Quyosh energetikasi


Quyosh nurlanishi oqim zichligi



Download 2,73 Mb.
bet10/80
Sana08.08.2021
Hajmi2,73 Mb.
#142631
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
Қуёш энергетикаси маъруза матни

1.4. Quyosh nurlanishi oqim zichligi.

Quyosh Yer sharini yorug’lik va issiqlik bilan ta’minlab turuvchi birdan-bir manbaidir. U Yerga nisbatan diametri 109marta, sirti 11,9 ming, xajmi 1,3 mln. va massasi 332,5 ming marta katta bо‘lgan gazsimon shardir. Quyosh Yer sharidan qariyb 150 mln. km uzoqlikda joylashgan bо‘lib, bu har sekundda koinotga 3,83 • 1026joul miqdorida issiqlik energiyasini sochadi. Bu Sirdaryo GRESining quvvatidan 1,3 • 1017 marta kattadir.

Quyosh atrofidagi har bir planeta о‘z kesim yuzining kattaligiga va Quyoshga nisbatan uzoqligiga qarab tegishli miqdordagi energiyani oladi. Jumladan, Yer shariga har sekundda tushayotgan energiya miqdori Quyosh sochayotgan barcha energiyadan 2,2 mlrd. marta kam bо‘lib, 17,4 - 1017 joulni tashkil etadi. Bu energiyaning 36 %ini atmosfera qatlami qaytaradi, 17%ini yutib qoladi, qolgan qismigina Yer sirtiga yetib keladi. Yetib kelgan energiyaning yarmi dengiz va okean suvlarini bug‘latish uchun sarf etiladi, 1% ini о‘simliklar dunyosi iste’mol etishini hisobga olgan taqdirda ham, qolgan energiya miqdori yiliga 35- 1017 kVt. soatni tashkil etadi. Bu esa bir kecha-kunduzda butun insoniyat iste’mol qilayotgan jami energiyadan qariyib 39 ming marta kо‘pdir. Bunday katta ener­giyadan tо‘liq foydalanish imkoniyati yо‘q, albatta. Shunday bo’lsa ham, 200x100 km2 maydonga tushayotgan Quyosh nuri, gelioqurilmalar foydali ish koeffitsiyenti (FIK.) hisobga olingan taqdirda ham 1980 yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan jami energiyaga tengdir! Bir qarashda bu maydon katta bо‘lsada, u О‘zbekistondagi chо‘llarning faqat 10 %ini tashkil etadi.

Quyosh har sekundda 4 mln. tonna yoki yiliga 1,36-1014 tonna miqdordagi massani nurlanish orqali yо‘qotib tursa ham, undagi geliyning vodorodga uzluk- siz aylanib turishi hisobiga ajralib chiqayotgan nur energiyasi koinotga yana bir necha yuz milliard yillar davomida sochilib turadi. Shuning uchun ham Quyosh energiyasi — radiatsiyasidan to’liq va samarali foydalanish masalalari tobora muhim о‘rin egallamoqda.

Yer sirtiga yetib kelayotgan radiatsiya yig’indi radiatsiya (Q) bо‘lib, u parallel nur shaklida tushayotgan tо‘g‘ri radiatsiya (S) va atmosfera qatlamidan sochilib kelayotgan (D) radiatsiyalar yig’indisidan iborat:

(1.2)

Bunda — Quyoshning gorizontga nisbatan balandligi (astronomiyada sayyoralar balandligi burchak о‘lchovlarida о‘lchanadi). Bu balandlik joyning geografik kengligiga ( ), Quyoshning og‘ish burchagiga ( ), vaqtga ( ) bog‘liq bо‘lib, bu kattaliklar orasidagi о‘zaro bog‘lanish esa sferik trigonometriya formulalari orqali aniqlanadi.







Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish