Yer o’z o’qi atrofida 23 soat 56 minut 4 sekundda to’la aylanib chiqadi.
Planetamizning atmosferasi minglab kilometr balandlikkacha cho’zilib, og’irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi.
Yer atmosferasining 21% ga yaqinini kislorod, taxminan 78%ni azot, qolgan qismini esa boshqa gazlar; argon, karbonat angidrid va suv bug’lari tashkil qiladi.
Yer gidrosferasiga ko’ra, boshqa planetalardan keskin farq qiladi. Unda suyuq suvning hajmi 1 million 370 ming trillion kub metr bo’lib, umumiy maydoni 3 ming 610 milliard kvadrat metrga teng. Boshqacha aytganda, u yer sirtining qariyb 71% ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |