3-LABORATORIYA ISHI
Sharli tegirmonda kukunlanadigan jism massasini aniqlash
Laboratoriya ishining maqsadi: Sharli tegirmonda kukunlanadigan jism massasini aniqlashdan iboratdir. Aniqlash natijalari asosida sharli tegirmonning afzalliklari va kamchiliklari to’g’risida xulosa qilish.
Asbob–uskunalar: Sharli tegirmon va uning qismlari.
Ish tartibi: Qo’zg’almaydigan tegirmon barabanning hajmini to’ldirish kattaligi koeffistienti φ barabanning ishchi maydonidagi yuklash maydoni F jihatiga teng:
φ = F / πR2 = F / π (Rb – δ)2 , (1)
bu erda: F – futerlangan (o’tga bardoshli material) barabanning ichki radiusi, tegirmon barabani radiusi 0,94÷0,95 teng deb qabul qilinadi;
Rb – baraban diametri, m; δ – futerovka chuqurligi, m.
Barabanni kukunlanadigan jism bilan to’liq yuklash massasi m quyidagiga teng:
m = φ η γ π R2 L kg, (2)
bu erda: η – yuklashda yumshash koeffistienti; γ – kukunlanadigan jism zichligi, kg/m3;
L – kameralararo pardevor chuqurligi hisobga olingan holda baraban uzunligi, m.
Yuklashda yumshash koeffistienti η sharlar uchun 0,575, stilpebsa (sharlar ko’tarilishi) uchun 0,55 deb qabul qilinadi. Sharlar va stilpebsalar bilan yuklangan tegirmon uchun qayd etilgan yuklash koeffistienti 0,565 ga teng deb qabul qilish tavsiya etiladi. Kukunlanadigan jism zichligi γ = 7800 kg/m3.
φ=0,3 bo’lganda (2) formulaga, yuklashda yumshash koeffistienti η va
kukunlanadigan jism zichligi γ qiymatlarini qo’ysak, quyidagini olamiz:
m = ............... kg. (3)
Laboratoriya ishi natijasida
ko’rsatkichlar bo’yicha olingan qiymatlarni qayd etish
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Belgilanishi
|
O’lchov birligi
|
Natijalar
|
pasport bo’yicha
|
hisoblash
bo’yicha
|
1.
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
Xulosa:
|
|
|
|
4-LABORATORIYA ISHI
Tebranuvchi sim g’alvirning ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash.
Titratiladigan yassi va barabanli g‘alvirlarning ishlatilishi
Agar mavjud qum koni donadorlik tarkibiga ko‘ra yoki xavfli qo‘shimchalar miqdoriga ko‘ra standart talablariga to‘g‘ri kelmasa va sifatli qumni olib kelish katta sarf harajatlarni talab etsa, u holda qumni boyitish, iqtisodiy samara beradi.
Qumni boyitish bu 5 mm dan yirik donalarni olib tashlash, changsimon va gilsimon zarralarni yuvib tozalash va donadorlik tarkibini yaxshilashdan iborat. Qumdan shag‘alni ajratish titratiladigan yassi va barabanli g‘alvirlarda amalga oshiriladi. Qumdan changsimon, gilsimon va loyqa qo‘shimchalarni yo‘qotish uchun turli konstruksiyali qum yuvgichlar va klassifikatorlar ishlatiladi. Bunday ikkita mashinaning sxemasi rasm-3.6 va rasm-3.7 da keltirilgan.
Qumni suvda yuvish, bu uni suvli muhitda aralashtirish va tozalashdan iborat bo‘lib, bunda qum donasi sirtini qoplab turgan gilli qo‘shimchalar va parda suv bilan birikib changlar bilan birgalikda loyqaga aylanadi, toza suv qo‘yib oqiziladi. Qum yuvgichlar shu taxlidda ishlaydi.
Tabiiy qum-shag‘alli aralashmadan qumni navlarga ajratishda elaklardan foydalaniladi va shu elaklarning o‘zida qumlar yuviladi va ifloslangan suv chiqarilib yuboriladi. Biroq bunday yuvish ishlarining sifati maxsus qum yuvgichlar ishlatganga nisbatan pastroq.
Tuzilishiga ko‘ra barabanli elaklar silindrsimon, konussimon va ko‘p qirrali (prizmatik) bo‘ladi. Prizmatik elaklarni “buratalar” deb ataladi. Elaklar barabani markaziy valga mahkamlanadi yoki bandajlar yordamida rolikli tayanchlarga mahkamlanadi. Elak 1 – harakatga keltiruvchi valdan va 2- krestovinadan tashkil topgan. 3 – krestovinaga bir necha ishchi yuzasini bir necha qator qilib bitta nuqtaga mahkamlangan (panjara yoki tur). Ko‘rilayotgan elakda saralash sxema bo‘yicha yirigidan maydasiga bo‘layapti. Elakning ingichkalashgan qismiga boshlang‘ich mahsulot yuklanadi, kengaytirilganiga esa yuk tushiriladi. Baraban 4-7 gradus qiyalikda gorizontal tekislikga nisbatan o‘rnatiladi. Elak bir xilda ishlaydi, shuning uchun dinamik og‘irliklar ishtirok etmaydi.
Barabanli elaklarning kamchiligi: ishchi yuzalarni kamroq ishlatilishi (20%) va elashni foydaliligini pastligi.
Qum-shag‘alli aralashmalarni navlarga ajratishda katta ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi va sochiluvchan aralashmaning donalari yirikligi bo‘yicha ajratish jarayonini esa elash deyiladi.
Elash bevosita aralashmani katta ko‘zli g‘alvir bo‘yicha harakatlanishidan bajariladi. Ba'zan bu elaklar burchak ostida o‘rnatiladi, bunda aralashma tabiiy qiyalik burchagidan katta bo‘ladi. Bu holatda aralashma o‘z og‘irligi bo‘yicha harakatlanadi. Bunday g‘alvirlarni harakatlanmaydigan deyiladi. Ko‘pincha harakatlanuvchi g‘alvirlar ishlatiladi, unda navlarga ajratish jarayoni jadal ketadi.
Katta ko‘zli g‘alvirlarning elash yuzasi kolosnikli, shtampalangan quyma yoki chetanli bo‘lishi mumkin. Kelosnikli katta ko‘zli g‘alvirlar alohida kolosnik elementlaridan yig‘iladi, bu maxsus profilli sterjinlardan iborat bo‘lib, navlarga ajratilayotgan aralashma kolosniklar orsidagi yoriqdan tushadi. Shtampalangan quyma panjara listli po‘latdan aylana yoki yoriqsimon tirqishlardan iborat holatda tayyorlanadi.
Elash yuzasining asosiy parametri bu kesimga yoki tirqishlar yuzasining g‘alvirning yoki panjaraning yuzasi nisbatiga bog‘liq. G‘alvirlardagi va panjaradagi teshiklarnig o‘lchamlari shu holatda hisoblanadiki, bunda aralashmadagi zarur olinadigan donalar ulardan erkin o‘tishi kerak, bu esa panjaraning qiyaligi, qalinligi va donalarning panjarada harakatlanishi tezligiga bog‘liq.
Masalan, donalar yirikligi 40mm gacha bo‘lgan to‘ldiruvchilarni elash uchun kvadrat tirqishli o‘lchami 42 mm dan ibort gorizontal joylashgan katta simli g‘alvir ishlatiladi, qiyalik (20°) bo‘yicha joylashtirganda esa 45mm ko‘zli g‘alvir ishlatiladi. Katta ko‘zli g‘alvirning tirqishi qanchalik katta bo‘lsa, berilgan o‘lchamdan kichik donalarning barchasi undan o‘tish ehtimoli katta bo‘ladi va yirik fraksiya g‘alvir ichida qolmaydi. Biroq, bu holatda yirik donalar mayda fraksiyalar bilan ifloslanishi mumkin. Optimal variant tanlanadi, lekin aralashmani to‘liq ajratish mumkin emas.
Standartda bu holatlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan: qumda 5% yoki 10% shag‘al bo‘lishi, shag‘alda esa 10% gacha qum bo‘lishi ruxsat etilgan. Amaliyotda bu chegaralar hamma vaqt ham saqlanmaydi.
Shag‘alni navlarga ajratishda turli konstruksiyali qo‘zg‘aluvchan katta ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi. Yassi katta ko‘zli g‘alvirlar eng ko‘p qo‘llanilib, harakatlanish xarakteriga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi: chayqaluvchan va tebranuvchan. Chayqaluvchan g‘alvirlar shunisi bilan farqlanadiki, undagi panjara haraktlanuvchi krivoship mexanizmi bilan qattiq kinematik bog‘lanishi orqali harakatga keladi. Rasm-3.11,a da aylanma chayqaluvchi g‘alvir sxemasi keltirilgan. Bunday g‘alvirlarni giratsion deb ataladi.
Tebranuvchan, ba'zida inersion deb nomlanadigan g‘alvirlar ularda joylashgan tebratgich-debalansli val (rasm-3.11,b) harakatlanishidan tebranadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |