E = mc2 = 1,67 □ 10-24 00,02863 0(3 □ 1010)2 = 4,3 □ 10-5 erg
ga teng bo‘ladi. Bu yerda c = 3 □ 1010 sm/s — yorug‘lik tezligi, m —massa defekti. Hisoblashlar, Quyosh markazida shunday yo‘l bilan, har sekundda ajralayotgan energiya 4 □1026 W ni, ya’ni uning har sekundda yo‘qotayotgan energiyasiga teng energiyani tashkil etishini ma’lum qiladi.
Hozirgi paytda to‘rt protondan geliy yadrosi hosil bo‘lishi haqida ikki ketma-ketlik reaksiyasi ma’lum bo‘lib, ulardan birinchisi proton-proton siklli (aynan Quyosh markazida ro‘y beradigani), ikkinchisi esa uglerod-azot siklli (ko‘pincha yuqori sirt temperaturali yulduzlar markazida kechadigani) deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |