7.3- rasm. Bir
va ikki tarmoqli temirbeton
ustunlar:
a - bir konsolli;
b - ikki konsolli.
Kranosti to'sinlari va konstruksion to'sinlar tayanishi uchun chetki qator ustunlari bitta konsolli, o'rta qatordagi ustunlar ikkita konsolli ishlab chiqariladi. Ustunlar avvaldan taranglangan armatura va armatura karkaslari bilan armaturalangan bo'ladi.
Kranosti temirbeton to'sinlari armaturasi avvaldan taranglangan M400-M500 betondan ishlab chiqariladi. To'sin tavr kesimli bolib, uzunligi ustunlar orasidagi masofalarga bog'liq bo'ladi.
Tombop to'sinlar bir va ikki nishabli, ko'ndalang kesimi to'g'ri burchak, tavr va qo'shtavr shaklida tayyorlanadi. To'sinlar ishlab chiqarishda M400-M500 og'ir va yengil beton ishlatiladi. Ular sterjenli yoki o'rilgan avvaldan taranglangan armaturalar bilan armaturalanadi. To'sinlar uzunligi 6, 9, 12 va 18 m (7.4-rasm).
Temirbeton fermalar tayanchlar orasidagi masofa 12, 18 va 24 m bo'lganda tomlarni ko'tarib turishga mo'ljallangan. M400-M600 markali og'ir va yengil betonlardan armaturasi avvaldan taranglangan holda ishlab chiqariladi. Fermalarning kesimlari trapetsiya, uchburchak yoki egri chiziqli segment shaklida bo'ladi (7.5-rasm).
Temirbeton arkalar bilan tayanchlar orasidagi masofa 100 m va undan ortiq bo'lgan sanoat binolari tomi yopiladi. Arkalar yaxlit yoki panjarasimon devorli yasaladi va ikkita yarim arkadan yig'iladi.
Sanoat binolari isitilmaydigan va isitiladigan turlarga bo'linadi. Isitilmaydigan binolarning devor panellari uzunligi 6-12 m va eni
7.4-rasm. Òemirbeton to‘sinlar: a – bir nishabli; b – ikki nishabli; d – segmentli.
7.5-rasm. Yopmalarning segmentli (a) va qiya kergisiz
(b) temirbeton fermalar.
1,2-1,5 m yassi hamda qobirg'ali plitalar ko'rinishida og'ir, yengil va yacheykali betonlar asosida tayyorlanadi. Isitiladigan sanoat binolari plita va panellari g'ovak to'ldirgichli betonlar, gaz va ko'pikbetonlar, yirik g'ovakli betonlar, ikki va uch qatlamli konstruksiyalar asosida tayyorlanadi. Plita va panel og'ir betondan, o'rtasiga yengil samarali issiqlik izolatsiyasi materiallari qo'yib, uch qatlamli holda tayyorlanadi. Ularni isitiladigan sanoat binolari qurilishida ishlatish maqsadga muvofiq. Issiqlik izolatsiyasi sifatida yarim bikr mineral paxta, ko'pikpolimer plitalar, arbolit va shu kabilar ishlatiladi.
Sanoat binolarida qavatlararo va tombop plitalar hamda panellar jamoat binolari qurilishida ishlatiladigan kabi konstruksiyalar ishlatiladi. O'rta qator ustunlar qo'yish imkoniyati boimagan sanoat bino va inshootlarda, sport komplekslari va shu kabilar bino tomlarini yopishda qobiq havoyi konstruksiyalardan foydalaniladi.
Qobiq konstruksiyalarda ikki yo'nalish bo'yicha qobiqlar va kuchaytirish maqsadida uzunasi bo'ylab maxsus qobirg'achalar muayyan masofalarda hosil qilinadi, uning massasini kamaytirish uchun yopma qismi armosementdan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |