Quturish diagnostikasi, oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlari
Oilasi, Rhabdoviridae Avlodi,Lussavirus.
Kriptogrammasi.R/1:4/2:U/E:V,I/0,Di,Ac.
Quturish - o’tkir kechadigan yuqumli kasallik bo’lib, nerv sistemasining kuchli zararlanishi bilan ta’riflanadi va o’lim bilan tugaydi. Kasallikka odamlar va barcha sut emizuvchi hayvonlar moyil.Quturish kasalligi barcha joyda tarqalgan. Kasallikning yuqumli qo’zgatuvchisini itlar, mushuklar, yovvoyi kemiruvchi va yirtqichlar, hamda qon so’ruvchi ko’rshapalaklar (vampirlar) tarqatadi.Yashirin davrning muddati tishlagan joyga va tishlash kuchiga, tushgan virusning miqdori va virulentligiga, tishlangan hayvonning rezistentligiga bog’liq.Yashirin davr 1-3 haftadan bir yilgacha, hatto undan ham ortiq bo’lishi mumkin.Kasallik o’tkir kechadi. Klinik belgilari barcha hayvonlarda deyarli bir xil. Itlarda quturish kasalligi o’ziga xos, ya’ni tajovuzkorlik va tinch (falaglanish) bilan kechadi.Quturish kasalligi yirik shoxli hayvonlarda (ishtahaning yo’qolishi, katta qorinning atoniyasi, so’lak oqishi o’ziga xos bo’lmagan holda kechadi. Qo’zgalish bosqichi bo’lmasligi ham mumkin. Patalogoanatomik o’zgarishlar o’ziga xos emas. Go’shtxo’r hayvonlar (asosan, itlar) oshqozonida eb bo’lmaydigan narsalarni uchratish mumkin.Quturish virusi ko’zga tashlanarli neyroprobaziya xususiyatiga ega. Tishlangan joyga periferiyadan tushib, nerv tolasi orqali markaziy nerv sistemasiga markazga intiluvchi, organizmda periferik nervlar orqali tarqalib har-xil organlarga, shu jumladan, so’lak bezlariga ham tushadi.Virus Rhabdoviridae oilasiga, Lussavirus avlodiga mansub. Virionlari tayoqchasimon shaklga ega bo’lib, ikkinchi qismi kesib tashlangandek.Virusning virioni RNK saqlab spiralsimon simmetriyaga ega, lipoproteid qobig’i bor.Past haroratda virus buzilmasdan saqlanadi. 60°C harorat virusni 5-10 daqiqada, quyosh nuri 5-7 kunda o’ldiradi. Virusning aktivligini formalin, fenol, 5%-xlorid kislota 5-10 daqiqadayo’qatadi. Quturish virusining virioni glikoproteidli (tashqi) va nukleokapsidli (ichki) antigenlarni saqlaydi. Glikoproteidli antigen virus neytrallovchi antitela hosil qilsa, nukleokapsidlisi-komplementni bog’lovchi va pretsipitatsiyalovchi antitela hosil qiladi.Quturish virusining epizootik shtammlari immunobiologik xususiyati bo’yicha o’xshash, ammo, virulentligi bo’yicha bir biridan farq qiladi.Organizmda virus, asosan, markaziy nerv sistemasida, so’lak bezi va so’lakda saqlanib turadi. Virusni sichqonlarda, quyonlarda, dengiz chochqachalarida va boshqa hayvonlarda hamda birlamchi o’stirilgan hujayralarda (siriya xomyagining buyragidan, qo’yning homilasi, buzoqlar va boshqa) o’sayotgan hujayralarda (VNK-21, KEM-1 va boshq) o’stiriladi. O’stirilgan hujayralarda virusning ko’payishi hamisha CPT ko’rsatmaydi.Quturish virusiga oldindan adaptatsiyalangan tovuq homilalari sezgir. Virus sitoplazmatik kiritma-tanachalar hosil qilishga qodir.Bularni ko’pincha ammon shoxi hujayralarida, miyachada, bosh miya po’stlog’ida uchratish mumkin.Kasallik manbai kasal hayvon hisoblanadi. Ular virusni tishlash tufayli uzatadi. Go’shtxo’r hayvonlar quturish kasalligi bilan kasallanib, o’lgan hayvonning bosh va orqa miyasini eganda yuqadi.Quturish kasalligi ko’rshapalaklar bor joyda aerogen yo’l bilan yuqushi mumkin ekanligi isbotlangan.Quturish kasalligini tarqatishda asosiy manba itlar va mushuklar, tulkilar, bo’rilar va boshqa turdagi yovvoyi hayvonlardir.Quturish kasalligiga diagnoz epizootologik, klinik ma'lumotlarga va laboratoriya tekshiruvlariga asoslanib qo’yiladj.Kasal hayvonlar va yuqumli materiallar bilan ishlashda qat’iy shaxsiy xavfsizlik choralarini ko’rish kerak: Rezina qo’lqoplar, xalatlarning yengi ustidan kiyiladigan rezina yoki polietilen fartuk, rezina etik, himoya qiluvchi ko’zoynak, yuzni himoya qiluvchi niqob kiyish zarur.Dala sharoitida quturish kasalligiga gumonsiralgan hayvonlarning murdasini yorish qat’iyan taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |