Rasmni qurishda (perspektiva) qoidalari.
San'atshunoslik fakultetiga kiruvchi abiturent perspektiva bilan yaxshi tanish bo'lmog'i lozim, uni o'zlashtirgan kishi rasm chizishda ham ijobiy natijalarga erishadi. «Ko'z oldiga keltirish» va «yoddan chizish» kabi vazifalarni qiynalmay bajara oladigan bo'ladi.
Perspektiva san'atini egallamay turib, savodli rasm chizish mumkin emas. Perspektiva asosan chizma geometriya kursida to'liq fan sifatida o'qitiladi.
Perspektiva rasm chizishni boshlashdan, ya'ni «qurish» da asosiy rol o'ynaydi. Har bir rasm chizuvchi narsani o'ziga qarab chizayotganda u chizayotgan har qanday buyum chizuvchining ko'rish nuqtasi joyiga nisbatan o'zgarib ko'rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |