4. Loyihani ko‘chirish usullari.
Loyihani joyga ko‘chirish uchun kerakli ma’lumotlar (qurilish pasporti, bosh plan, qurilish bosh plani...) grafik, analitik va grafo-analitik usullarda olib boriladi.
Loyihani joyga ko‘chirishda asosan kerak bo‘ladigan qiymatlar - chiziq uzunligi, gorizontal burchak va nuqtalar balandligidir.
1) Grafik usul - bosh plandan binoning ayrim nuqtalarini o‘rni, chiziq uzunligi va yo‘nalishi sirkul, transportir va ko‘ndalang masshtab yordamida aniqlanadi. Lekin bu usul, uncha aniq emas.
2) Analitik usul - bunda ayrim tayanch nuqta, bino burchaklari, ko‘cha va kommunikatsiyalar kesishgan nuqta burilishlarining koordinatalari turli geodezik usulda aniqlanadi, bu qutbiy to‘g‘ri burchakli koordinata, kesishtirish va boshqalar. Bu usulda kerakli ma’lumotlar juda aniq bo‘ladi.
3) Grafik va analitik usul - yuqoridagi ikki usulni aralashmasidan iborat bo‘lib, ko‘proq sanoat qurilmalarida qo‘llaniladi.
5. Injener-geodezik izlanishlar.
Hozirgi ishlab chiqarish va fuqarolar qurilishlarida asosiy tashkiliy ishlardan biri geodezik ishlar bo‘lib, u qurilish ishlarini montaj qilishdagi texnologik protsess hisoblanadi, Bular proektlash, qurilish va foydalanishga topshirish davrida barobar xizmat qiladi.
Masalan, birinchi (proektlash) bosqichda injener-geodezik ishlar bajarilishi talab qilinadi. Uning vazifasi karta, plan, profil sifatida ma’lumotlar yig‘ish, loyihalanayotgan ob’ektlarga qurilish inshootlarini to‘g‘ri joylashtirish hamda qurilish maydonlarini joriy qilishdan iboratdir.
Izlanishlar ikki bosqichda bajariladi (taxminiy va haqiqiy) xomaki va butkul.
Loyihalash ishi olib borilayotganda ko‘pincha qurilish bo‘ladigan uchastkaning injenerlik loyihasi tuziladi, bunda plan va balandlik bo‘yicha inshootlarni joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan geodezik hisoblar bajariladi.
Ikkinchi bosqich - qurilish bosqichida loyiha joyga ko‘chirilib, inshootlar joyi aniq ko‘rsatiladi. Imorat qurilishi davomida qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida geodezik xizmatlar ko‘rsatiladi.
Qurilishi tugallangan ob’ektni foydalanishga topshirish davomida ishlar bajarilishi plani, foydalanish davomida esa imorat va inshootlarni deformatsiyasi tekshirilib turiladi.
1) Injener-geodezik izlanishlarga quyidagilar kiradi:
2) Bo‘lajak qurilish maydonini topografik sharoitini o‘rganish;
3) Ilgari o‘tkazilgan geodezik ma’lumotlar - triangulyasiya, poligonometriya, nivelirlash va plan olish shaxobchalari, topografik plan olish kabi ma’lumotlarni yig‘ish va muhokama qilish.
4) YAngi planli va balandlik shaxobchalar barpo qilish.
5) Planga olish asosini tuzish.
6) Topografik plan olish.
7) Trassalash ishlari.
8) Boshqa izlanishlar: injener geologik, gidrologik va boshqalar davomida bo‘laklarga bo‘lish va plan olish.
Qurilishning har bir ob’ektiga injener-geodezik izlanish programmasi tuziladi. Bunda joyni topografo-geodezik o‘rganish ma’lumotlaridan tashqari, qilinishi kerak bo‘lgan geodezik va topografik ishlar asoslanib boriladi.
Programmaga joyni ko‘rsatuvchi sxema va kartogrammalar, bajarilishi kerak bo‘lgan topografik ishlar hajmi ko‘rsatilgan ma’lumot biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |