Qurilish materiallari va konstruksiyalari



Download 2,16 Mb.
bet7/18
Sana14.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#363994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Avtomatlashtirish

Nazorat uchun savollar
1. Temir beton zavodida BSU ni avtomatlashtirish prinsplari?

2.To’lduruvchilar ombori tuzulishi?



4- AMALIY MASHG’ULOT

TEMIR BETON ZAVODLARNING QOLIPLASH JARAYONINI (AGREGAT-OQIM, STEND USULLARINI) AVTOMATLASHTIRISH

Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MICHM) - dastur


yordamida boshqaruvchi avtomatlashtirilgan qurilma va texnologik
jarayonni avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlangan, birgina
texnologik jihozdan tuzilgan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimidir.
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan liniya (MAL) -
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi vositasida birlashtirilgan bir
necha moslashuvchan ishlab chiqarish mudullardan tashkil topgan
ishlab chiqarish tizimi. Bunda moslashuvchan ishlab chiqarish
modulilar texnologik operatsiyalar ketma - ketlikda joylashtiriladi.
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastka (MAU) -
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi vositasida birlashtirilgan bir
necha moslashuvchan ishlab chiqarish modulidan tuzilgan ishlab
chiqarish tizimi. Ushbu tizim texnologik marshrut bo‘yicha ishlab
ularda texnologiyaning ketma - ketligini o‘zgartirish ko‘zda tutiladi.
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan tsex (MATS) belgilangan
nomenklaturadagi buyumlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan
moslashuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar va moslashuvchan
avtomatlashtirilgan uchastkalar majmui.
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan zavod (MAZ) asosiy
ishlab chiqarish rejasiga muvofiq tayyor buyumlar ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan moslashuvchan avtomatlashtirilgan sexlar majmui.
moslashuvchan avtomatlashtirilgan zavodda aloxida ishlovchi
avtomatlashtirilgan uchastka va sexlar ham bo‘lishi mumkin.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar umumiy struktura
sxemasi quyidagicha: Sonli dastur yordamida boshqariladigan oltita
stanokdan tashkil topgan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarga
ma’lum marshrut bo‘yicha yuradigan induksion tizimli uchta transport
roboti xizmat qiladi. Shtabeler avtomat ombor dan zagotovkani olib,
qabul stoliga uzatadi. Stolda zagotovka universal palet (moslama)
larga mahkamlanadi.
Transporter zagotovkalar o‘rnatilgan paletlarni polda joylashgan
uchta transport robotidan biriga qo‘yadi. Bu robot zagotovka
markazlariga ishlov beruvchi stanokning stoliga uzatadi. Ishlov
berilgandan so‘ng zagotovka qaytadan transport robotiga uzatiladi.
Transport robotlari zagotovkani keyingi operatsiyani bajarish uchun
sonli dastur bilan boshqariladigan ko‘p maqsadli stanoklarning burilma
yuklash stollariga uzatadi. Tayyor buyumni transport roboti nazorat
qilish uchastkasiga uzatadi.

Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex (MATS).

Moslashuvchan avtomatlashtirilgan tsex to‘rtta moslashuvchan
avtomatlashtirilgan uchastkalardan tashkil topgan. Ularda detallarga
mexanik va slesarlik ishlovlari beriladi. Moslashuvchan
avtomatlashtirilgan tsex qabul qiluvchi - uzatuvchi qurilma, avtomatik
qabul qiluvchi- uzatuvchi stol, IR-50 ishlov berish yacheykasi, kran -
shtabeler, avtomat - aravacha, stellajlararo uzatuvchi qurilma, slesarlik
dastgohi, qabul qiluvchi uzatuvchi qurilma, dispetcher pulti, smena
boshlig‘ining ish o‘rni, asboblar tayyorlab qo‘yiladigan bo‘lim, yuvish
bo‘limi, texnik - tekshiruv bo‘limi, texnik ta’minot bo‘limi,
avtomatlashtirilgan uchastka, moslashuvchan avtomatlashtirilgan
uchastka hamda stellajdan tashkil topgan.
Texnik ta’minot bo‘limida moslamalar va asboblar tayyorlanadi,
texnik tekshiruv bulimida maxsulotni nazorat qilinadi, detallar yubiladi
va germetikligi sinab ko‘riladi. Tashish operatsiyalari uchastkalarning
yuqori qismida joylashtirilgan uzatuvchi qurilmalar yordamida amalga
oshiriladi

Stend texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, mahsulotni qoliplash va ularni qotirish qo‘zg‘atilmagan xolatda maxsus o‘rnatilgan stendda bajariladi. Quyuvchi va boshqa texnologik asboblar, shuningdek uni ishchi qismlari bir qolipdan ikkinchi qolipga stendda suriladi.

Bu usul katta maydonni talab qilishi bilan birga, ishlab chiqarishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirishni murakkablashishi bilan katta mehnat talab qiladi.

Stend texnologiyasi katta hajmdagi katta o‘lchovli-ferma, ikki tomonlama nishabli balka va katta oraliqli konstruksiyalarni, uzunligi 12m dan ortiq bo‘lgan kolonnalarni tayyorlashda juda qulaydir. Stendlarda zo‘riqtiriladigan mahsulotlar tayyorlanadi. Ayniqsa bu usul, oldindan zo‘riqtiriladigan buyumlar uchun samaralidir, qaysiki potok- agregat yoki konveyer tizimida tayyorlanishi maqsadga muvofiq emas. Stend usuli asbob-uskunalarga murakkab bo‘lmagan oddiy o‘zgartirishlar kiritilishi bilan keng nomenklaturali mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi

Qoliplarning asosiy vazifasi– belgilangan shakl va o‘lchamdagi, to‘g‘ri qirrali va silliq ishchi yuz qismiga ega bo‘lgan mahsulot olishni ta’minlash. Qolip konstruksiyasi zaruriy bikirlikka ega bo‘lishi kerak. Qoliplar sodda hamda yig‘ilganda va ochilganda qulay bo‘lishi, ularning elementlari esa – bir-biriga zich yopishib turishi kerak. Qoliplarni o‘lchamlardan chetlanish UzRST tomonidan belgilanadi, bunda ular faqat minusli qilib belgilanadi, chunki ekspluatasiya jarayonida qoliplarning qisgichlari susayadi, yig‘ilgan qolipning zichligi buziladi va mahsulotlarning o‘lchami ancha ortadi. CHiziqli o‘lchamlardan (uzunlik, kenglik, chuqurlik) chetlanishdan tashqari umumiy va mahalliy egrilikka, yig‘ishda qolip elementlari yopishishining zichligi, qirralar o‘rtasidagi burchaklarga, shuningdek ishchi yuz qismiga nisbatan chetlanishlar belgilanadi. Qoliplarning quyidagi belgilariga qarab bir nechta turga ajratish mumkin.

I sh sharoitidan kelib chiqib qoliplar mahsulotlarni tayyorlash jarayonida ko‘chma (kran yoki vagonetkalar yordamida) va qoliplash stendlarida yig‘iladigan stasionar turlarga, shuningdek zo‘riqtirilgan qolip turi, bunda armatura tortishdagi zo‘riqishni qolip tayanchlari qabul qilinadigan (kuchlangan qoliplar) va zo‘riqtirilmagan turilariga ajratiladi. Qoliplar shuningdek individual - bir mahsulot, va guruhli – bir nechta mashulotlar uchun mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. Ayniqsa stend qoliplari ko‘p hollarda mahsulotlarga issiqlik bilan ishlov berish uchun ham qo‘llaniladi. Ayrim xollarda qolipni almashtiriladigan va ko‘chadigan detali uning tag qismi xisoblanadi, bortli elementlari esa qoliplash mashinasining ajralmas qismi hisoblanadi.

Mahsulotlarning qoliplash jarayoni – ularni yig‘ma temir-beton zavodlarda tayyorlashning eng muhim bosqichi bo‘lib, u asosan mahsulotlarni tayyorlash usulini belgilab beradi. Mahsulotlarning qoliplash jarayoni quyidagi operasiyalardan iborat: qolipni yig‘ish, qolip va bort uskunalarini tozalash va moylash, armatura karkasini qolipga joylashtirish va belgilash, oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda qoliptayanchlarga armaturani tortish, beton qorishmasini joylashtirish, taqsimlash va zichlash, shuningdek mahsulotning yuza qismiga ishlov berish va nihoyat, issiqlik ishlovidan keyin tayyor mahsulotni qolipdan chiqarish.

Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini qoliplash umumiy mehnat harajatlarining 40%ni tashkil etadi. Qoliplash siklining unumdorligi texnologik liniyaning unumdorligini belgilab beradi, qoliplashning qabul qilingan usuli esa ko‘pincha korhona ishining umumiy samaradorligini belgilaydi.

Qoliplashning texnologik vazifalari mahsulotlarni belgilangan o‘lcham va shaklga, betonning maksimal zichligi va tekis tuzilmasiga ega bo‘lishni ta’minlashi zarur. Bu vazifalar mahsulotlarni qoliplashda zichlashtirishning turli usullari yordamida hal etiladi. Qoliplash jarayoni quyidagi operasiyalarni o‘z ichiga oladi: qolip va qoliplash elementlarini o‘rnatish; beton qorishmasining joylash, taqsimlash, zichlash va ochiq ust qismini tekislash va tayyor mahsulotlarni qolipdan chiqarish. Beton qorishmalari, qolip va qoliplash uskunalariga bo‘lgan talablarga rioya etilganda qoliplash jarayonini sifatli bajarilishini ta’minlash mumkin.

Beton qorishmasining qoliplash sifatlari O‘zRST 10181-96 «Betonlar. Beton qorishmasining harakatchanligi va bikirligini aniqlash usullari» bilan tartibga solinadi. Beton qorishmasining harakatchanligi va bikirligi mahsulotning zichlanishi butun hajmida tekis va zichlanish koeffisienti kamida Kz  0,96 bilan ifodalanishi uchun qabul qilingan qoliplashtirish usuliga mos kelishi zarur. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, qorishmalardagi minimal suv miqdori sement harajatining kamayishini ta’minlaydi, qoliplarning oborotlashuvini oshiradi va issiqlik bilan ishlov berishning davomiyligini qisqartiradi.

Yig‘ma beton va temir-beton mahsulotlar ishlab chiqarilganda zavodlarda harakatchanligi va bikirligi bo‘yicha turli ko‘rsatkichlardagi qorishmalar qo‘llaniladi: suyuqdan (OK 16 sm) tortib to o‘ta bikir (J200 s) gacha. SHu sabab mahsulotlarni qoliplash va beton qorishmalarini zichlashtirishda qo‘llaniladigan vositalar va rejimlar turlicha. Beton qorishmasini zichlashtirishning mavjud usullari va vositalarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin. Mexanik ta’siri bo‘yicha ularni bir necha guruhga ajratish mumkin.

Beton qorishmalarini bo‘lakchalari qoliplash va zichlash jarayonida kuch maydoni ta’sirida bo‘ladi. Kuch maydoni esa o‘z navbtida bo‘lakchalarning og‘irligi va tashqi ta’sir kuchi (bosim, zarbalar, silkinish, chayqaluvchi harakatlar) yig‘indisidan iborat. SHu bilan birga bo‘lakchlar tizimdagi ichki kuchlar ta’sirida (yopishqoqlik, quruq ishkalanish, molekulyararo bog‘lanish, kapillyar bosim kuchlari va b.) bo‘lib, ular beton qorishmasining fizikaviy-mexanik xususiyatlarini, uning reologik xususiyatlarini belgilab beradi.

Bo‘lakchalarning og‘irlik kuchlari va tashqi kuch ta’siri o‘rtasidagi optimal nisbat – beton qorishmaning sifatli qoliplash va zichlanishining zaruriy sharti bo‘lib, u asosan reologik xususiyatlar, shuningdek mahsulot shakli va uning armatura bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.

Ma’lumki, qolipga oquvchan qorishmani joylashtirish va zichlashtirish uchun faqat og‘irlik kuchining o‘zi kifoya. Beton texnologiyasida keng tarqalgan qorishmani titratish usuli asosan ularning harakatlarida kam harakatlanuvchan va bikir qorishmalarning yoyilishi natijasida og‘irlik kuchini yuzaga keltirishga qaratilgan.

Beton qorishmasini zichlashtirish maqsadida mexanik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari titratish, presslash va sentrifuglashdan iborat.




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish