1.3. Insolyasiya. Quyosh nurlanishining spektral tarkibi.
Yer sirtidagi biror yuzga to‘g‘ri keladigan quyoshning nuriy energiyasining oz yoki ko‘pligini belgilashda quyosh radiatsiyasining intensivligi tushunchasidan foydalaniladi.
Quyosh nurlariga tik joylashgan 1 sm2 sirtga 1 min da tushuvchi quyoshning nuriy energiyasini to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining intensivligi deb aytiladi.
To‘g‘ri quyosh radiatsiyasining muayyan gorizontal yoki og‘ma sirtga tushishi insolyatsiya deyiladi [32]. Insolyatsiyaning kattaligi muayyan sirtga tushuvchi nurlarning tushish burchagiga va to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining intensivligiga bog‘liq. To‘g‘ri quyosh radiatsiyasining quyosh nurlariga tik sirtdagi intensivligini S xarfi bilan, Quyosh zenitda bo‘lmaganda to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining gorizontal sirtdagi intensivligini xarfi bilan belgilaymiz.
Endi S va orasidagi bog‘lanishni chiqaramiz.Faraz qilaylik, quyosh nurlari gorizontal sirtning kesimi AS ga teng qismiga tushayotgan bo‘lsin. (1-rasm). Quyoshning gorizont bilan xosil qilgan burchak masofasini quyosh balandligi deb yuritiladi va bilan belgilanadi. 1-rasmdan foydalanib ayta olamizki, quyosh nurlariga tik AV sirtga muayyan vaqtda qancha nuriy energiya tushsa, AS sirtga xam o‘shancha energiya tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |