«Сопряжение» - Tutasma bandi tanlansa ekranda «Радиус сопряжения
прямоугольников» - To’g’ri to’rtburchak tutashma radiusi degan axborot
chiqadi (3.7-shakl).
3.7-shakl
Klaviaturadan tutashma radiusi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi orqali
tasdiqlanadi. Har safar to’g’ri to’rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar
saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to’g’ri
to’rtburchak chizilaveradi.
«Высота» - Balandlik bandi tanlansa to’g’ri to’rtburchakka hajm berish
maqsadida uning eni va bo’yidan tashqari balandligini berish nazarda tutiladi va
ushbu parametrning faoliyati ham uch o’lchamli chizma yaratishda, izometriada
yaqqol ko’rinadi, aks holda ikki o’lchamli plan holidagi chizmalarda ushbu parametr
ko’rinmaydi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi orqali
tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |