Qushlarning kelib chiqishi va ularning evalutsiyasi.
Qushlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi faqat umumiy holatda o’rganilgan. Bularning ajdodlari, shubhasiz, qadimgi reptiliyalar bo’lgan. Qushlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan reptiliyalarning mezozoy (trias) Yer asining eng boshlariga to’g’ri keladi. Dinozavrlar, timsohlar va boshqa reptiliyalar guruhla-rini paydo qilgan psevdozuxilar (Rseudosuchia) qushlarga eng yaqin turadi. Bular orasida qushlarga xos belgilarga ega bo’lganlari ornitozuxilar (Ognithosuchus) dir. Qushlar singari ular ham orqa oyoqlarida yurgan. Oldingi oyoqlari oziq tutish vazifasini bajargan. Chanoq suyaklarida ham katta o’zgarishlar bo’lgan, u ancha rivojlangan. Tanasi uzunchoq cho’zilgan, tangachalar bilan qoplangan bo’lib, ularning o’qi bo’ylab yon tomonlarga yo’lakchalar chiqqan. Shunday qilib, tangachalar shakli patni eslatgan. Dumi uzun bo’lgan.
Qushlarning bevosita ajdodlari hali topilgan emas. Paleontologik solnomalarda qushlar va reptiliyalar orasida malum darajada oraliq holatdagi ajoyib hayvonlar borligi haqida to’rt dalil mavjud. Utgan asrda yura qatlamlaridan avval pat izi va keyinchalik nisbatan ancha yaxshi saqlangan to’liq skelet topilgan. Ularning biri arxeopteriks, ikkinchysidan unga yaqin bo’lgan arxeornis deb tariflangan. Keyinchalik arxeornis mustaqil tur emasligi va u arxeopteri ksning boshqa iziga qarab tariflangani isbotlangan. Bu hayvonlarda pat bilan qoplanish, qanotlarga aylangan oldingi oyoq, qilichsimon shona suyaklari, chanoqning shakli, orqa oyoqlarida pix suyagi bulishi va birinchi barmoqlarining boshqalariga qarama-qarshi joilashishi shubhasiz qushlarnikiga o’xshashdir. Shu bilan bir qatorda yuqorida aytilgan hayvonlarda reptiliyalarga xos belgilar Ham oz emas. Shox tumshuqning bo’lmaslygi, tor va tojsiz ko’krak suyagi, tishlarnint bo’lishi, uzun (20 umurtqadan tashkil topgan) dum, qo-rin, qovurg’alarning bo’lishi shu jumladandir . Arxeopteri kslarning tuzi-lishini analiz qilish ularning hayoti haqida taxminan fikr yurityshga imkon beradi.Ular daraxt shoxlarida o’rmalab yuruvchi, shoxdan-shoxga sakrab o’tuvchi hayvonlar bo’lgan. Bularda oldingi oyoqlar skeletining zaif bo’lishi, erkin barmoqlar borligi, toj suyagining bo’lmaslygi, yassi to’sh suyagi va qanot suyaklarining yuzasi shaffof bo’lishi, kuchli uchish muskullarshshng bo’lmaslygi bundan dalolat beradi. Chanoq suyagining tuzilishiga ko’ra, bular kichik, tovuq tuxumining 1/4 qismini tashkil qiluvchi tuxum qo’ygan. Tishlarining nozik bo’lishi ular hasharotlar yoki mevalar bilan oziqlanganidan dalolat beradi . Harakat organlarining va kamarlarining tuzilishi ular faqat orqa oyoqlarida yura olmasligidan, ammo daraxtlarda yaxshi o’rmalay olishidan darak beradi .Birlamchi qushlarni hozirgi qushlar bilan bog’laydigan hech qanday oraliq formalar yo’q.
Bo’r davridagi qatlamlardan qushlarning o’ziga xos ikki guruhi; ixtiornis va gesperornis topilgan. Gesperornislar uchish qobiliyati bo’lmagan suv qushlari bo’lgan. Qanotlari va oldingi oyoqlari bo’lmagan. Oldingi oyoqlari rudimentar yelka suyagidan iborat bo’lgan. To’sh suyagida tosh bo’lmagan. Ular suvda yashab kuchli orqa oyoqlari yordamida suzgan. Tashqi ko’rinishidan gagaralarga o’xshash bo’lgan. Ixtiornislar yaxshi uchuvchi qushlar bo’lgan. Qanot va baland tojli to’sh suyagi buning dalilidir. Har ikkala guruhdagi qushlar jag’ida tishlar bo’lgan. Uchlamchi davrda hozirgi qushlarga juda yaqin bo’lgan haqikiy qushlar paydo bo’lgan. Eotsenda hali sistematik jihatdan hozirgi kurakoyoqli qushlarga yaqin bo’lgan tishli qushlar (Odontopteryx) uchragan. Shu davrdayoq chumchuqsimonlar, jarqaldirg’ochlar, qizilishtonlar, loyxo’raklar paydo bo’lgan. Oligotsen va ayniqsa miotsenda ornitofaunaning tarkibi yana ham yaqinroq bo’lgan. Juda ko’p hozirgi qushlar: ukkilar, boyqushlar, flamingolar, qarg’alar, qizilqushlar, bulduruqlar, gagaralar, baliqchilar, qashqaldoqlar, g’ozlar va boshqalar kelib chiqqan.
Aytilganlarni yakunlab, mezozeyning boshida yashagan, sistematik jihatdan psevdozuxilarga yaqin bo’lgan reptiliyalar qushlarning ajdodi bo’lgan deyish mumkin. Dastavval ular Yerda yashab, orqa oyoqlarida yugurib yurgan. Oldingi oyoqlari ushlash funktsiyasini bajargan. Keyinchalik ular daraxtlarda chirmashib yurishga moslashgan. Dastavval ular shoxdan-shoxga, daraxtdan-daraxtga ko’chgan. Bu moslashuvning kuchayishi uchishga olib kelgan. Qushlar uchun (har holda ularning ko’pchiligi uchun) o’rmon boshlang’ich muhit bo’lgan. Hozirgi vaqtda ham qushlarning juda ko’p turlari o’rmonlarda yashashi va nihoyatda xilma-xilligi ham shundan dalolat beradi .
Uchishga moslashish bilan bir vaqtda ko’p xossalarining takomillashuvi ham ro’y bergan. Pat qoplami paydo bo’lishi qushlarning tana temperaturasi doimiy bo’lishi omili bo’lgan.
Kelib chiqishi va qushlar evolyutsiyasi Tarix davomida bu biologlar va arxeologlar o'rganishlari kerak bo'lgan eng katta jumboqlardan biri bo'lib, bu qushlarning dinozavrlar davridan boshlab paydo bo'lganligini ko'rsatadigan kelishuvga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |