Tezkorlik va chidamlilik sifatlarini namoyish etish.To`pli estafeta o`yini.
Har bir jamoaning a`zolari gimnastika o`rindig`iga o`tirib,to`pni bosh ustidan yuqoridan ushlagan holatda o`tirishadi.Ishora berilishi bilan saf boshidagi o`quvchilar to`pni yuqoridan saf bo`ylab uzatishadi.Oxirida o`tirgan o`quvchilar to`p bilan yugurib fishkani aylanib ortga qaytishadi va saf boshidagi o`tirgan o`quvchiga topshirishadi.
O`yin shu zaylda davom ettiriladi. Qaysi guruh shartni birinchi bo`lib va bexato bajarsa shu guruh g`olib hisoblanadi. Hakamlar g`olib guruhni va ballarni e’lon qiladi. Guruh qatnashchilari keyingi shartga tayyorlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |