Colloseum
- Asl nomi Flaviy Amfiteatri
- Italiya poytaxti Rimning markazida joylashgan elliptik amfiteatrdir.
- Kolizey Rim imperiyasi vaqtida (milodiy 72-80-yillarda), imperator Vespasian, keyin esa Tit Flaviy tomonidan qurdirilgan.
- Rim meʼmorchiligi va muhandisligi namunasi hisoblanadi.
- Zilzila va qaroqchilik tufayli koʻp qismi buzilib ketgan.
- Kolizeyning balandligi 57 m, tarhi ellips shaklida (524 m).
- 4 qatlamli oʻrindiqqa 50 ming tomoshabin joylashgan.
- Sahna tagida hayvonlar qafasi, omborxona boʻlgan.
- Imperator oʻrindigʻi sahna bilan teng (balandligi 3,5 m) boʻlgan.
- 1-qatlamda imperatorning yaqinlari, 2-qatlamda yuqori tabaqali kishilar, 3 va 4 qat-lamda oddiy xalq oʻtirgan.
- Oʻrindiqlar toshdan ishlangan, galereyalarining konstruksiyalari beton va gʻisht bilan mustahkamlangan. Kolizeyning ulug’vor old tomoni 4 qavatli, har biri 80 ta ravoqlar qatori bilan jozibador ishlangan, pastki qismidan tomoshabinlar kirish va chiqishda foydalanganlar.
- Kolizey markazidagi sahnada bayram marosimlari, qurbonlik, gladiatorlar jangi, teatr tomoshalari oʻtkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |