kontraktlar va shartnomalar asosida kelib chiqadigan o`zaro kelishmovchiliklar yoki
muammolar mana shu mulkka bo`lgan egalik huquqlari bo`yicha kafolatlanadi.
Mulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat‘iy nazar faqat korxonaning o`z
mablag`lariga quyilishi mumkin. O`z mablag`larning miqdori buxgalteriya balansi
ma‘lumotlariga asosan aniqlanadi.
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish xo`jalik
yuritishning oqilona yo`llarini izlab topishni talab qiladi.
Bu esa materiallar va
xomashyoni tejab-tergab sarflash, dastgoh va uskunalardan yaxshiroq foydalanish,
xodimlar ish unumdorligini oshirish, mahsulot birligiga to`g`ri keladigan xarajatlarni
pasaytirish,
pirovardida, korxona rentabelliligi va foydaliligini oshirishni ko`zda
tutadi.
Ko`rsatib o`tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy
samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo`jalik faoliyatining
yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab
chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning
oshishi xarajatlar
birligiga to`g`ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko`payishi bilan ifodalanadi.
Samaradorlik xo`jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan,
biznesni to`g`ri yo`nalishda olib borilayotganligidan darak beradi.
Samaradorlikning ta‘rifi asosida ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va
hajmi yotadi.
Xarajatlar
korxonaning ishlab chiqarish va
tijorat faoliyatini amalga
oshirishda zarur omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik
faoliyati) uchun sarflangan mablag`larning pulda aks ettirilishidir.
Ular mahsulot
tannarxi ko`rsatkichida namoyon bo`lib, barcha moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq to`lash xarajatlarining puldagi
ifodasidir.
Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki gruhga: domiy va o`zgaruvchan
xarajatlarga bo`lish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bo`linishi
korxonalar faoliyati
samaradorligining har xil ko`rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir. Ishlab chiqarish
samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim turlarini xo`jalik
faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil
ko`rsatkichlardan foydalaniladi.
Bunda barcha ko`rsatkichlarni quyidagi uchta guruhga
birlashtirish maqsadga
muvofiqdir: xo`jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko`rsatkichlar; resurslarning ayrim
turlaridan foydalanish samaradorligi ko`rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi
ko`rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: