Germetik qistirmalar ichi to'la va ichi bo'sh turlarga bo'linadi. Ichi bo'sh qistirma germetiklar choklarga quyilgan, ularda vakuum hosil qilish mumkin. Bir tomonini kesish natijasida qistirma orasiga havo kiradi va germetik bo'shliq devorlariga kuch bilan yopishib zichlashadi.
Profillangan germetiklovchi polivinilxloriddan ekstruziya usulida tayyorlanadi. Ular turli ranglarda va turli ko'ndalang kesimli bo'ladi.
Polivinilxlorid germetiklar choklarni yaxshi berkitadi, ob-havo ta'siriga, deformatsiyalanishga bardoshli bo'ladi. Ular bezak ishlarini olib borishda ham ishlatilishi mumkin. Choklarga gennetiklarni kiritishdan avval choklar yaxshilab tozalanishi, panel va bloklar burchaklaridagi beton va qorishma qoldiqlari olib tashlanishi kerak.
11.5.7. Qurilish materiallarini polimer bilan modifikatsiyalash
Beton, yog'och, tabiiy toshlar, gips va ohak bog'lovchilar asosidagi material va shu kabilar polimerlar bilan modifikatsiyalash usulida xossalarini yaxshi lash mumkin. Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish materiallarining mustahkamligi, deformativ xossalari, kimyoviy agressiv muhitlarga chidamliligi yuqori boiadi. Modifikatsiyalangan materiallarning yedirilishga, zarbga va dinamik kuchlanishlarga qarshilik qilish xususiyati ortadi.
Modifikatsiyalangan qurilish materiallari kompozitsion bo'lib, material karkas yoki birlamchi faza vazifasini, polimer esa modifikatsiyalovchi matritsa vazifasini o'taydi.
Betonlarni modifikatsiyalash. Sementli betonlar polimersementli beton, betonopolimer va polimer qoplamali beton ko'rinishlarida modifikatsiyalanadi.
Polimersementli beton sement massasiga nisbatan 17-20% polimer qo'shilib tayyorlanadi. Bunda polimer qotib mustahkam karkas hosil qilishi natijasida betonning xossalari yaxshilanadi. Mineral bog'lovchi sifatida portlandsementdan tashqari pussolanli, shlakli sementlar, silikatli va gipsli bog'lovchilar ishlatiladi. Polimer bog'lovchi sifatida PVA - polivinilasetat, SGS-65 GP latekslari, suvda eriydigan epoksid, atseton-formaldegid smolalari va shu kabi ishlatiladi. Polimerlar, odatda, beton qorishma tayyorlanayotganda qo'shiladi. Betonga PVA emulsiyasini kiritib betonning cho'zilishdagi va egilishdagi mustahkamligi oshiriladi. PVA emulsiyasi qo'shilgan betonlar quruq joylarda (havoning nisbiy namligi 40-50% gacha) ishlatishga mo'ljallangan. Ularning havoda kirishishi oddiy betonga nisbatan yuqori bo'ladi. Buning sababi PVA emulsiyasi tarkibidan suvning bug'lanishi va polimerning plyonka holatiga o'tishidir.
Epoksid, atseton-formaldegid kabi qotiruvchilar ishtirokida qotadigan polimerlar kiritilgan betonlarning mustahkamligi, suvga, agressiv muhitlarga bardoshliligi va suv o'tkazmasligi yuqori bo'ladi.
Polimersement betonlarning sovuqqa chidamliligi F150-F300 markalarda, yedirilishga bardoshliligi esa sementli betonlarga nisbatan 15-20 marta yuqori bo'ladi.
Ular sanoat binolari, omborxona pollari, aerodrom va yo'l qoplamalari qurilishida, antikorrozion qoplamalar olishda, temirbeton konstruksiyalar choklarini berkitishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |