1.Quyida ko‘rsatilgan qaysi so‘z turkumlariga oid so‘zlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo‘llanishi mumkin? 1) olmosh; 2) son; 3) fe’l; 4) ravish; 5) undov so‘zlar; 6) taqlid so‘zlar.
a)3, 6
b)1, 2, 3, 4, 5, 6
c)1, 2, 3, 4, 6
d)2, 3, 4, 5, 6
2.Qaysi qatordagi hukm noto‘g‘ri?
a)Ot sifat bilan birika oladi.
b)Ot fe’l bilan birika oladi.
c)Ot son bilan birika oladi.
d)Ot olmosh bilan birika olmaydi.
3.Quyida berilgan she’rda nechta ot turkumiga mansub so‘z qo‘llangan?
O‘zbekiston - go‘zal diyor,
Saodatga mehnati yor,
O‘zgacha bir hikmati bor,
Halollikga aytar alyor.
a)5 ta
b)7 ta
c)6 ta
d)8 ta
4.Tuslanish qaysi so‘z turkumiga xos?
a)yordamchi so‘zlar
b)son
c)fe’l
d)ravish
5.Ot so‘z turkumi qatnashmagan gapni toping.
a)Ortiqchasi zarar keltiradi
b)Yomon so‘z tinglovchining ko‘nglini xira qiladi.
c)Hech qayerda, hech kimga, umuman gapirmang, jim bo‘ling.
d)Nima qilsak tinch va rohatda umr ko‘rami
6.Otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
a)kim? nima?
b)kim? nima? qayer? qaysi?
c)kim? nima? qaysi?
d)kim? nima? qayer?
7.Qaysi qatordagi so‘zlar faqat otlardan iborat?
a)so‘lg‘in, turg‘un, suvdon
b)tuyg‘un, keskin, qumdon, xumdon
c)uchqun, to‘lqin, bilimdon, qalamdon
d)yong‘in, toshqin, tuzdon, kuldon
8.Quyidagi she’riy misralard nechta ot so‘z turkumiga mansub so‘z qatnashgan?
Yashash, bu - orzular qanotin kermoq,
Yashash, bu - muhabbat gullarni termoq,
Yashash, bu - umrning gulgun damlari,
El uchun yashamoq, el uchun bermoq.
a)10 ta
b)8 ta
c)9 ta
d)11 ta
9.Qaysi qatorda oy so‘zi ot turkumiga xos sintaktik vazifani bajargan?
a)Oy borib, omon kel o‘g‘lim!
b)barcha javoblar noto‘g‘ri
c)Oy osmon dengizida suzib bormoqda.
d)Uydan oy yuzli qiz chiqib keldi.
10.Shaxs otlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) Zuhra; 2) Amper; 3) Hasan; 4) rentgen; 5) murabbiy; 6) Asal; 7) muxlis; 8) Anor.
a)barchasi shaxs otlari hisoblanadi
b)5, 7
c)1, 2, 3, 6, 8
d)1, 3
11.Qaysi qo‘shma so zning ikkala qismi ham bir xil so‘z turkumidan hosil bo‘lgan?
1) tog‘olcha; 2) sheryurak; 3) sizbop; 4) sovuqmijoz; 5) muzyorar; 6) ilonquyruq.
a)1, 4, 6
b)1, 2, 4, 5
c)2, 3, 5
d)1, 2, 6
12.Juft-juft matnlar va juft-juft naqarotlardan tashkil topgan xalq qo‘shig‘i nomini belgilang.
a)“Chittigul”
b)“Boychechak”
c)“Maydagur”
d)“Boshginam og‘riydi”
13.Qaysi qatordagi so‘zlar faqat ot turkumiga mansub?
a)kelma, o‘qima, tugma
b)yasama, qaynatma, to‘qima
c)uchirma, kulma, bog‘lama
d)gazlama, childirma, ko‘rsatma
14.Tub otlar berilgan qatorni toping.
a)g‘azalxonlar, ijodkorlik, qo‘lqop
b)saroydagi, ijodkorlar, sartarosh
c)qassob, zargarlik, quroldosh
d)qalpoqcha, do‘stlarimizga, zavqini
15.Quyidagi gapda qaratqich kelishigidagi so‘z qanday ma’no anglatyapti?
Jahonning shodligi yig‘ilsa butun ...
a)to‘dadan bo‘lak
b)tur
c)butundan qism
d)shaxs
16.Tug‘ilgan yurtini Quz O‘rdu deb eslatgan turkigo‘y adib nomini belgilang
a)Haydar Xorazmiy
b)Sayfi Saroyi
c)Durbek
d)Yusuf Xos Hojib
17.Birlik sonda predmetlar to‘dasini anglatadigan otlar qatorini toping.
a)terak, yaproq, avtobus
b)qush, olma, shahar
c)xalq, armiya, poda
d)ko‘chat, ishchi, universitet
18.Qoidaga ko‘ra ot turkumiga oid so‘zlarda kelishik, egalik, ko‘plik qo‘shimchalari qanday tartibda joylashadi?
a)ot + kelishik + son + egalik
b)son + egalik + ot + kelishik
c)ot + son + kelishik + egalik
d)ot + son + egalik + kelishik
19.Mustaqil so‘z turkumlaridan qaysi birlariga yasalish xususiyati yo‘q?
a)son, ravish
b)ravish, olmosh
c)sifat, ravish
d)son, olmosh
20.Tug‘ilgan kun bilan bog‘liq ismni toping.
a)O‘roqboy
b)Odina
c)Umid
d)Anor
21.Otga xos eng to‘g‘ri hukm qaysi qatorda berilgan?
a)To‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanadi.
b)Kesim vazifasida kela oladi.
c)Hamma gap bo‘lagi vazifasida kela oladi.
d)Aniqlovchi vazifasida kela oladi.
22.Juft-juft matnlar va juft-juft naqarotlardan tashkil topgan xalq qo‘shig‘i nomini belgilang.
a)“Chittigul”
b)“Boshginam og‘riydi”
c)“Maydagur”
d)“Boychechak”
23.Devor bo’ylab yuksalgan daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning so’nggi shu’lalari bilan oltinlanadi. Gapda qaysi turkumga oid yasama so’zlar qo’llangan?
1) ot 2) sifat 3) ravish 4) fe’l
a) 1,2,3
b) 1,2,4
c) 1,3,4
d) 2,3,4.
24.Qaysi ko’makchi fe’l yetakchi fe’lga birikib, harakatning davomli sodir bo’lishini ifodalaydi?
a) tashlamoq
b) yubormoq
c) turmoq
d) chiqmoq
25.Qaysi gapda zamon qo’shimchasi shaxs-son ma’nosini ham ifodalagan?
a) Bugun ertaroq uxladim.
b) Yakshanba kuni choyxonaga borasiz.
c) Shimol tomondan salqin shamol esmoqda.
d) Akang armiyadan tezroq kelsa!
26.Fe’lning zamon va shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi…
a) III shaxs xabar maylini ifodalaydi
b) II shaxs buyruq-istak maylini ifodalaydi
c) III shaxs shart maylini ifodalaydi
d) I shaxs maqsad maylini ifodalaydi
27.Qaysi so’zlardan bir xil qo’shimchalar yordamida fe’l yasash mumkin?
a) do’st, eski
b) foyda, kuch
c) egar, qulf
d) ulug’, tinch
28.Berilganlardan o’timli fe’lni toping.
a) qoldi
b) qoldirdi
c) qolishdi
d) qolindi
29.Qaysi gapda egalik qo’shimcha(lar)I qo’llanmagan?
a) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi.
b) Bilganim naf keltirgay.
c) Tiling bilan dilingni bir tut.
d) Toshkent shahri o’n bitta tumandan tashkil topgan.
30.Quyida bayon etilgan ilmiy mulohazalarning nechtasi to’g’ri?
1) jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllari shaxs va narsa otlariga qo’shilib, vositali to’ldiruvchini shakllantiradi.
2) jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllari o’rin otlariga qo’shilib, o’rin holini shakllantiradi.
3) jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllari payt otlariga qo’shilib, payt holini shakllantiradi.
4) jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllari otlarga qo’shilib, vositali to’ldiruvchi, o’rin holi va payt holini shakllantiradi.
a) bittasi
b) ikkitasi
c) uchtasi
d) to’rttasi
Do'stlaringiz bilan baham: |