Name
|
Forma nomi. Dasturda forma nomidan formadagi komponentalarga murojaatda va formani boshqarish uchun foydaniladi
|
Caption
|
Sarlavha matni
|
Top
|
Formaning chap yuqori burchagidan ekranning chap yuqori burchagigacha bo’lgan masofa
|
Left
|
Formaning chap chegarasidan ekranning chap chegarasigacha bo’lgan masofa
|
Width
|
Forma kengligi
|
Height
|
Forma balandligi
|
Position
|
Oyna ekranda birinchi xosil bo’layotgan vaqtdagi xolati:
poCenterScreen – ekran markazida;
poOwnerFormCenter – asosiy oynaning markazida;
poDesigned – oyna xolatini Top va Left xususiyatlar qiymatlari aniqlaydi
|
ClientWidth
|
Forma ishchi soxasining (mijozga tegishli bo’lgan) kengligi, bunda chap va o’ng chegaralar kengligi hisobga olinmaydi
|
ClientHeight
|
Forma ishchi soxasining (mijozga tegishli bo’lgan) balandligi, bunda formaning sarlavha balandligi va qo’yi chegara balandligi hisobga olinmaydi
|
BorderStyle
|
Chegara shakli. Chegara odatiy (bsSizeable), yupqa (bsSingle) yoki bo’lmasligi (bsNone) xam mumkin. agar oyna oddiy chegaraga ega bo’lsa, unda dastur ishlayotgan vaqtda foydalanuvchi sichqoncha yordamida oyna o’lchamini o’zgartirishi mumkin. Yupqa chegarali oynada o’lchamni o’zgartirish mumkin emas. Agar chegara bo’lmasa, dastur ishlayotgan vaqtda oyna ekranga sarlavxasiz chiqariladi. Bunday oynaning o’lchamini va xolatini dastur ishlayotgan vaqtda o’zgartirish mumkin emas.
|
BorderIcons
|
Oynani boshqaradigan tugmalar. Xususiyat qiymatlari, dastur ishlayotgan vaqtda foydalanuvchiga oynani boshqarish tugmalarning qaysilari o’rinli bo’lishini aniqlaydi. Xususiyat qiymatlari xususiyatda aniqlangan qiymatlarni ta’minlash orqali beriladi: biSystamMenu, biMinimize, biMaximize va biHelp. biSystemMenu xususiyati tizimli menyu tugmasi, biMinimize – Kichiklashtirish tugmasi, biMaximize – Kattalashtirish tugmasi, biHelp – ma’lumotnoma ma’lumotlarini chiqarish tugmasi murojaatli bo’lishini aniqlaydi.
|
Icon
|
Oyna sarlavxasidagi nishon
|
Color
|
Fon rangi. Rangni, rang nomini ko’rsatish yoki operatsion tizimning joriy ranglar sxemasiga bog’lab ko’rsatish mumkin. ikkinchi xolda bog’lash komponentasini tanlab joriy ranglar sxemasidan rang aniqlanadi va operatsion tizimning ranglar sxemasi o’zgarganda o’zgaradi.
|
Font
|
Forma yuzasida joylashgan komponentalar “jimlik bo’yicha” foydalanadigan shrift. Formadagi Font xususiyatni o’zgarishi, forma yuzasida joylashgan komponentalarning Font xususiyatini avtomatik o’zgarishiga olib keladi. Formadan Font xususiyatni meros oladigan komponentalar xam bor (meros olishni bekor qilish imkoniyati mavjud).
|
Canvas
|
Grafikni chiqarish mumkin bo’lgan yuza
|