X U L O S A
Ma'lumki, go'zallik, nafosat sirlarini o'rganish orqali insonlarga xos oliy fazilat- ezgulikka yetaklash borasida boshqa biror soha o'qituvchisi tasviriy, amaliy san'at mutaxassisi bera oladigan vazifani bajara olmaydi. Darhaqiqat, o'quvchi yoshlarni estetik va ahloqiy kamolatga yetkazish, ularga har tomonlama ma'naviy ozuqa berishda tasviriy Amaliy san'at mutaxassisining imkoniyatlari keng.
Mamlakatimiz kelajagi uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki ta'lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir.
Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy san'at o'qituvchisi orqali o'quvchi, yoshlarimizdagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to'g'ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.
Tasviriy san'at pedagogikasining o'ziga xos murakabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini o'quvchi va yoshlarga ulashish mahoratiga ega bo'la oladigan ustozlarni yetishtirib chiqarish.
Mamlakatimiz taraqqiyotida mustaqqillik ruhi tobora mustahkamlanib, barcha sohalarda jahon andozasiga mos islohotlar amalga oshirilmoqda.
Buning uchun ta'lim olayotgan har bir talabani tasviriy san'atga moyilligini, mavjud iqtidorlilik qobiliyatini boyitib, uni amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan shakllantirish maqsad qilingan. Ta'limning samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob berishi bilan belgilanadi.
Tasviriy, amaliy san'at o'qituvchilarini shakllantirish uchun bu sohadagi barcha amaliy va nazariy bilimlar ta'lim sifatida zarurdir. Bular asosan:
qalamtasvir;
rangtasvir;
kompozisiya;
amaliy bezak san'ati;
haykaltaroshlik;
san'atshunoslik asoslari;
san'at tarixi
va eng asosiysi, bu bilimlarini o'rgatishning metodik asoslarini egallash hisoblanadi. Ta'lim mazmunidagi bu bilimlarni egallash vositasida bo'lajak o'qituvchi o'z sohasining ustasi bo'libgina qolmasdan, ana shu san'at sirlarini o'quvchi va yoshlarga ulasha olish malakasiga ega bo'ladi.
Tasviriy, amaliy san'at ta'limi va tarbiyasi mazmunida milliy san'at merosimiz bilan birgalikda umum tasviriyot ta'limshunosligi va uslubiyatiga tayanish lozim. Pedagog-rassom
tayyorlashda ta'lim mazmunining muhim yo'nalishlari, umum tasviriyot va milliy an'analarning ustivorligiga amal qilish darkor.
O'qitishning barcha talablari uchun zaruriy shart tasviriy va amaliy san'at sirlarini o'zlashtirish bilan birga o'quvchi yoshlarga har jihatdan o'rgata olish usullarini egallashdir.
Tasviriy san'at va amaliy san'at pedagogikasi mutaxassisligida badiiy ta'lim mazmuni quyidagicha tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |