Qurilish yasash bilan tanishtirish haqida ma’lumot bering. Jismoniy tarbiya bilan tanishtirish haqida ma’lumot bering



Download 34,14 Kb.
bet9/9
Sana28.04.2022
Hajmi34,14 Kb.
#586673
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha talim ilk qadam

Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. J. t.ning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. J. t. aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib olib boriladi.
Ibtidoiy davrdan boshlab J. t.ga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida J. t.ga eʼtibor yanada kuchaydi. Gumanistlar J. t.ni oʻquv dasturiga kiritishga uringanlar. J. t.ga oʻrta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida karala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan pedagogik risolasida J. t.ning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar J. t.ning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda J. t.ning milliy tizimlari tarkib topdi.
Oʻzbekistonda J. t.ga juda qadimdan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Mahmud Koshgariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida 100 dan ziyod xalq oʻyinlari toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. "Alpomish" oʻzbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning "Farxod va Shirin", Zayniddin Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye" ("Nodir voqealar"), Boburning "Boburnoma" asari va b.da jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahsmunozaralarining xilma-xil namunalaridan xikoya qilinadi.
Oʻzbekistonda mustaqillik yillariga kelib J. t. va sport davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. 1992-yilda (2000-yilda esa yangi tahrirda) "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi qonunning qabul qilinishi, 1993-yilda Sogʻlom avlod davlat dasturining ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va nihoyat 1999-yilda "Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori J. t.ning huquqiy asoslarini yaratdi.
J. t.ning keng tarmoqli tizimi: oilaviy-maktabgacha davr (chaqaloqlikdan boshlab bogʻcha yoshidagi), maktab yoshi, oʻrta maxsus va oliy taʼlim davri hamda katta yoshdagi (erkak va ayol)lar J. t.sini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda umumtaʼlim maktablaridagi J. t. pedagogik jarayon hisoblanib, J. t. darslari, sport seksiyalaridagi mashgʻulotlar orqali amalga oshiriladi. "Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun jismoniy tarbiyadan davlat taʼlimi standarta" boʻyicha 1 — 9-sinflarda haftasiga 2 soatdan J. t. darslari joriy etilgan. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida J. t.ni yanada ommalashtirish va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida 1999-yilda maxsus test sinovlari ishlab chiqildi. Mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirganlar uchun 3 darajali "Alpomish" va "Barchinoy" nishonlari taʼsis etildi. 1.588.298 nafar oʻquvchi mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirdi (2002). Shuningdek, maktab oʻquvchilari uchun "Umid nihollari", litsey-kollej oʻquvchilari uchun "Barkamol avlod", oliy oʻquv yurti talabalari uchun "Universiada" ommaviy musobaqalarini har 2 y.da oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Xalq oʻyinlari va ommaviy sport turlari boʻyicha qar 2 y.da "Alpomish oʻyinlari" festivali hamda "Toʻmaris oʻyinlari" oʻtkazib kelinadi.
J. t.ning ilmiy-amaliy asoslari va shu soha mutaxassislari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, oliy oʻquv yurtlarining f-tlari hamda boʻlimlarida tayyorlanadi. Respublikada 6 ta olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti, 8 ta oliy sport mahorati maktabi va 369 ta bolalar-oʻsmirlar maktabida ham oʻquvchilarga J. t.dan saboq beriladi. "Yoshlik" koʻngilli sport tashkiloti, "Vatanparvar" mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti, "Dinamo" sport klubi kabi sport jamiyatlari aholining turli qatlamlarini J. t. mashgʻulotlariga jalb etishga xizmat qiladi..
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida: davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur. Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib, I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1 . Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan. bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. II-bob:- MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni: -MTM ta’lim jarayonining maqsadlari -MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari -Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish -Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati -Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Davlat dasturida MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillariaks ettirilgan bo‘lib: -O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish; ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. VI- O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bunda:- MTMlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari MTM pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi2 (3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi. 6- Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktabgacha ta’limmuassasasidaquyidagi mazmunda: -ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi, -madaniy-tarixiy qadriyatlar: -milliy va mintaqaviy an’analar; -tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi yoritiladi; 7-bob. Ilovalarni o‘z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo‘llashning mazmun va moxiyati yoritib beriladi. Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar.
Download 34,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish