5. Tomonlarning javobgarligi
1. Ijrochi mazkur shartnoma boʻyicha zimmasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi
uchun buyurtmachiga xar bir kechiktirilgan kun uchun 0,5 foiz miqdorida, biroq shartnoma summasining 50 foizidan
oshmagan
miqdorda
penya
toʻlaydi.
2. Buyurtmachi mazkur shartnoma boʻyicha bajarilgan ish uchun toʻlovlarni shartnomada belgilangan tartib va
muddatda amalga oshirmagan taqdirda, ijrochiga qarzdorlik summasini va toʻlov kechiktirilgan xar bir kun uchun 0,4
foiz
miqdorida,
biroq
shartnoma
summasining
50
foizidan
oshmagan
miqdorda
penya
toʻlaydi.
3. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan taraflarning javobgarligi masalasi Oʻzbekiston Respublikasi xududida
amalda
boʻlgan
qonun
hujjatlariga
muvofiq
xal
qilinadi.
4. Neustoyka toʻlash taraflarning ular oldida turgan majburiyatlarni bajarishdan yoki shartlarning buzilishini bartaraf
etishdan ozod qilmaydi.
6. Nizolarni bartaraf qilish tartibi
1. Mazkur shartnomani bajarishda yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar taraflar oʻrtasida muzokaralar yoʻli
bilan
xal
qilinadi.
2. Taraflar nizoni muzokara yoʻli bilan bartaraf qilishmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda Jizzax iqtisodiy sudlari orqali hal etiladi.
7. Tovar (xizmat)larni qabul qilish topshirish tartibi)
1. Ishlar buyurtmachi yoki uning vakolatli vakili tomonidan ishlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
imzolangandan keyin bajarilgan deb hisoblanadi.
8. Shartnomani o‘zgartirish va tugatish tartibi
1. Taraflar tomonidan mazkur shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan
oʻzgartirilishi
va
bekor
qilinishi
mumkin.
2. Mazkur shartnomadagi ob'ektda ishlar xajmi, ish xolatlari, to'lov miqdori va shartnoma muddatidan kelib chiqqan
xolda taraflarning oʻzaro kelishuvi bilan oʻzgartirilishi yoki qo'shimcha qilinishi mumkin.
9. FORS-MAJOR
1. Xech bir taraf ikkinchi taraf oldida oʼziga bogʼliq boʼlmagan sabablarga koʼra va yengib boʼlmas kuch mavjud
boʼlgan taqdirda ushbu shartnomada koʼrsatilgan majburiyatlari boʼyicha javobgar emas. (Urush eʼlon qilinishi yoki
boshlanishi, fuqarolar tartibsizligi, epidemiya, yer qimirlashi, suv toshqinn, yongin va boshqa tabiiy ofatlar shular
jumlasidandir.)
2. Taraflar ushbu shartnomada koʼrsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik sabablari toʼgʼrisida albatta ikkinchi tarafni
ogoxlantirishi
shart.
3. Аgar bartaraf qilib boʼlmaydigan kuch uch oy uzluksiz davom etsa, taraflar bir-birini yozma ravishda ogohlantirib,
shartnomaning ijrosini bekor qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |