«Qurilish materiallari va konstruksiyalari» kafedrasi «korxonalarda qurilish konstruksiyalarini tayyorlashni loyihalash»



Download 4,14 Mb.
bet3/20
Sana12.05.2023
Hajmi4,14 Mb.
#938069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5. Kurs ishi uslubiy ko\'rsatma (2)

Kurs loyihasini tuzish
Hisob – tushuntirish xati

Hisob tushuntirish xati standart varag‘ning bir tomoniga rasmiylashtiriladi.


Tushuntirish xati mundarija bilan boshlanadi va foydalanilgan adabiyotlar, ma’lumotnoma materiallari bilan tugatiladi.

Ishchi chizmalarni rasmiylashtirish

Kurs loyihasining grafik qismi standart o‘lchovdagi chizma qog‘ozda bajariladi. Chizmalar ramka bilan rasmiylashtiriladi. Pastki o‘ng burchakda shtapm joylashtiriladi, unda: Oliy o‘quv yurti nomi, kafedra nomi, ish va berilgan chizma nomi ko‘rsatiladi.


Chizmalar qalamda, chiziqlar har xil yo‘g‘onlikda bajariladi:

  1. Ko‘ndalang kesim va bino planining qismi (masshtab 1:100 yoki 1:200) ko‘taruvchi elementlar markirovkasi bilan.

  2. Temir-beton elementlarining ishchi chizmalari:

a) qoliplovchi chizmalar (masshtab 1:10, 1:20);
b) temir-beton elementlarining armatura chizmalari (masshtab 1:10, 1:20);
v) ko‘ndalang kesimlar (masshtab 1:10); bo‘ylama (masshtab 1:20) armatura mahsulotlari joylashishi va geometrik o‘lchovlar ko‘rsatiladi.

Loyihalash, panellarni hisoblash
va konstruksiyalash
Qurilishda temir-beton sarfining 65 %ni temir-beton panellari tashkil qiladi. Panellarni qo‘llanilishiga qarab yassi yoki qovurg‘ali ko‘rinishda loyihalanadi (2-rasm). Yassi panellar oval yoki dumaloq g‘ovakli (2-rasm, a - g) yoki yaxlit bo‘lishi mumkin (2-rasm, d). Qovurg‘ali panellar qovurg‘asi pastga qaratilib yoki qovurg‘asi tepaga qaratib tayyorlanishi mumkin (2-rasm, e va j). Plitalarning kesimi, qoidaga ko‘ra, nisbatan katta bo‘lmagan qalinlikda (12-16 sm gacha) tayyorlanadi.



2-rasm. Orayopma panellar va ularni armaturalashning ko‘ndalang kesimi turlari
a va b – oval g‘ovakli; v va g – dumaloq g‘ovakli; d – yaxlit kesim;
e va j – qovurg‘ali; s – setkalar; k – karkaslar.
Orayopma panellarni tayyorlashda og‘ir betonli plitalarning minimal qalinligi bo‘shliqli panellarda 20-35 mm; qovurg‘ali panellarda siqilgan zonada 50-60 mm cho‘zilgan zonada 35-40 mm belgilanadi.
Bo‘ylama va ko‘ndalang qovurg‘ali panellari bo‘lgan qovurg‘ali panellarda plita ikki yo‘nalishda ishlashi mumkin. Bunday holatda plitaning minimal qalinligi 30 mm ga, qovurg‘aning minimal qalinligi 35-45 mm ga teng bo‘lishi mumkin.
Panellarning eni va uzunligi bino to‘rining joylashishi va zavod texnologiyasini hisobga olgan holda belgilanadi. Sanoat binolarida panellar eni 1200-1500 va 3000 mm, ba’zan 2000 mm ni tashkil qiladi. Yig‘ma elementlarni eni 1000, 750 va 500 mm ga ega. Plitalar oralig‘i 3, 6, 9 va 12 m. Uy – joy qurilishida panellar eni 800 dan 2400 mm, 200 m oraliqda; panellar uzunligi 40 sm oraliqdagi gradatsiya bilan 2,8 m dan 6,4 m ga teng. G‘ishtli yuk ko‘taruvchi tashqi devorga yig‘ma panel tayanganda yirik blok yoki engil beton panellarning konstruktiv uzunligi 100 – 140 mm ga kamroq qabul qilinadi.
Yig‘ma panelda ko‘ndalang kuch Q va egilish kuchi M ni hisobiy qiymati bir oraliqli erkin tayangan yoki qisman mahkamlangan egiluvchan elementlardagi kabi aniqlanadi. Yig‘ma panellarni ikki tomoni nim to‘sinlarga tayanganda hisobiy oraliq l0 ni tayanch o‘qlari orasidagi masofadan yuqori bog‘ich enining yarmini l0=lp-b/2 olib tashlanganiga teng deb qabul qilinadi. Panellarni bir tomonlama nim to‘singa, boshqa tomoni devorga tayanganda hisobiy oraliq yig‘ma panel uzunligidan har tomondan tayanch yarmini olib tashlanganiga teng deb qabul qilinadi:
l0=ln-b1/2-b2/2
Rigel tokchasiga panellar tayanganda hisobiy oraliq l0=ln-b-a ga teng. Rigellar kolonna konsoliga (kolonnadan chiqib turgan qismi) tayanganda l0=ln-hc-a teng deb qabul qilinadi. M va Q ning hisobiy qiymati elementni haqiqiy yuklash sharti asosida teng taqsimlangan yoki yig‘ilgan kuchlarga mos ravishda qabul qilinadi. 1 m uzunlikdagi yig‘ma panelga yukni panellarning o‘qi oraliq masofaga teng bo‘lgan eni-Vp e’tiborga olib hisoblanadi.

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish