9.3.2. Gipsli qoplama listlar
Gips bog'lovchisi asosidagi quruq suvoq ikki tomoni kartondan iborat o'rtasiga yupqa gips quyilgan list bo`lib, yaxlit holda yuqori mustahkamlikka ega boladi. Gipskarton listda (GKL) egilishdagi yuqori mustahkamlikni ikki tomondagi karton ta'minlaydi. O'rta qismiga quyiladigan gips qorishmasi qo'shimchasiz va mineral yoki organik moddalar qo'shilgan bo'ladi. Gips tarkibiga tolasimon organik qo'shimchalar kiritilishi egilishdagi mustahkamligini yanada oshirishi mumkin.
Gipskarton listlar uzunligr 250, 270, 290 va 330 sm, eni 120 va 130 sm, qalinligi 10-12 mm o'lchamlarda ishlab chiqariladi. Ular yuqori zichlikka, issiqlik va tovush izolatsiyasi xususiyatiga ega bo'ladi,oson kesiladi, arralanadi, mix qoqiladi. Oddiy gipskarton listlar havo namligi 60% gacha bo'lgan xonalar devoriarini, shiplarni qoplashda ishlatiladi. Namga chidamli maxsus karton asosida tayyorlangan listlar namligi yuqori bo'lgan xonalar va sanitariya-texnika xonalari devorlarini qoplashda ishlatiladi. Gipskarton listlar turli maqsadlar uchun o'ng yuzasi gulqog'ozlar, polivinilxlorid pardalar bilan yog'och yoki marmar teksturasida bezatilgan holda ishlab chiqariladi.
Gipskarton listlarni ishlatish qurilish obyektlarida bezak ishlarni tezlatadi va bunday ishlarni barcha mavsumlarda olib borish imkonini yaratadi. Listlar olovbardosh bo'lgani uchun yonadigan buyum va konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi.
Gipskarton listlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkabligi va karton tannarxi yuqori bo'lgani sababli gipsli listlarni organik tolasimon qo'shimchalar qo'shib tayyorlash maqsadlidir. Organik tolasimon materiallar sifatida maydalangan yog'och, qog'oz makulaturasi, kanop va boshqa o'simlik tolalari massa bo'yicha 10% gacha qo'shiladi. Bu xildagi listlarni tayyorlash texnologiyasi nisbatan soddaroq va tannarxi arzon bo'ladi.
Gipskarton va kartonsiz listlar yog'och karkasli asosga mixlanadi, boshqa asoslarga gips-yelim, ko'pik gips va turli sintetik mastikalar yordamida mahkamlanadi. Listlarning qirratomonlaridan uqsonlarbo'lmasligikerak. Ularning choklari marli yelimlanib shpaklovkalanishi yoki yog'och, plastmassa burchakli reykalar bilan berkitiladi.
Keyingi yillarda bino va inshootlarni qayta qurish hamda ta'mirlashda gipskarton listlarni ishlatish kengaymoqda. Zarurat bo'lganda, mavsum talab etadigan ho'l suvoq qorishmalari o'rniga GKL larni ishlatish ta'mirlash texnologiyasi va tezligini butkul o'zgartirdi. Germaniyaning «Knauf» firmasi GKL qurilish tizimida keng tarqalgan. Ular ishlatishga qulay va ekologik toza, ta'mirlash tadbirlarida mavsum tanlamaydi va oson montaj qilinadi. Knauf GKL umumiy sxematik ko'rinishi 9.8-rasmda va turlari 9.1- va 9.2-jadvalda berildi.
Gipskarton listlari bo'ylama qirralarining shakli:
to'g'ri qirrali (PK), choklarni to'ldirmasdan quruq holda
mahkamlash uchun;
yuza tomoni yarim aylana (PLK), armaturalovchi tasmasiz
«Uniflot» shpaklovkasi bilan berkitishni hisobga olgan holda;
yuza tomoni ingiclikalashtirilgan yarim aylana (PL-UK), 1
Eni Bo`ylama tomoni yuza qismi
Do'stlaringiz bilan baham: |