Qurilishga minimal kapital xarajatlar


Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari parametrlari va xarateristikasi



Download 323 Kb.
bet3/5
Sana13.01.2023
Hajmi323 Kb.
#899174
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rasulov Aziz

Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari parametrlari va xarateristikasi.
OK lar va TOUT apparaturasini ishlab chiqarish jarayonida oʻlchanadigan parametrlar va xarakteristikalar pasport ma'lumotlari koʻrinishida hujjatlashtirilishi lozim boʻlib, ular amaldagi DSt va TSh lar me'yorlariga mos boʻlishi kerak. Ko'rsatilgan moslikni tekshirish kirish nazoratida amalga oshiriladi.
TOUT ni qurish jarayonida qurilish va aloqa sifatini nazorat qilish maqsadida quyidagi parametrlar oʻlchanadi: OT ning qurilish uzunliklarida va montaj qilingan regeneratsiyalash uchastkalarida soʻnishi; OT larning ulanishlari kiritadigan so'nishlar; uzatuvchi chiqish va gabul qiluvchi kirish optoelektron modullaridagi optik nurlanish quvvatining darajalari; xatoliklar koeffitsiyenti. Zarurat boʻlganda buzilish (shikastlanish) joylari aniqlanadi.
OK da metall oʻtkazgichlar mavjud boʻlganda kabelga oid TSh larga muvofiq ravishda elektr zanjirlarining parametrlarini o'lchash va sinash oʻtkaziladi, jumladan metall elementlar va tashqi qobiq izolyasiyasining elektr qarshiligi yuqori kuchlanishli oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchan tokda oʻlchanadi (metall elementlar orasidagi metall qobiq va bron orasidagi, bron va suv orasidagi izolatsiyalar va h.k.). Oʻlchash apparaturasini koʻpincha maxsus moslashtirilgan avtomashinalarda joylashtiriladi, bu esa qurilish va montaj qilish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi.
Ishlatish jarayonida oʻlchashlar liniya qurilmalarining va ogohlantiruv va buzilishlarning oldini olish apparaturasining texnik holatini aniqlash uchun bajariladi. Ularni profilaktik, nazorat va avariyaviy oʻlchashlarga ajratiladi.
Profilaktik o'lchashlar tasdiqlangan reja boʻyicha o'tkaziladi. O'lchashlar tarkibi, hajmi va davriyligi mahalliy sharoitlar, kabelning holati va h.k. larga bog'liq holda belgilanadi.
Nazorat va sinov oʻlchashlari ta'mirlashdan keyin ta'minlash tiklash ishlari sifatini aniqalash maqsadida bajariladi.
Avariyaviy oʻlchashlar kabelning buzilgan joyi va parametrini aniqlash maqsadida o'tkaziladi.
Yuqori tezlikli kogerent TOUT larning joriy etilishi bilan hozirgi vaqtda nazorat qilinmaydigan parametrlarni oʻlchash ehtiyoji tug'iladi.
Tezkor modulatsiyali TOUT ning xarakteristikalari va ishonchliligi lazerli diodlarning spektral xarakteristikalariga kuchli bogʻliq boʻlganligi uchun optik nurlanish manbalarining sifatini nazorat qilish zarurati tug'iladi. Bunda spektr enini, modalar sonini, toʻlqin uzunligini, spektral polosa kengligini (taqsimlangan teskari aloqali lazerlar uchun va tashqi rezonatorli lazerlar uchun), nurlanayotgan quvvatning maksimumiga mos toʻlqin uzunligini, simmetriyani, yoki modalarni so'ndirish koeffitsiyentini, toʻlqin uzunligining turgʻunligini, ya'ni «chirp-effekt» oʻlchanadi. Bundan tashqari, tor polosali filtrlar uchun tashqi rezonatorlar effektlarini baholash va generatsiyaning modadan modaga sakrashi yoki modalarning boʻlinishi roʻy berayotgani - bermayotganini tekshirish lozim. Modulatsiyalangan signalning impuls xarakteristikalarini; impulsning ortish va pasayish vaqtini, kuchsizlanish koeffitsiyentini, impulsning davomiyligi va silliqligin oʻlchanadi. Fotoqabul qilgichning sifatini baholashda ishchi chastotalar polosalarini, sezgirligini, shovqin darajasi va sur'at tokini oʻlchanadi.
Kogerent TOUT lar uchun OT ning soʻnishi va dispersiyasi bilan bir qatorda tolaning polarizatsion (qutbiy) xarakteristikasi ham muhim rol o'ynaydi. Bir modali bir polarizatsion svetodiod lardan foydalanilganda ularni o'lchash zarurati tug'iladi. TOUT ning passiv komponentlari (tarmoqlagichlar, attenyuatorlar, filtrlar, razyomlar) uchun spektral xarakteristikalarni va qaytish so'ndirishini nazorat qilishga toʻgʻri keladi. Keyingisi katta ahamiyatga ega, chunki ROS lazerlar va Fobri-Pero lazerlari bu parametrga katta sezgirlikka ega.
OK larni va TOUT liniya traktlarini qurish va ishlatish bosqichlarida o'tkaziladigan oʻlchash va sinash natijalarini DSt va TSh larda koʻrsatilgan parametrlar va xarakteristikalarning me'yor lariga mosligini tekshiriladi.
Optik kabellarning eng muhim parametrlari so'nish bo'lib, uni oʻlchash TOUT ni yaratish va ishlatishning barcha bosqich larida amalga oshiriladi.





Turli optik kuchaytirgichlarni qo‘llash sxemalari.


Yuqori tezlikli SRI TOUT ning birinchi avlodlarini tadbiq etish malakasi ko‘rsatgandek, TOUL ni loyihalashda va uni tashqi ruxsat etilmagan ulanishlardan himoyalash zaruriyatiga bog‘liq holda imkon qadar XTQyRP inshootlarini qo‘llamaslik ham maqsadga muvofiqdir.
Regional va magistral birlamchi tarmoqlarda bir kanalli TOUT uchun OK3 ni qo‘llash ko‘pgina xolatlarda maqsadga muvofiq, chunki XTQyRP ning elektr ta’minoti muammolarini xal etish imkonini bermaydi (1.2, v-rasmdagi sxemada masofa OK3 kiritadigan qo‘shimcha shovqin tufayli 1.2, g-rasmda xar doim bir kuchaytirish uchastkasiga ko‘p). Boshqa tomondan, mavjudligi bo‘yicha OK2 + OK1 zanjirni texnologik namoyon etuvchi OK3 tan narxi bo‘yicha STM-4 sathidagi SRI regeneratorining narxi bilan o‘lchanadigan darajadadir. SHu sababli juda past tezlikli tizimlar uchun (regeneratorli) XTQyRP ni tashkil etish, xizmat talab qilmaydigan (OK3 li) kuchaytirish punkti (XTQyKP) ni tashkil etishga nisbatan iqtisodiy jihatdan ustun hisoblanadi.
Biroq, OK3 ni ishlatish samaradorligi, ulardan xattoki bir kanalli TOUT uchun optik tarmoqqa ulanishlarda foydalanishda va to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOUT uchun barcha telekommunikatsiya tarmoqlari uchastkalarida keskin ortadi.
Aloqa tarmoqlarining kelgusi rivojlanishida loyihalashda (o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha) an’anaviy tarzda butun rivojlanish davri rivojlanishning katta (liniya – kabeli inshootlarni almashtirish, ya’ni yangi uzatish liniyasini qurish) va kichik (LTA ni eng yuqori tezlikka almashtirish) hisobiy davrlari deb ataladigan alohida bosqichlarga ajratiladi.
Vaqt omilini hisobga olish bilan texnik vositalar tarkibini optimallashtirish bu bosqichlarning har birida xarajatlar samaradorligining taxlil natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Zamonaviy optik kabellarning imkoniyatlari TOUL ni jihozlashda o‘tkazish qobiliyatining katta zahirasini ta’minlaydi, bu aloqa tarmog‘ini optimallashtirish jarayonida rivojlanishning katta davrlarini hisobga olmaslik imkonini beradi. Boshqacha aytganda, rivojlanish davri mobayniga aloqa tarmog‘ini loyihalashda shunday turdagi OT li optik kabellar tanlanadiki, bu OT loyihalashtirilayotgan rivojlanish davri oxiriga TOUL ning talab etiladigan o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi kerak.
Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilgandek, rivojlanish davrining boshida talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan o‘tkazish qobiliyatining katta zahirasiga ega bo‘lgan apparaturani qo‘llash uchun iqtisodiy asoslangan, qator shart – sharoitlar mavjud.
Natijada zamonaviy TOUL asosidagi taomoqni loyihalashda butun rivojlanish davrida texnik vositalar tarkibini optimallashtirish jarayoni yuqori darajada soddalashadi, chunki vaqt omili hisobga olinmay, mohiyati bo‘yicha kapital xarajatlarni optimallashtirish amalga oshiriladi. Vaqt omili rivojlanish jarayonida TOUL ning o‘tkazish qobiliyatini bosqichma – bosqich oshirishda namoyon bo‘ladi, bu TOUL ni qurishda boshlanishiga nisbatan kapital xarajatlar (va mos ravishda ekspluatatsiya xarajatlari) ning haqiqatdan juda kichik darajada ortishi bilan kuzatiladi.
Lekin, aynan ana shu istiqbolli rivojlanishga TOUL ni loyihalashda axborotlarni zichlashtirishning barcha mumkin bo‘lgan usullaridan foydalanishni shartlaydi.
Mohiyati bo‘yicha, zamonaviy TOUL uchun texnik vositalar tarkibini optimallashtirish bu birinchi navbatda



Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish