Loyihalash jarayoni davomiyligi loyihalashdan boshlab qurilish boshlanishiga qadar o‘rta va nisbatan katta ob’ektlar bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha davom etishi mumkin; alohida murakkab va yirik ob’ektlar bo‘yicha loyihalash – ilmiy–tadqiqot ishlarining davomiyligi undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday muddatda vaziyat loyihani ishlab chiqishning boshida qabul qilingan o‘sha paytdagi fan va texnikaning oxirgi yutug‘lariga asoslangan injenerlik echimlarning ob’ektni foydalanishga tushirish vaqtiga kelib shunchaki eskirib qolishiga olib keladi. SHu tufayli sanoat korxonalarining loyihalarida fan va texnikaning eng yangi yutug‘lari, ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasi, eng yangi yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo‘lgan vositalar (jihozlar)dan, qurilmalar, agregatlar, ishlarni kompleksli mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishdan to‘liq foydalanish, resurslarning barcha turlaridan va chiqindi chiqarmaydigan texnologiyalardan oqilona foydalanishni ko‘zda tutish taqoza etiladi. SHahar va qishloqlarda quriladigan yangi fuqaro – yashash ob’ektlarini loyihalashda yashash uchun barcha qulayliklarni yaratish va aholiga maksimal xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutish talab etiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni loyihalashda sanoat asosidagi ishlab chiqarishni tashkil etish, tez bo‘ziladigan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar)ni qayta ishlashga asoslangan yirik mexanizatsiyalashgan, ixtisoslashgan komplekslarni yaratish vazifasi asosiy maqsadlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Loyihalash jarayoni davomiyligi loyihalashdan boshlab qurilish boshlanishiga qadar o‘rta va nisbatan katta ob’ektlar bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha davom etishi mumkin; alohida murakkab va yirik ob’ektlar bo‘yicha loyihalash – ilmiy–tadqiqot ishlarining davomiyligi undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday muddatda vaziyat loyihani ishlab chiqishning boshida qabul qilingan o‘sha paytdagi fan va texnikaning oxirgi yutug‘lariga asoslangan injenerlik echimlarning ob’ektni foydalanishga tushirish vaqtiga kelib shunchaki eskirib qolishiga olib keladi. SHu tufayli sanoat korxonalarining loyihalarida fan va texnikaning eng yangi yutug‘lari, ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasi, eng yangi yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo‘lgan vositalar (jihozlar)dan, qurilmalar, agregatlar, ishlarni kompleksli mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishdan to‘liq foydalanish, resurslarning barcha turlaridan va chiqindi chiqarmaydigan texnologiyalardan oqilona foydalanishni ko‘zda tutish taqoza etiladi. SHahar va qishloqlarda quriladigan yangi fuqaro – yashash ob’ektlarini loyihalashda yashash uchun barcha qulayliklarni yaratish va aholiga maksimal xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutish talab etiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni loyihalashda sanoat asosidagi ishlab chiqarishni tashkil etish, tez bo‘ziladigan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar)ni qayta ishlashga asoslangan yirik mexanizatsiyalashgan, ixtisoslashgan komplekslarni yaratish vazifasi asosiy maqsadlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |