Ijtimoiy-kasbiy sabablar
xodimlarning bilimi, malakasi va kasb
mahoratini nazar-pisand etmaslik, xodimdan o`z o`rnida foydalanmaslik,
mehnat qonunchiligiga amal qilmaslik.
Ijtimoiy-demografik sabablar
xodimlarning yoshi, jinsi, millati,
ma‘lumoti kabi omillarni, oilaviy sharoitlarini inobatga olmaslik.
Ijtimoiy-psixologik sabablar
xodimlar faoliyatida yaqqol ko`zga
tashlanadigan yaxshi va yomon xislatlar, qobiliyati, qiziqishlari, xotirasi,
tafakkuri, his-tuyg`usi kabi ruhiy holatlar bilan hisoblashmaslik.
Tadbirkor rahbar faoliyatida qo`l ostidagilar bilan muloqot-
muomalada ham ziddiyatli holatlar ro`y berishi mumkin. Bunga
rahbarning yoki xodimning kalondimog`ligi, muomala madaniyatining
pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo`rsligi, qo`polligi , tundligi va boshqalar
sabab bo`ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi, maqtanchoq ligi,
loqaydligi, beparvoligi ham ba‘zan ziddiyatlar tug`diradi.
Tadbirkor rahbar va xodimlar o`rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar
kelib chiqishiga sabab:
1) mehnat jarayonining noto`g`ri uyushtirilishi;
2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi;
3) jamoa a‘zosining o`ziga xosligidir.
Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to`g`ri idrok etishi,
tahlil qilishi, baholashi muhim ahamiyatga ega. Agar rahbar har bir
ziddiyatli hodisaga xolisona, do`stona, samimiy munosabatda bo`lsa,
masala to`g`ri yechimini topadi, bordi-yu, jizzakilik qilib, yyengiltaklik
bilan baholasa, nosog`lom axloqiy-ruhiy muhit paydo bo`lishiga yo`l
qo`yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda o`zini tutishi,
bosiq bo`lishi, uzoqni ko`zlashi, murosa-madora qilishi, holatga
moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da‘vat qilishi yaxshi
natija beradi.
Bizningcha, tadbirkor rahbarning har qanday ziddiyat va mojaroni
bartaraf etish yo`llari quyidagilardan iborat:
1. Mojaroning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning
o`tkirlashishiga yo`l qo`ymaslik uchun chora-tadbirlar ko`rish.
2. Mojaroli vaziyatni yumshatish ziddiyatga borgan kishilar bilan
oshkora suhbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlash.
Vaziyatni to`la idrok etish, o`zlashtirish «ahvol»ning xo`jayini bo`lib
olish va qat‘iy chora ko`rish.
Mojaro va uning vaziyatlarini chuqur tahlil qilishi:
- mojarolashayotgan tomon va guvohlar bilan alohida suhbatlashishi;
- ularning maqsadi, qiziqishlari, xulq-atvori, kasbi, tajribasi, turmush
sharoiti va boshqa ruhiy-ma‘naviy jihatlarini o`rganish;
- mojaroli vaziyatning sabablari, jamoaning unga munosabatini
aniqlash;
- mojaro haqidagi axborotlarni haqiqiy ahvol bilan solishtirish;
- mojaroni hal etishning har xil usullarini ishlab chiqish va tahlil
qilish;
- mojaroni hal etishning eng qulay usuli, shakli, vositasi va
sharoitlarini tanlash;
- tanlangan usullarni jamoa tarbiyasi, mehnat vazifalari, maqsadlari
bilan qiyoslab, taroziga solib ko`rish;
- tanlangan va tekshirilgan usulni qo`llab, mojaroni bartaraf etish;
- mojaro bartaraf etilganidan hammani xabardor qilish;
- mojaro keltirib chiqargan tomonning nohaqliligi isbotlangach ularni
to`g`ri yo`lga boshlash va hokazo.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bo`g`indagi tadbirkor shuni
tushunib yetmog`i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g`amho`rlik
qilish, inson ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil
etish, jamoaning har bir a‘zosi mehnatdan moddiy va ma‘naviy qoniqish
hosil qilishiga erishish uning zimmasidagi muqaddas vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |