Geologik xaritalar va qirqimlar
Hamma geologik xaritalar ikkiga: tub jinslar va to‘rtlamchi qatlamlar xaritalariga,
to‘rtlamchi qatlam tagida yotadiganlar ya‘ni to‘rtlamchi qatlamgacha hosil bo‘lgan
qatlamlar xaritalariga bo‘linadi. Geologo-litologik xaritagagina - to‘rtlamchi davr
xaritasigagina ustida to‘xtalib o‘tamiz. Geologo - litologik xaritalar olib borilgan
geologik tekshirishlarning eng muhim xujjatlaridan biridir. Geologo - litologik xarita
oddiy topografik xarita bo‘lib, unda turli geologo – litologik jinslarning tarqalishi,
ularning Yulish sharoitlari va geologik rasmga tushirishda olingan boshqa ba‘zi
ma‘lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Geologo - litologik xarita geologik elementlarning
101
Yer yuzasida qanday tarqalgani tekislikda shartli belgilar (bYoq yoki shtrix litologiyasi)
bilan aks ettiriladi. Geologo - litologik xaritani o‘qiy bilish geologik ta‘limning muhim
elementidir. Har bir geologik xaritada qabul qilingani kabi geologo - litologik xaritada
ham barcha shartli belgilarning rYxati va ularning izohi o‘sha xaritada ko‘rsatiladi.
SHartli belgilar jadvali xaritaning biror bo‘sh burchagiga joylashtiriladi. Geologo-
litologik xaritalar har xil masshtabda tuziladi, ya‘ni qo‘yilgan maqsadni hal qilishga
asoslanib masshtab tanlanadi.
Agar geologik xaritalar Yer sirtida turli tog‘ jinslarining tarqalishini ko‘rsatar ekan,
qirqim Yer pustining ma‘lum chiziq bo‘yicha vYertikal geologik tuzilishi haqida
tasavvur beradi. Ular joylarning ma‘lum chuqurlikdagi geologik tuzilishini o‘rganishga
imkoniyat tug‘diradi.
Geologik qirqimlar chizish uchun eng avvalo uning topografik asosini tiklash kerak.
Rel‘yefning gorizontallar bilan ifodalangan xaritasi orqali topografik profilg‘ tuzamiz.
Qirqimda qatlamlarning nisbiy qalinligi va qiyaligini aniqroq ko‘rsatish maqsadida
vYertikal masshtab gorizontal masshtabdan 10 marta katta qilib olinadi.
Qirqimning topografik asosiga geologik mag‘lumotlarni tushiramiz. Buning
uchun qirqim chizigi bo‘yicha ko‘ringan qatlamning enini xaritadan o‘lchab, qirqimning
nolinchi chizig‘iga yoki uning ostidagi tor yo‘lga tushiramiz. Bundan tashqari, qirqimga
bor gidrogeologik, muhandislik -geologik mag‘lumotlarni, qazilgan burg‘ quduqlar va
ulardan olingan natijalar tushiriladi.Bunday qirqimlar muhandislik -geologik deb
ataladi.
Qirqimlar qurilish rayonlarini muhandislik - geologik baholashda, zamin jinslarini
tanlashda va grunt suvlarini rejimini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Muhandislik -
geologik xaritalar o‘rganilayotgan territoriya to‘g‘risida maxsus mag‘lumot olishga
imkon beradi. Muhandislik – geologik xarita tuzishda topografik, hamma turdagi
geologik xaritalardan, muhandislik – geologik qidirish ishlarining natijalari va
jinslarning xossalaridan foydalaniladi. Muhandislik - geologik xaritalar 3 turga: 1).
Muhandislik – geologik sharoitlar; 2) muhandislik - geologik rayonlashtirish; 3) maxsus
maqsadlarga mo‘ljallangan muhandislik geologik xaritalarga bo‘linadi. Muhandislik –
geologik sharoiti xaritasida hamma tur Yer usti qurilishlar to‘g‘risidagi axborotlar
bo‘ladi.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |