97-rasm. Qush bosh miyasining tuzilishi:
A — ustki tomondan ko'rinishi, B — yon tomondan ko'rinishi; 1 — miya katta yarimsharlari, 2 — o'rta miya,3 — miyacha, 4 — uzunchoq miya.
Sezgi organlari. Qushlarning ko'zi juda yaxshi rivojlangan. Havoda uchayotgan qush ancha uzoqdagi narsalarni ham payqab oladi. Ayrim qushlarning ko'zi odamnikiga nisbatan 100 marta sezgirroq bo'ladi. Qushlar uzoqdagi narsalarni ko'ra olishi bilan birga atigi bir necha santimetr naridagi buyumlarni ham payqay oladi. Qushlar rangni ham boshqa hayvonlarga nisbatan juda yaxshi ajrata oladi. Qushlar yaxshi eshitadi, lekin hidni yaxshi ajrata olmaydi.
Nerv sistemasi sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Bosh miyasi ancha yirik va murakkab tuzilgan (97-rasm). Ularning xilma-xil xatti-harakatlari bosh miyaning, ayniqsa, oldingi yarimsharlarning kuchli rivojlanganligi bilan bog'liq. O'rta miyadagi ko'rish do'mboqchasi yaxshi rivojlanganligi tufayli qushlarning ko'zlari juda o'tkir bo'ladi. Qushlarning miyachasi va ayniqsa, uning po'stlog'ida burmalar ko'p bo'ladi. Shuning uchun uchayotgan qushning harakati juda xilma-xil va murakkab bo'ladi. Biroq ularning ko'p harakatlari tug'ma instinktdan iborat. Bunday hatti-harakatlarga misol tariqasida juftlashish, uya qurish va tuxum bosishni ko'rsatish mumkin. Biroq, qushlarning hayoti davomida xilma-xil shartli reflekslar paydo bo'la boshlaydi. Masalan, tuxumdan chiqqan jo'jalar dastlab hech narsadan cho'chimaydi, ovqatlanish shartsiz refleksi asosida ko'zga ko'ringan hamma narsani cho'qib ko'radi. Keyinchalik, harbir jo'ja o'z shaxsiy hayoti davomida o'z dushmanini, yeb bo'ladigan va yeb bo'lmaydigannarsalarni farq qilishni o'rganadi. Vaqt o'tishi bilan shartli reflekslar soni orta boradi. Qushlar o'z egasini taniydigan, uning ovoziga e'tiborberadigan bo'lib qoladi. Qushlarning havoda chamalab yo'l topish xususiyati ham yaxshi rivojlangan. Havoda chamalay olish xususiyati qushiarning uchib ketishi va uchib kelishida katta ahamiyatga ega.
Qushlar turli tovushlar yordamida o'zaro aloqa qiladi. Ular sayrash bilan birga notinchlik, qo'rqinch, chaqiriq va boshqalarni bildiruvchi tovushlar chiqarib, o'z turi individlari bilan o'zaro munosabatda bo'ladi.
Ko'pchilik qushlarda shartli reflekslar tcz va oson hosil bo'ladi. Shuning uchun ular tez qo'lga o'rganadi. Qarg'a, mayna, qorayaloq va ayniqsa, to'tilar ayrim so'zlar va hatto iboralarni eslab qolib, takrorlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |