8.3. Marketing kommunikatsiyalarida motivatsiya
Iste‘molchilarning motivatsiyasini o‗rganish ularning xatti-harakatlarini
tartiblashtiruvchi motivlarni tushunish va anglash, uning amal qilish
mexanizmlarini aniqlash va marketing kommunikatsiyalari asosida mazkur
xatti-harakatlarga u yoki bu ta‘sirni o‗tkazishni o‗z oldiga maqsad qilib
qo‗yadi. Motivatsiya asosida his-tuyg‗uli, intellektual, ongli va ongsiz,
madaniy va fiziologik ehtiyojlar yotadi. Birlamchi ehtiyojlar qondirilgandan
keyin yuqori pog‗onadagi ehtiyojlarni qondirish navbati keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |