CamScaner - hujjatlarni juda tez skanerlash, ularni kerakli formatga o‘tkazish, rasmlarning sifatini sozlash va kerakli joyga skanerlangan hujjatlarni bir necha marta bosish imkonini beradi.
Jusnote - Ukraina dasturchilari tomonidan professional CRM-tizimi-kompaniya “Yurist uyi“ platformasi. Bunda barcha jarayonlar o‘z huquqiy amaliyot yoki qonun firmasi ni boshqarish, nazorat qilish imkonini beradi.
Office 365 - yuridik firma faoliyatining birinchi bosqichida ko‘plab asosiy ehtiyojlarni qondiradi. Word, Excel yoki Outlook pochta kabi standart, lekin juda yuqori sifatli vositalarni jamlaydi. Yuristlar ishlashi uchun qulaylik yaratadi.
Evernote - yuristlarni ish faoliyatida zarur bo‘lgan eslatmalarni yozib olish uchun qulay instrument hisoblanaadi.
Slack - bu bir joyda turli jamoalar bilan yozishmalarni o‘tkazish uchun juda ajoyib vosita. Fayllarni uzatish, ishni baholash, gapirish va har bir narsani bir joyda.
Asana - buyruqlarni ishlatish uchun bulutli dasturiy ta'minot. Vazifalarni belgilash, tekshirish varoqlarini yaratish, vazifalarni tekshirish amallarini bajaradi. Rahbarlar uchun foydali: loyihalarni yaratishga va jamoaning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan turib yurist o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ya olmaydi. Negaki hayotimizning barcha sohalariga texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Rasmiylashtirilayotgan barcha ish hujjatlari elektron shaklda yozilmoqda. Shuning uchun ham hozirgi kun talabidan kelib chiqib, biz egallamoqchi bo‘lgan o‘z sohamizda yetuk kadr bo‘lib yetishmoqchi bo‘lsak, axborot texnologiyalaridan o‘z bilimimizni mukammal tarzda oshirib borishimiz kerak. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan so‘nggi yillarda axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirishga doir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biz mana shu imkoniyatlardan oqilona foydanalib, yurtimiz kelajagi uchun o‘z xissamizni qo‘shishimiz kerak. Chunki har bir fuqaro yurt kelajagi uchun mas’ul hisoblanadi. Shuning uchun davlatimiz kelajagi uchun barchamiz bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilishimiz zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
B.Boltayev, A.Azamatov, A.Asqarov, M.Sodiqov, G.Azamatova, Informatika va hisoblash texnikasi asoslari, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, Toshkent.:-2015-yil, 160 bet.
F.F.Saidov, M.K.Jaumitbaeva, Huquqiy axborot texnologiyalari,Toshkent.:-2021-yil, 129 bet.
Normativ-huquqiy hujjatlar:
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi prezident farmoni
O‘zbekiston Respublikasininig “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni
Web-saytlar:
https://lex.uz/
https://uz.wikipedia.org/
http://elib.buxdu.uz/
https://www.microsoft.com/
Do'stlaringiz bilan baham: |