1 - AMALIY MASHG‘ULOT.
QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA KORXONALARNI BOSHQARISH TIZIMINI AVTOMATLASHTIRISH PRINSIPLARINI O‘RGANISH.
Avtomat – (yunoncha - o‘zi harakatlanuvchi) berilgan dastur (topshiriq) asosida odamning bevosita ishtirokisiz ma’lum bir texnologik jarayonda energiya, material yoki axborotni qabul qilish, uzatish yoki o‘zgartirishga yo‘naltirilgan barcha operatsiyalarni bajaruvchi moslamadir. Boshqarish – boshqaruv ob’ektini berilgan dasturga mos ravishda faoliyat yuritishida uning barqarorligini ta’minlash va yaxshilash yoki uni boshqarish maqsadiga yo‘naltirilgan harakatlardir. Boshqaruv ob’ekti va avtomatik boshqaruvchi moslamaning yaxlitligiga avtomatik boshqarish sistemasi deyiladi. Avtomatik boshqarish sistemalari (avtomatik boshqarish sistemasi)da barcha boshqaruv va nazorat operatsiyalari odam ishtirokisiz amalga oshiriladi. Katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash, ko‘plab elementlarning o‘zaro hamkorligini, boshqaruvning murakkab funksiyalarini bajarishni talab qiladigan ishlab chiqarish ob’ektlari (jarayonlar, mashinalar)ni boshqarishda avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalaridan foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarida asosiy axborotlarni olish, dastlabki qayta ishlash kompyuter yoki EHM yordamida bajarilsada, yakunlovchi komanda (topshiriq)ni operator beradi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarida boshqaruv inson harakati va boshqaruvchi moslamaning birgalikdagi o‘zaro harakati jarayonida amalga oshadi. Avtomatik boshqarish sistemalari (avtomatik boshqarish sistemasiham taxminan shunday prinsp asosida ishlaydi, ya’ni avtomatik boshqarish sistemasilar boshqaruv ob’ektida tashqi muhit holatini nazorat qilish barobarida, topshiriqlar oladi va shu asosda ob’ektni mustaqil boshqaradi. Avtomatikada har qanday ob’ektning 3 ta asosiy parametri: kirish, chiqish parametrlari va tashqi muhitdan g‘alayonlanish ta’siri kuzatiladi.
Maxsus avtomatik qurilmalar yordamida bajariluvchi vazifalarga
ko‘ra, avtomatlashtirishni quyidagi asosiy ko‘rinishlarga ajratish
mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik himoya, avtomatik va
masofadan boshqarish, telemexanik boshqaruv.
Avtomatik nazorat texnologik jarayon haqida operativ
ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uning tarkibiga
avtomatik signallash, o‘lchash, saralash va axborot yig‘ish kiradi.
Avtomatik signallash nazorat qilinayotgan turli texnologik
jarayonlarning chegaraviy holatlarini xizmatchi xodimlarga ma’lum
qilishda qo‘llaniladi. Signallash vositalari yorug‘lik, tovushli yoki bir
vaqtda ikkala ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin (lampalar, sirenalar,
maxsus dinamik qurilmalar va boshqalar).
Avtomatik o‘lchash alohida texnologik jarayon yoki mashina va
agregatlarning ishini ko‘rsatuvchi fizik kattaliklar haqida o‘lchov
vositalari yordamida ma’lumotlar olishga xizmat qiladi.
Avtomatik saralash mahsulotning o‘lchami, og‘irligi, kattaligi,
cho‘ziluvchanligi va boshqa fizik ko‘rsatkichlariga qarab, avtomatik
ravishda ajratish va nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Avtomatik axborot yig‘ish texnologik jarayon haqida, ishlab
chiqilayotgan mahsulot haqida hamda uning miqdori, sifati haqida
xizmatchi xodimlarga axborot berish uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariya holatlarining oldini olish,
tekshirilayotgan jarayonni ishdan to‘xtatish avtomatik himoya
vositalari yordamida amalga oshiriladi (masalan, elektr uskunalarining
alohida qismlarini qisqa tutashuv holatlarida ishdan to‘xtatish).
Avtomatik himoya avtomatik boshqaruv va signallash bilan uzviy
bog‘langan, chunki bunda himoya vositalari boshqaruv organlariga
ta’sir ko‘rsatadi hamda bajarilgan vazifa haqida xizmatchi xodimlarni
xabardor qiladi.
Avtoblokirovka qurilmalari avtomatik himoya tarkibiga kiruvchi
elementlar bo‘lib, uskunalarni noto‘g‘ri ulanish va ishdan to‘xtash
hollarining hamda avariya holatlarining oldini olishda qo‘llaniladi.
Boshqaruv - boshqaruvchi kattalikning belgilangan algoritmiga
mos bo‘lgan qiymatini saqlashga yo‘naltirilgan ta’sirlar yig`indisi
hisoblanadi.
Algoritm - bu texnologik jarayonda bajariluvchi
operatsiyalarning ketma-ketligi va mazmunini belgilovchi, berilgan
qiymatni oxirgi qiymatga o‘tishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatma hisoblanadi.
Ish algoritmi ma’lum texnologik jarayon yoki uskunada
bajariluvchi vazifalarning ta’minlovchi ko‘rsatmalar yig‘indisi
hisoblanadi. Belgilangan ish algoritmini amalga oshirish uchun
tashqaridan maxsus ta’sirlar ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan, moddiy va
energetik balansga rioya qiluvchi mashina yoki agregat boshqariluvchi
obekt deb yuritiladi.
Bir - biridan ma’lum masofada joylashtirilgan texnologik
obektlarni boshqarish masofaviy avtomatik boshqaruv tizimining
texnik vositalarini o‘z ichiga oladi. Bu holda boshqaruv impulslari
dispetcherlik pultlari boshqaruv punktlarida o‘rnatilgan
avtomatlashtirish uskunalari orqali beriladi yoki qabul qilinadi.
Avtomatik boshqaruv - belgilangan obektdagi texnologik
vazifalarni belgilangan davomiyligining avtomatik ravishda
bajarilishini va boshqaruv obektiga bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan
muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz
boshqaradigan texnikaviy vositalarni joriy etish demakdir. Bu esa
ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan yangi bosqich
bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish
funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy
etish ishlar ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab
chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda
tannarxining kamayishiga olib keladi.
Texnik vositalarning boshqaruv obekti bilan birgalikdagi
majmui avtomatik boshqaruv tizimi (ABT) deb yuritiladi. Uning
ko‘rinishlaridan biri avtomatik rostlashhisoblanib, bu tushuncha ostida
texnologik jarayonning tegishli ko‘rsatkichlarini texnik vositalar
yordamida talab qilingan darajada saqlash va o‘zgartirishni amalga
oshiruvchi tizimlar tushuniladi.
Avtomatik rostlash maxsus qurilma - avtomatik rostlagich
yordamida amalga oshiriladi. Rostlagich rostlanuvchi kattalikni
belgilangan ish algoritmi asosida kerakli qiymatga o‘zgartirib berishga
xizmat qiladi. Boshqaruvchi obekt va rostlagichlardan tashkil topgan
avtomatik tizim avtomatik rostlash tizimi (ART) deb yuritiladi.
Shuning uchun «avtomatik boshqaruv» tushunchasi keltirilganda
«umumiy holda» «avtomatik rostlash» tushunilishi ham mumkin.
Signalizatsiya, muhofaza va nazorat qilish, sanoat protsesslarini
boshqarish hamda rostlashni bundan keyingi avtomatlashtirilishi
chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash, texnologik jarayonlarni
optimal tartibda olib borish, texnologik uskunalar ishini intensivlash
vazifalaridan kelib chiqadi
Avtomatik tizim - ishlov berish texnologik jarayonining bajarilish
tartibida o‘rnatilgan, o‘zaro avtomatik transport bilan birlashtirilgan va
avtomatik yuklash-bo‘shatish (zagotovkani o‘rnatish-tayyor detalni
olish) qurilmalari, shuningdek bir umumiy yoki bir nechta o‘zaro
bog‘langan boshqarish sistemalari bilan jihozlangan texnalogik
uskunalar majmuiga aytiladi
Mavzuni yoritish uchun tayanch iboralar: boshqarish; texnologiya; ob’ekt; axborotni qayta ishlash; boshkarish mezoni; texnologik jarayon; avtomatik boshqarish; tizimni sintezlash. 1.Boshqarish tushunchasi. Ma’lumki, xalq xo’jaligini barcha soxalaridagi texnologik jarayonlarini boshqarish moddiy ishlab chiqarishjarayonining unumli ishlashni ta’minlashga qaratilgan. Boshqarish texnologik jarayon davomida maqsadva samaradorlikni turli mezonlarini o’zida mujassamlashtirgan xolda boshqaruvchi tizimningdarajasiga qarab o’zgaradi. Umuman olganda boshqarish – kelayotgan axborotni qayta ishlash bilan olingan echimga asoslangan buyruq axborotini xosil qilishdemakdir.1-rasmda boshqarish axborot jarayoni ekanligini ko’rsatuvchi sxema keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |