Qurilish materiallari


Polivinilxlorid (PVX) derazalar



Download 11,91 Mb.
bet207/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Polivinilxlorid (PVX) derazalar. Eski derazalarni yangi PVX derazalar bilan almashtirish xonalarda 30-50% issiqlikni ushlab qolish imkonini beradi. Ular yuqori issiqlik izolatsiyasi, klimat o'zgarishiga chidamli bo`lib, deformatsiyalanmaydi.
PVX derazalari tayyorlashda tarkibida stabilizatorlar, modifikatorlar, pigmentlar va qo'shimchalar kiritiladi. Bu komponentlar yoruglikka bardoshlilik, atmosfera muhitiga chidamlilik, yuza sifati va payvandlash imkoniyatini beradi. Yog'och zaxiralari kam bo`lgan mamlakatlarda PVX derazalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Issiqlik qaytaruvchi polimer plyonkalar (IQPP). Amaliy jihatdan nurni yutmaydigan. shishaga nisbatan oyna yuzali polimer plyonkalar ultrabinafsha nurlar diapozonida yoruglikni yutadi, issiqlik yo'qotilishi 40-50% kamaytirilib, xonada yoqimli mikroklimat hosil qiladi. Ko'cha harorati -20°C bo`lganda tipovoy ko'p kvartirali binoni teplovizor orqali kuzatilganda, deraza atroflaridagi harorat -8°-6°C ni tashkil etadi.
Energiyatejamkor plyonkalarning samaradorligi ularning emissiya darajasi, ya'ni yuzaning issiqlikni yutish va uni qaytarish imkoniyatidir. Bu plyonkalar shishapaket ichki oynasining ichki tomonidan qoplanadi. Xonadagi issiqlik oqimi ichki oynadan o'tib, plyonkaga uriladi va xona ichiga qaytadi, oyna qiziydi va xonani qo'shimcha isitish vositasiga aylanadi. Bundan tashqari, plyonka quyosh nurini yig'adi va xonaga yo'naltiradi. Ionplazma usulida bir necha qatlam purkalgan plyonka ultrabinafsha nurlarni to'liq ushlab qoladi, infraqizil nurlarni esa 50% intensivligini kamaytiradi.
Xonalarning issiqlik izolatsiyasi. Energetik talablar yuqori darajada qo'yilgan binolarda isitish tizimlari va issiq suv ta'minotida 70% samaradorlik polimer materiallar ishlatilishi bilan bogliqdir. Bularga issiqlikni qaytaradigan polietilen asosida tayyorlangan oynaga yelimlanadigan plyonkalar, PVX asosidagi derazalar va plintuslar, hishapaketlar uchun butilkauchukli izolatsiya, devorlaming izolatsiyasi uchun penopolistirollar, polipropilen asosidagi batareyalar, pol osti isitish tizimlari, eshik va romlar, truboprovodlarda ishlatiladigan poliuretanli IIM va shu kabilar kiradi. Butun dunyoda energiyasamarador binolar qurish rivojlanmoqda. Yevropada 2010-yilda 1m2 37 kW∙soat energiya samaradorlik ko'rsatkichi bo'lsa ushbu kattalik 2015-yilda 25 kW∙soat bo'lishi me'vor sifatida belgilandi.








Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish