Mashg‘ulotlar turi
|
Umumiy soat
|
IV semestr
|
IV semestr
|
Ma’ruza
|
60 soat
|
30
|
30
|
Amaliy mashg‘ulot
|
60 soat
|
30
|
30
|
Mustaqil ta’lim
|
120 soat
|
60
|
60
|
JAMI:
|
240 soat/8 kredit
|
120 soat/4 kredit
|
120 soat/4kredit
|
Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
- berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
- seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
- laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rish;
- hisob-grafik ishlarini bajarish;
- kurs ishi loyihasini bajarish;
- malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
- amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;
- ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;
- berilgan mavzu bo‘yicha elektron variantlarni tayyorlash;
- uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
O‘qitilayotgan fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin.
Ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan, ilmiy adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib ushbu mavzuga tayorlanib keladilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat oladilar. Talabalarning tayyorlab kelgan mavzulari bo‘yicha fan o‘qituvchisi savol-javob tarzida og‘zaki, yozma va boshqa usullardan foydalangan holda talabalarning bilimini baholaydi.
Talabalar mustaqil ishini baholash.
Talaba mustaqil ish natijalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 sentabrdagi 820- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi.
Talabalarning mustaqil ishi har bir fakultet va kafedra oynasida yoritib boriladi. Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedrada 6 oy mobaynida saqlanadi.
Yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari institut Web sahifalarida e’lon qilinib boriladi.
Mustaqil ta’limni amalga oshirish buyicha fan o‘qituvchisining vazifalari
Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan reja asosida bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berish;
Asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv materiallarini hamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etish;
Mustaqil ishiga o‘zi rahbarlik qilayotgan talabalar bilan jadval asosida maslahatlar o‘tkazish;
Mustaqil ta’limning bajarilish jarayoni natijalari to‘g‘risida kafedra yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish;
Seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha amaliy yoki seminar mashg‘ulotlariga tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish
Talabaga shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda hisob-grafik ishlari beriladi. Bunda talaba shu mavzu bo‘yicha mustaqil ravishda mavzuni chuqur o‘rganadi, material yig‘adi, tahlil qiladi, kerak bo‘lganda internet ma’lumotlaridan foydalanadi va bu hisoblash, so‘ngra grafik ishlarini bajaradi. Bunda talaba imkoniyatidan kelib chiqib hisob-grafik ishlarini elektron varianti ham qilinishi mumkin. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat oladi.
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirishi uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar va h.k) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l- yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga topshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |