Texnologiyalar rivojlanmoqda, internet kengaymoqda, foydalanuvchilar esa kundan kun ortmoqda, bunday zamonda uydan turib ham yaxshigina pul ishlab topish mumkin. Hozirgi davr interneti sizga aynan shu haqida darak berishga urinadi.
Bugungi kunda uydan turib internet orqali xorijiy tashkilotlarda ishlash mumkin, reklama va turli xizmatlar ko'rsatish orqali daromad topish mumkin. Va ... odamlarni aldab pul ishlash ham mumkin.
Bizga xorij yangiliklaridan hakkerlar bankdagi millionlab pullarni o'marayotgani haqida xabar berishadi, lekin bizni hayolimzga kelmaydiki, ayrim uddaburonlar bankni o'marmasdan ham millionlarni topmoqda, faqat bizni o'marish orqali.
Quyida internetda hozirda keng tarqalgan firibgarlik va qallobliklar haqida qisqacha ma'lumot beramiz:
bunday yolg'on xabarlar oldin juda ko'p uchrardi. Siz biror bir saytga kirsangiz saytning pastki yoki yuqori qismida kichik bir reklamaga o'xshagan oyna ochilib, sizga siz saytning millioninchi yoki milliardinchi a'zosi ekanligingiz va sizga mukofot borligini bildirishadi. Mukofotni olishingiz uchun esa siz butun boshli shaxsiy ma'lumotingizni (passport, uy va qo'l telefoni nomeri, yashash manzilingiz, ish joyingiz, F.I.O. va boshqa) kiritishingiz va ko'rsatilgan raqam bilan bog'lanishingiz yoki ko'rsatilgan pochtaga kirib aytilgan ishlarni bajarishingiz talab qilinadi. Lekin mukofot sizga bari bir berilmaydi!
bu hozirda eng ko'p tarqalgan firibgarlik turlaridan biridir. Ayrim qo'shtirnoq ichidagi "hakker"lar sizning elektron pochtangizga mavjud bo'lmagan pochta orqali elektron xabar yuboradi. U xabarda siz bir necha yuz rubl yoki dollardan bir necha ming hatto million dollar yutganingiz ham yozilgan bo'ladi. Pulni olish uchun sizdan faqat pochtangiz, internet hamyoningiz (webmoney, Qiwi, yandexdengi) ko'rsatilishi so'raladi. Ko'rsatganingizdan keyin esa sizga - pulni sizga o'tkazib berishlari uchun komissiya mavjud – ekanligini bildirishadi. Komissiyani esa siz ularga o'z hisobingizdan o'tkazib berishingiz kerak. Ya'ni, ular komissiya harajatini yutgan pulingizdan ushlab qolishmaydi, aksincha sizdan talab qilishadi. Siz pulni o'tkazishingiz bilan esa ... siz mukofot pulini olish uchun kirgan sahifangiz qayta ishga tushadi va sizdan qaytadan ma'lumotlaringizni kiritishgizni va komissiya pulini qaytadan to'lab berishingizni so'rashadi. Qancha pul to'lamang, siz mukofot pulini olmaysiz.
Qalloblar atayin oddiy foydalanuvchilarni ishontirish uchun pastga turli odamlarning ijobiy gohida esa reallik uchun salbiy fiklarini ham qo'shib qo'yishadi.
Sizni qanday ishontirishga urinishadi?
1. Sizga qaysidur a'zo bo'lgan saytingiz sizga aktivligingiz uchun mukofot puli bermoqchiligini aytishadi.
2. Siz ko'p reklama ko'rganingiz uchun o'zingiz bilmagan holda pul ishlab topganingizni aytishadi.
3. Sizga turli so'rovlarda qatnashishni tavsiya qilishadi va bu so'rovlarni yirik kompaniyalar o'tkazayotgani va ular uchun millionlar hech nima emas ekanligini bildirishadi.
4. Sizning pochtangiz millionlar ichida tanlab olinganini va pul yutug'i borligini bildirishadi va b.
Qalloblikni aniqlash yo'llari:
1.Eng sodda yo'li e-xat kelgan pochtaga qarang. Agarda u tushunarsiz va "be'o'xshov" bo'lsa ochib ham o'tirmang. Xat kelgan e-adresning oxiri biz o'rgangandek bo'lmaydi (oxirida mail.ru, google.com, yandex.ru yoki shu kabi ishonchli pochta manzillari bo'lmaydi)
2.Xabarning yozilish tartibi, tuzilishiga e'tibor bering. Ko'pincha xabar qisqa va sodda bo'ladi. Harflari normadan katta qilib yozilgan va turli ranglar berilgan bo'ladi.
3.Sizga e-xat yuborilgan pochtaga javob xati yuboring, javob xatiga biror nima yozish shart emas, "salom" deb yozib yuborsangiz ham bo'ladi. Xat ketishi bilan bir necha daqiqa ichida elektron pochta xizmati (mail.ru, google.com va b.) sizga siz e-xat yuborgan pochta mavjud emasligini bildiruvchi xat yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |