Qurilishbob yog`ochning fizik xosslari



Download 16,9 Kb.
Sana25.10.2022
Hajmi16,9 Kb.
#856010
Bog'liq
QURILISHBOB YOG`OCHNING FIZIK XOSSLARI


QURILISHBOB YOG`OCHNING FIZIK XOSSLARI
Yog’och qimmatbaho konstruksion tabiiy qurilish materiali bo’lib, qurilishning deyarli barcha sohalarida qo’llaniladi. Qurilishbop yog’ochlar Respublikamizga asosan Rossiyadan va boshqa shimoliy davlatlardan tashib keltiriladi.

Qurilishbop yog’och zahiralari bo’yicha Rossiya federatsiyasi dunyoda yetakchi o’rinni egallaydi. Rossiyadagi o’rmonlarning qariyib ¾ qismi Sibir va uzoq sharq o’lkalarida joylashgan. Ushbu o’rmonlarning ¾ qismida qurilishbop ignabargli daraxt navlari: listvanitsa, sosna,pixta va kedr o’sadi. Kamag ¼ qismida bargli yog’och navlari: dub, duk, osina, grab va boshqalardan iborat.

O’zbekistonda yetishtirilayotgan daraxtlardan asosan terak, tog’ archasi va qayrag’och navli yog’ochlardan qurilishda foydalanish mumkin. Bu esa Respublikamizni qurilishbop yog’ochga bo’lgan extiyojini qondira olmaydi. Shuning uchun ham, keyingi yillarda Respublikamizda o’rmon xo’jaligini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Yog’ochning fizik hossalari Yog’och tanasi tolalaridan iborat yacheykali tuzilishga ega bo’lgan tabiiy material bo’lganligi uchun yog’ochlarning namligi katta intervalda o’zgarishi mumkin. Masalan, yangi kesilgan daraxtlardan tayyorlangan yog’ochning namligi 100 % gacha bolishi mumkin. Asta sekin tabiiy sharoitda yoki quritish jarayonida yog’ochning namligi kamayib boradi.

Yog’och konstruksiyalarni barpo etishda alohioda elementlarning namligi 20…25% atrofida bo’lishi mumkin. Yelimlab tayyorlangan yog’och konstruksiyalarda esa bu ko’rsatgichni 9…15% artofida bo’lishi talab etiladi. Yog’ochlarni saqlash yoki yog’och konstruksiyalarning eksplutatsiyasi davrida namlik katta intervalda o’zgarib turishi, (10…40%) yog’ochlarda kirishish yoki shishish hodisalarini yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ushbu deformatsiyalar bir hilda bo’lmaydi. Kirishish deformatsiyalari namlik va haroratni o’zgarishi natijasida yog’och tolalariga ko’ndalang yo’nalishda 4…10% tashkil etsa, ushbu ko’rsatgich tolalar yo’nalishi bo’yicha 0,3 % dan oshmaydi. Yog’ochning namligi 30% dan ortib ketsa uning tanasida erkin suv hosil bo’ladi va namlik ta’siridagi kirishish va shishish deformatsiyalariga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Yog’ochning qurishi natijasida yuzaga keladigan deformatsiyalarning o’zgarishi yog’ochning tashqi sirtidan markaziga tomon bir hilda bo’lmaydi va natijada yog’ochning tashqi sirtida kirishish yoriqlari vd tilingan yog’och taxtalarda esa ko’ndalang va bo’ylama egriliklarni keltirib chiqaradi Yog’och konstruksiya elementlarining qurish natijasida ularning o’lchamlari kichrayib, kirishish deformatsiyalari yuzaga keladi.

Yog’och namlanganida esa uning o’lchamlari kattalashib shishish deformatsiyalari yuzaga keladi. Ushbu deformatsiyalar yog’ochning yo’nalishiga qarab turlich qiymatlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, tolalar yo’nalishiga ko’ndalang tarzda tangensial yo’nalishida 6…10% gacha, radial yo’nalishda esa 3…5% gacha bo’lishi mumkin. Yog’och tolalariga bo’ylama yo’nalishda esa kirishish deformatsiyalari juda kichik qiymatga ega bo’ladi, taxminan 0,1…0,3% ni tashkil etadi. Yog’ochning issiqlik o’tkazuvchanligi juda kichik bo’ldi, masalan, tolalar yo’nalishiga ko’ndalang tarzda quruq yog’ochning issiqlik o’tkazish koeffitsenti ni tashkil etadi. Shu bois ham yog’och elementlaridan qoplama sifatida keng foydalaniladi.

Yog’och nisbatan yengil tabiiy konstruksion material bo’lganligi uchun uning zichligi bir qancha omillarga: yog’ochning naviga, yoshiga, namligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Yog’ochlarning zichligi odatda ularning namligi, W= 18% da aniqlanadi. Masalan, yangi kesilgan sasna va yel daraxtlarining zichligi dan iborat. Agar, ushbu yog’ochlar havoning namligi 75% dan yuqori bo’lmagan xonalarda ishlatilsa, ularning , agar havoning namligi 75 % dan yuqori bo’lsa, yuqoridagi yog’ochlarning zichligi deb qabul qilinadi. Yog’och konstruksiya elementlari namligi 75 % dan yuqori bo’lgan hollarda yoki ochiq havoda ishlasa ularning zichligi mos ravishda deb qabul qilinadi. Aksariyat qurilishbop yog’ochlarning zichligi suvning zichligidan kichik bo’lganligi uchun kesilgan qurilishbop yog’ochlar daryolarda oqizish yo’li bilan yog’ochlarga ishlov beradigan korxonalarga toshib keltirishadi. Yog’ochning mexanik xossalari Yog’ochlarning mexanik hossalari har turdagi yog’och navlaridan olingan namunalarni turli zo’riqqanlik holatlarida sinash yo’li bilan aniqlanadi.

Yog’ochlarning mexanik hossalariga elementning fazadagi vaziyati va unga ta’sir etadigan kuchning yo’nalishi katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bundan tashqari yog’och anizatrop material bo’lganligi uchun, uning mexanik hossalariga tashqi muhit (harorat, namlik) ta’siri ham katta ahamiyatga ega. Agar tashqi kuch yog’och tolalari yo’nalishida ta’sir etsa, yog’ochning mustahkamligi katta ko’rsatgichlarga ega bo’lib, deformatsiyasi juda kichik bo’ladi. Aksincha, tashqi kuch yog’ochning tolalariga ko’ndalang ravishda ta’sir etsa uning mustahkamligi kichik bo’lib, deformatsiyasi maksimal qiymatga ega bo’ladi. Yog’ochning mustahkamligi ularning qanday zo’riqqanlik holatida ishlashiga ham bevosita bog’liq bo’ladi. Masalan, yog’och konstruksiya elementi cho’zilishga ishlasa, uning zo’riqqanlik holatidagi deformatsiyalanishi chiziqli-elastik materiallarniki singari kechadi.

Bunda yog’ochning buzilish tolalarini notekis birin-ketin uzilishi natijasida to’satdan yuzaga keladi. Shu bois ham yog’ochdagi tabiiy va sun’iy nuqsonlar cho’zilishga ishlaydigan yog’och elementlarining mustahkamligiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuni e’tiborga olgan holda yog’och konstruksiyalarni tayyorlash uchun 1- navdagi qurilishbop yog’ochlardan foydalanish tavsiya etiladi. Yog’och konstruksiya elementlari siqilishga ishlasa, elementga ta’sir etadigan yukning miqdorini ortishi bilan elementning deformatsiyalanishi tez orada nochiziqli ko’rinishga ega bo’ladi va yog’ochning elastik-plastik materiallar singari ishlashi yaqqol ko’zga tashlanadi. Yog’ochlardagi nuqsonlarning ta’siri cho’zilishga ishlaydigan yog’ochlarnikiga nisbatan ancha kichik bo’ladi. Shu bois siqilishga ishlaydigan yog’och elementlarni tayyorlash uchun 2- navli qurilishbop yog’ochlardan ham foydalanishga ruhsat etiladi.

Agar, yog’och konstruksiya elementlari egilishga ishlasa, elementning neytral o’qiga nisbatan bir tomoni cho’zilishga, ikkinchi tomoni esa siqilishga ishlaydi. Bunda yog’ochning siqilishga ishlaydigan tomoni elasta-plastik harakterga ega bo’lganligi uchun undagi tolalarni g’ijimlashishi hisobiga deformatsiya ortib boradi va cho’zilgan qismidagi yog’och tolalarining birin-ketin uzilishi natijasida elementning buzlilishi yuzaga keladi. Yog’och konstruksiya elementlari siqilishga (yorilishga) juda yomon ishlaydi va ularning buzilishi mo’rt materiallar singari to’satdan yuzaga keladi.

Yog’och konstruksiyalarni tayyorlashda keng qo’llaniladigan nuqsonlarsiz 1- navli toza sosna yog’och turli zo’riqqanlik holatlariga sinab ko’rilganda uning vaqtinchalik mustahkamligining o’rtacha qiymati quyidagi ko’rsatgichlarga ega bo’ladi: o’q bo’ylab cho’zilishga 100 MPa, egilishga 80MPa, o’q bo’ylab siqilishga 44 MPa va nihoyat yorilishda 7MPa. Yog’ochlarning ezilishga bo’lgan mustahkamligi yog’ochning eziladigan qismining o’lchamlariga va eziladigan qismining yuzasini sinalayotgan elementning umumiy yuzasiga bo’lgan nisbatiga bevosita bog’liq bo’ladi.



Shundan kelib chiqqan holda ezilishga ishlaydigan yog’och elementlarining hisobiy qarshiligi umumiy yoki mahalliy ezilishga alohida qabul qilinadi Misol.Uzunligi l=4,5 bo’lgan, ko’ndalang kesimi kvadrat shaklidagi sifat ko’rsatkichi 2-navli qarag’ay ustun N= 280 kN bo’ylama kuch ta’sirida markaziy siqilishga ishlaydi. Uning pastki uchi poydevorga qo’zg’almas, yuqori uchi esa asosiy to’singa sharnirli tarzda mahkamlangan. Uning ko’ndalang kesimi to’liq, zaifliklari yo’q. yuqorida berilgan qiymatlar bo’yicha ustun ko’ndakang kesimining o’lchamlarini aniqlang. Yechilishi.

Yuqorida keltirilgan 1.1-jadvaldan 2-navli qarag’ay yog’ochning siqilishga bo’lgan hisobiy qarshiligini aniqlaymiz: Rt = 15MPa yog’och ustunining ruhsat etilgan egiluvchanligi bo’lgani uchun uning dastlabki egiluvchanligini deb qabul qilamiz. bo’lgani uchun esa ustunning bo’ylama egilish koeffitsientini quyidagicha aniqlaymiz;
Download 16,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish