Bog'liq Qurulish sanoatida kadrlar potensiali va uni shakllantirish muammolari
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda har bir korxona yoki kompaniyada puxta ishlab chiqilgan kadrlar siyosati konsepsiyasi qo‘llanilgan bo‘lib, uning mohiyati quyidagi muammolarni hal qilishdan iborat: - kadrlar talabiga mos ijtimoiy-mehnat munosabatlarini sifat jihatdan o‘zgartirish; - ko‘p ish o‘rinlarining innovatsion yangi ish o‘rinlar yaratish tizimini joriy qilish; - ishga qabul qilish tartibi amaldagi mehnat qonunlariga qat’iy rioya qilishga asoslanganligi; - xodimlarning hududiy va professional harakatchanligi darajasining yuqoriligi. Rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari kadrlar siyosati quyidagi ustuvor yo‘nalishlardan iborat:

1. Kompaniyalarning amaldagi boshqaruv tashkiliy tuzilmasini muntazam ravishda o‘zgartirib turishi, bo‘lajak qiyinchiliklarga tayyor bo‘lishi uchun moslashtirish samaradorligini oshirib borish. 13
2. Kompaniyaning ishlab chiqarish maqsad va vazifalari bilan bog‘liq turli toifadagi xodimlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini oldindan prognoz qilish va aniqlab borish.
3. Kompaniya va soha oldida vujudga keladigan yangi vazifalarni hal etishga tayyor xodimlarni tanlab, tayyorlab borish.
4. Kompaniya xodimlarining ish sifati holatini tahlil qilib borish.
5. Kompaniya xodimlari uchun mehnat haqi va imtiyozlar tizimini o‘zgartirish.
6. Xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ularning ish miqdori va sifatini baholash uchun qo‘shimcha mezonlarni ishlab chiqish.
7. Xodimlarning ishlab chiqarishdagi yangi texnologik vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda innovatsion talablarga javob beruvchi kadrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
8. Kompaniya mahsulotining sifati va afzalliklarini ifodalovchi qo‘shimcha reklama rejalarini ishlab chiqish.
9. Xodimlarni tanlash jarayonini qat’iy nazorat qilish, ularning miqdoriy va sifat parametrlarini o‘zgartirish;
10. Kompaniyaning mavjud kadrlardan boshqaruv lavozimlari uchun istiqbolli nomzodlarni aniqlash, ularni tayyorlash va lavozimga ko‘tarish bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish.