Quyosh energetikasi


Geografik kenglik, hudud muhiti



Download 2,73 Mb.
bet76/80
Sana08.08.2021
Hajmi2,73 Mb.
#142631
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Қуёш энергетикаси маъруза матни

16.5.Geografik kenglik, hudud muhiti.
Geografik kenglik deb, meridianning ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Globus yoki xaritadagi istagan nuqtaning kengligini aniqlash uchun qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Masalan, Toshkent 40° va 50° parallellar oralig‘ida, aniqrog‘i 41° parallelda, Suvaysh kanali 30°, Kiyev esa 50° parallelda joylashgan. Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalarning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi. Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko‘p nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritadagi kerakli nuqtaning o‘rnini aniqlashda kenglikni bilishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash zarur. 

Hozirgi davrda insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik muammo kun sayin ifloslanib borayotgan hayotiy muhitlarimizning ifloslanishini bartaraf etib, ularning barqaror muhofazasini ta'minlashdir. Bu, oz navbatida, samarali chora-tadbirlarni ko`rishni taqoza etadi. Bunday vazifani bajaruvchi har bir kishi, avvalambor, atrof-muhit va ular tarkibidagi barcha hayotiy omillarga oid ekologik ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni chuqur anglab olishlari zarur.


Shu kungi ekologik muammolarning kelib chigishi negizida, asosan, tabiatga antropogen ta'sir voraai. Bunday ta'sir, oldie aytib o`tilgandek, fan-texnika rivoji va uning natijasida, xususan XX asrda, barcha tabiiy manbalardan jadal sur'atda foydalanib, atrof-muhitga turli xil: gaz, suyuq va qattiq, ko'p hollarda, o'ta gizigan ham zaharli moddalar chigarib yuborilishi oqibatidir. Bu, nafagat insonlarning tabiatga befarqligi, shuningdek, atrof-muhit bilan bog`liq ekologik ilmiy ma'lumotlarning tub mohiyatini bilmasligidan darak beradi.
«Ekologiya» atamasi, o'z mazmun-mohiyatiga ko`ra, kishilik jamiya-tining tabiiy manbalardan foydalanishda zarur bo`lgan munosabatlanling chuqur ilmiy­an-ialiy asoslarini mujassamlaydi. Ekologiya, oldie bayou gilganimizdek, tabiat - jamiyat munosabatlarini har tomonlama tahlil va tadqiq qiladi, ilmiy asoslaydi. Uning obektlari xususida gap borganda, birinchi galda, biosferani tashkil etuvchi alohida olingan biologik turlar, jumladan, o`simlik va hayvonlar, ularning har biriga oid populyatsiyalarni ko'rsatib o`tmoq kerak. Qisqasi, butun biosfera - Yer jonli qobig'idagi har bir tirik organizmni o`rganib, ularga xos xislat va xustrsiyatlarni anglab olish zarur.
Doim tabiatda tirik organizm va atrbf-muhit o'rtasida modda - energiya almashinish jarayonlari bo`lib turishi ayrtib o`tildi. Bu haqda yuqorida kerakli ma'lumotlar bayou qilindi. Faqat shuni qayd etamizki, Yer sathining turli mintaqa va hududlarida bu o`ziga xos tarzda va darajada amalga oshadi. Bunga sabab suv muhiti (dengiz-okean), havo muhiti yoki litosfera bir-biridan keskin farqlanadi. Ushbu masalaning umumiy tomoni shundan iboratki, tabiatdagi har bir tur organizm o`z tashqi muhitiga ta'sir ko'rsatadi. Aynan ana shunday holatdan kelib chiqib ham tabiatda xilma-xillik va rang-baranglik mavjud.
Ekologiyaning nazariy asoslarini ilmiy talgin etganda, albatta, Yer sayyorasidagi 4 to asosiy hayotiy muhitlarning (suv, tuproq, havo va tirik organizmlar majmui, ular hagida 2-saboqda batafsil ma'lumot berilgan) har birini alohida nazarda tutib, fikr yuritmoq magsadga muvofiq. Organizmlarning taslhgi muhitga moslashishi deganda, o'simliklar va hayvonlarning har bir biologik turini suv, havo va tuprog'u-zaminiga moslashishni tushunmoq kerak. Inson uchun esa, qayd etmoq kerak, biosferaning o'zi eng muhim muhit hisoblanadi.

Suv - ko'plab turdagi tirik organizmlarning yashash muhiti bo'lishi bilan birga, insoniyat uchun eng zaruriy hayotiy omillardan. Bundan tashgari, suv yer tabiiy iqlim sharoiti, ob-havo va hokazolar vositasi hamdir. Barcha suv havzalarini alohida olib qaralsa, suvda yashaydigan tirik organizmlarning bari o`zlarining hayot-faoliyati uchun zarur bolgan oziqa moddalar, gazlar va bevosita suvni o`zlashtiradi. Mavjud organizmlar tegishli suv manbai tarkibi va fizik-kimyoviy xossa ko'rsatkichlariga moslashgan bo`ladi. Buni ularning hayot ramzi: harakatlanishi, nafas olishlari, oziqlanishi va ko`payishlaridan yaqqol ko'rish mumkin. Shu mavzuga oid boshqa ma'lumotlar keyingi saboglarda beriladi.


Kurrai-zaminning uzoq geologik davrlar davomida, evolyutsion tarzda, shakllana borishda tirik organizmlar suvli muhitdan keyin, turli Yer hududi xilma-xilligidan qaqtiy nazar, havo muhiti va quruqlikka moslashib rivojlangan. So`zsiz, bunda ham mavjud muhitga moslashish jarayonlari amalga oshgan. Har bir rnintaga va hududda yashaydigan tirik organizmlar turf va ularning sifat - miqdor ko'rsatkichlariga havo muhitining tarkib-tuzilmasi va sifatining ham ta'sir ko'rsatgani aniq. Masalan, ba'zi hududlar havosi quruq va yuqori haroratli (cho`1-sahro va b.) bo`lsa, boshqa joy-larda nisbatan past harorat va namli havo bo`lishini inkor etib bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, yang turli hududlarda havo bosimi ham o'zgacha bo`lishi mugarrar.  Havo qatlami (atmosfera)da ham tirik organizm (masalan, ba'zi ko'z ilg'amas juda mayda jonzot-bakteriya) lar makon topganligi yuqorida ko`rsatib o`tildi. Shuni ham ta'kidlash joizki, yuqoridagilardan tashqari, havo oqimi turli o'simlik urug`lari va mikroorganizmlarni, shuningdek, suv buglarini Yerning turli hudu­dlariga tarqatish bilan birga har xil iqlim, ob-havo sharoitlarini ilamoyon bo`lishida muhim vosita hanidir. Yanada to`laroq fikr-mulohazalar keyinroq bayon etiladi.


Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish