Darsning mavzusi: “ Qishki o’yinlar” nomli rangtasvir kompozitsiyasi inshlash.
Darsnshg vazifalari. O’quvchilarning tasviriy malakalarini o’stirish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, badiiy didi, xotirasi, kuzatuvchanligini o’stirish.
Darsning jihozlashshi: I. Bahromov “Qishki kun:, G.Serov. “Belgirsoy tog’lari”, X. Ro’zmetov “Qish”, Z. Asqarov “Qishki manzara”, R. Xudoyberganov ‘Qish manzarasi” asarlarining rеproduktsiyalari, elektron slaydlar.
Darsning mazmuni: Yangi mavzuga bagishlangan darsning boshlanish qismida qish fasli, uni rangtasvirda tasvirlash yo’llari qaqida qisqacha suqbat o’tkaziladi. U taqminan quyidagicha bo’lishi mumkin:
Bolalar, siz turli manzaralar, jumladan bahor, kuz fasllariga bag’ishlangan rasmlarni bir nеcha bor rasmini ishlagansiz. Bu mavzuda rasm ishlagan ko’pgina rassomlarni bilasiz, qani, eslab ko’ringchi, qaysi rassomlar tabiat manzaralarini ishlashgan? Rassomlarimizdan, X. Ro’zmetov, I. Bahromov, J Umarbekov, chеt el rassomlaridan Shishkin, Ayvazovskiy, V.I. Savrasovlar ham bu sohada shuhrat qozonganlar. Bu rassomlar o’z asarlarida turli manzaralarni tasvirlar ekanlar, tabiatning turli fasllarida ham nihoyatda go’zal bo’lishligidan, rang va shakllarining bеtakrorligidan zavqlanadilar.
X. Ro’zmetovning «Qish » nomli asarida asosan qishki daraxtlar tasviri bеrilgan. Kuzatish orqali bu asarning kompozitsiyasi, ranglari va boshqa tomonlari bolalar ishtirokida quyidagicha tahlil qilinadi:
Bu kartinaning umumiy eni kattami, yoki bo’yimi ?
Manzarada tasvirlangan daraxt va boshqalarning qanday pеrspеktiv qisqarish bor?
Ularning shakli, o’lchovi, rangi qanday?
Qor bilan qoplangan dalalar qanday tasvirlangan?
Bolalarga mustaqil kuzatish uchun ajratilgan vaqg tugaganidan so’ng ana shu savollar asosvda natura taxlil qilinadi, o’qituvchi savol bеradi, bolalar javob qaytaradilar. O’qituvchi esa ularning javoblarini to’ldirib, kamchiliklarini tuzatib, asar yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtiradi. O’qituvchi bolalarning navbatdagi vazifalarini tushuntirish uchun « Qish » mavzusi bo’yicha ishlangan o’z tengdoshlarining , shuningdek mahoratrli rassomlar ishlaridan tayyyorlangan asasrlar reproduksiyslsrini ko’rinarli joylarga osib qo’yadi, elektron doskada “Qish”, “Qishki o’yinlar” mavzularida ishlangan rangtasvir namunalarini namoyish qiladi. O’quvchilarning diqqatini ushbu mavzuda kompozitsiya ishlashning eng muhim jihatlariga qaratadi. Amaliy tarzda (doska yoki maxsus qog’ozlarda) eskiz namunalari, kompozitsiyani ishlash jarayonlarini ko’rsatadi. Bollalar ularni ko’rish jarayonida bu asarlarning ishlanish kompozitsiyalari haqida fikr-mulihaza bildiradilar.
Uyga vazifa: “Qishki o’yinlar” mavzusida kompozitsiya ishlashni tugatish.
Bolalarning tasviriy ishlari va bilimlarini baholashda bir qator mеzonlar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |