Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet21/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Kristalli slaneslar mayda donali kvars, biotit va muskavit minerallaridan iborat; gilli, kremniyli, sludali va boshqa turlari mavjud bo'lib, tombop plitalar tayyorlanadi. Slanes 2–8 mm qalinlikda osongina qatlamlanadi. Uning zichligi 2,7–2,8 g/ sm3 g'ovakligi 0,3-3%, siqilishdagi mustahkamligi 50-240 MPa.
Kvarsitlar quintoshlaming qayta kristallanishidan hosil bo'lgan mayda donali tog' jinslari 95-99% (SiO,) dan iborat, siqilishdagi mustahkamligi 100-455 MPa, olovga bardoshliligi 1710-1770 °C.
Qurilishda kvarsitlar devor toshlari, bruschatka, yo'l va ko'prik qoplamalarida kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi.
Marmar – mayda, o'rtacha va yirik donador zich tog' jinsi bo'lib, ohaktosh va dolomitlarni yuqori bosim va harorat ta'sirida metamorfizmga uchrashidan hosil bo'lgan. Sof marmar oq rangda, minerallar aralashsa yashil, qizil, kulrang, qora va qoramtir bo'lishi mumkin. Aralashgan minerallarning bir tekis tarqalmaganligi mar­mar teksturasi turli gulli bo'lishiga sababchidir. Marmar zichligi 2,8 g/sm3, suv shimuvchanligi 0,7 % gacha, siqilishdagi mustah­- kamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3-4. Marmar oson qayta ishlanadi va jilolanadi. Mannar qurilishda ichki va tashqi devorlarni bezashda, zinapoya, deraza tokchalari, chiqindilari esa koshinkor beton buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayvorlashda ishlati- ladi. Marmar bino va inshootlarning tashqi bezagi uchun ishlatilganda vaqt mobaynida havodagi namlik va turli gazlar ta'sirida jilosini yo'qotib boradi. Marmar O'zbekistonning Nurota, Qurama, Chotqol tog' tizmalarida ko'plab uchraydi. Shulardan eng mashhuri Nurota mannar konlari tizimidir. Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli teatr, «Istiqlol» saroyi binolari mahalliy marmar toshlarbilan bezatilgan.


2.3.2. Tabiiy tosh materiallariga ishlov berish
Tabiiy tosh materiallari va buyumlari tog' jinslarini turli mexanika usullar bilan qayta ishlash natijasida olinadi. Bu usullarga maydalash, yorish, arralash kabilar kiradi. Xususiy hollarda esa tog' jinslari portlatish usulida qazib olinishi mumkin. Ishlov berish usullariga ko'ra tabiiy tosh materiallari quyidagi turlariga bo'linadi: qo'pol ishlov berilgan (xarsangtosh, chaqiqtosh. shag'al va qum); buyum va profilli qismlar; to'g'ri shakldagi tosh va bloklar; yuzasiga ishlov berilgan plitalar (devor va pollarni bezashda); yoi qurilishi buyumlari (bordyur toshlari, bruschatka) va h.k.
Tabiiy toshlarga zavodda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan liniyalarda ishlov beriladi. Tosh yuzasi pnevmatik asbob yordamida tirnalib (urib) yoki abraziv usulda silliqlanib ishlanishi mumkin; tosh yuzasi to'lqinsimon (qabariq-chuqur), riflangan, egatsimon, g'adir-budur (nuqtasimon) ko'rinishda qayta ishlanishi mumkin. Toshga abraziv ishlov berish qirqish, frezerlash, shliflash va polirovkalash (jilolash) jarayonlarini o'z ichiga oladi (2.3-rasm).
Marmar, ohaktosh kabi yumshoq toshlar ramkali arralash uskunalarida qirqiladi. Odatda, arra olmos, korbonmd yoki qattiq qotishmalar bilan qoplangan bo'ladi. Olmos keskichlar yordamida tosh juda yupqa (5–10 mm) qirqiladi, lm3 toshdan 40–45 m2 plita tayyorlash mumkin. G'ovak toshlardan donali devorbop tosh va bloklar tosh qirqish mashinasi yordamida qirqib olinadi.
Profilli buyumlar (karniz, zinapoya, deraza osti plitalari va shu kabilar) toshga ishlov berish zavodlarida frezerli va universal profil beruvchi mashinalar vositasida tayyorlanadi.
Tosh yuzasini jilolash shliflash stanoklarida abrazivlar (korborund, olmos kukunlari) yordamida, mo'yli disk bilan mastika va xrom, qalay, temir oksidlari kukuni sepilib amalga oshiriladi.








Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish