadi korporativ guruhga kiruvchi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar to‘g‘risidagi axborotlarni yagona xo‘jalik yurituvchi 
subyekt sifatida umumlashtirilgan holda taqdim etishdan iborat. Bunda 
korporativ guruhga kiruvchi har bir mustaqil korxona barcha xo‘jalik 
muomalalarini amaldagi standartlarga muvofiq hisobga olishi va ularning 
natijalarini moliyaviy hisobot ko‘rinishida rasmiylashtirishi lozim.


352 
Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash XIX asrning o‘rtalarida 
AQSHda, kapitalning konsentratsiyalashuvi va kompaniyalarning birla-
shishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham 
konsolidatsiyalash masalalariga kirishilgan. Hozirgi vaqtda ikki va undan 
ortiq korxonalarning birlashishi, xoldinglar, korporatsiyalar va moliya-sanoat 
guruhlarining tashkil etilishi mamlakatimiz amaliyotida ham keng tus 
olmoqda. Konsolidatsiyalashning zarurligi uning iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Agar korporativ guruhga kiruvchi korxonalar turli mamlakatlarda 
joylashgan bo‘lsa, guruhning konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotini 
tuzishda ularning hisobot ma’lumotlari yagona valutaga keltiriladi. Guruhga 
kiruvchi korxonalar bosh kompaniya bilan bitta mamlakatda joylashganda, 
ularning moliyaviy hisobotlarini bitta valutaga keltirishga ehtiyoj bo‘lmaydi 
va konsolidatsiyalashning yagona uslublaridan foydalaniladi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot O‘zbekiston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 23-moddasi, buxgalteriya 
hisobining xalqaro va milliy standartlariga muvofiq tuziladi. Bunda bosh 
korxonadan ajralib chiqib faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar guruhi uchun 
umumlashgan moliyaviy moddalarni tuzish va taqdim qilish to‘g‘risida so‘z 
yuritiladi. Qonunning mazkur moddasiga muvofiq bir yoki bir necha sho‘ba 
korxonalar, filiallar va vakolatxonalariga ega bo‘lgan korxonalar 
umumlashgan moliyaviy hisobot tuzadilar. 
Ushbu 
moddaning 
talablari 
vazirliklar, 
idoralar 
va 
budjet 
tashkilotlarining jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Umumlashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq 
tuziladi.
Bosh korxonaning sho‘ba korxonalarga qo‘shgan hissalari uning 
moliyaviy hisobotida moliyaviy qo‘yilma sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o‘z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy 
bo‘linmalarini, ularning balanslari va hisobot shakllarini belgilangan tartibda 
tegishli yuridik shaxsning umumlashtirilgan hisobotiga kiritish sharti bilan 
mustaqil balansga ajratib chiqarishlari mumkin. 
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot, agar bosh kompaniya 
o‘zining barcha sho‘ba korxonalarini yopib, ular faoliyatini boshqarishni 
bitta yuridik shaxs doirasida amalga oshirganida, kompaniyaning hisoboti 
qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot rahbariyatga va kor-porativ 
guruhga kiruvchi korxonalarning kuzatuv kengashiga, shu-ningdek, mavjud 
va potensial investorlar, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va 


353 
davlat kabi tashqi axborotdan foydalanuv-chilarga ham taqdim etiladi. 
Shunisi bilan u axborot funksiyasida yopiq bo‘ladi. 
Axborotlardan tashqi foydalanuvchilar uchun konsolidatsiyalangan 
hisobot xususiy balanslarning cheklanganliklarini bartaraf etadigan, 
qo‘shimcha axborot manbai hisoblanadi. Konsolidatsiyalangan hisobot bosh 
kompaniya uchun o‘z hisobotini o‘ziga xos «kengaytirish» va «to‘ldirish» 
hisoblanadi. 
Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kid-lash 
joizki, konsolidatsiyalangan hisobot bir necha xususiyatlarga ega: 

konsolidatsiyalangan hisobot yuridik mustaqil korxonaning hisoboti 
hisoblanmaydi. Uning maqsadi korporativ guruh faoliyatining natijalari 
to‘g‘risida umumiy tasavvur shakllantirishdan iborat. U aniq axborot bilan 
ta’minlash va tahlil uchun yo‘naltirilgan; 

korporativ guruh a’zolari hisoblangan korxonalar o‘rtasidagi 
kelishuvlar konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga kiritilmaydi. Unda 
faqat aktivlar va majburiyatlar, tashqi kontragentlar bilan amalga oshirilgan 
operatsiyalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar ko‘rsatiladi. Har qanday 
korporativ guruh ichidagi moliya-xo‘jalik operatsiyalari identifikatsiyalanadi 
va 
konsolidatsiyalash 
jarayonidan 
chiqarib 
tash-lanadi 
(konsolidatsiyalanayotgan hisobotga kiritilmaydi). Konsolidatsi-yalash bosh 
kompaniya tarkibiga kiruvchi kompaniyalar moliyaviy hisobotlarining bir xil 
nomdagi moddalarini oddiy (arifmetik) jamlash emas; 

guruhlar 
hisoboti 
birlashma 
tarkibiga 
kiruvchi 
har 
bir 
kompaniyaning moliyaviy ahvoli va faoliyat natijalari to‘g‘risidagi 
umumlashgan axborotlarni aks ettiradi. Bu demak, bitta sho‘ba korxonaning 
foydasi boshqasining zararini «yashirishi», bitta sho‘ba korxonaning 
mustahkam moliyaviy ahvoli boshqasining potensial to‘lov layoqatini 
«yashirishi» mumkin; 

agar 
korporativ 
guruh 
biznesning 
har 
xil 
turlari 
bilan 
shug‘ullanuvchi kompaniyalardan iborat bo‘lsa, u holda mazkur guruh 
bo‘yicha konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ayrim muhim tafsilotlarni 
ochib bermasligi mumkin. Guruh faoliyatining har biri segmenti to‘g‘risida 
qo‘shimcha axborotlar yetishmagan hollarda esa №27 MHXS va YH 
Yettinchi direktivasi bunday ochib berishni talab qiladi. 
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotning ushbu xususiyatlari uning 
guruh faoliyatidagi rolini to‘liq ochib berishga imkon yaratadi. Xususan: 

guruh to‘g‘risidagi ijobiy fikrlarni qo‘llab-quvvatlash va uning fond 
bozoridagi mavqeini mustahkamlash (korporativ guruh va guruhdagi boshqa 


354 
kompaniyalar aksiyalari kotirovkasining o‘sishi) uchun butun guruh bo‘yicha 
umumlashgan axborotni taqdim etish; 

yagona iqtisodiy birlikning moliyaviy ahvolini va xo‘jalik 
muomalalarini aniqroq tasvirlaydi, ammo alohida moliyaviy hisobot-larining 
o‘rnini bosmaydi; 

boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘ladi; 

korporativ guruh a’zolarining iqtisodiy o‘zaro bog‘liqliligi va o‘zaro 
ta’sirini tavsiflaydi; 

ushbu hisobot bosh kompaniyaning valutasida tuzilganligi sababli 
bosh kompaniya uchun nazorat funksiyasini ham bajaradi; 

korporativ guruh faoliyatini moliyaviy rejalashtirish va moliya-
lashtirishga ta’sir ko‘rsatadi va b. 
Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash zaruriyati eng avvalo 
axborotdan foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Kon-
solidatsiyalangan moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilarga 
aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar, korporativ guruhning boshqaruv 
xodimlari va davlat boshqaruv organlarini kiritish mumkin (13.2- rasm). 
Konsolidatsiyalangan moliyaviy
hisobotdan foydalanuvchilar 
Ichki 
Tashqi 
A k s i y a d o r l a r 
Bosh-
qaruv-
chilar 
Xodim-
lar 
Inves-
torlar 
Kredi-
torlar 
Xari-
dorlar 
Dav-
lat 
Jamoat-
chilik 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish