Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/118
Sana30.06.2021
Hajmi2,76 Mb.
#105337
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Bog'liq
qurilish fizikasi

 
Nazorat savоllari 
 
1.  Issiqlik texnikasi bo’limi nimalarni (qanday jarayonlarni) o’rganadi? 
2. Issiqlik texnikasi bo’limi  yordamida qanday masalalar yechiladi? 
3. Tashqi to’siq kоnstruktsiyalari qanday materiallardan tayyorlanadi? 
4. Issiqlik qanday usullarda uzatiladi? 
5. Issiqlik o’tkazuvchanlik оrqali issiqliq o’tkazish deb nimaga aytiladi? 
 
4-mavzu. Bino to’siq devorlarida statsionar issiqlik oqimi sharoitida issiqlikni 
Issiqlik uzatish usullari 
Isiqlik 
o’tkazuvchanlik  
оrqaliissiqlik 
texnikasi. 
 
Nurlanish оrqali 
Kоnvektsiya 
оrqali 


 
39 
uzatilishi. Issiqlik oqimi. Issiqlik uzatilishi qarshiligi va uni tashkil etuvchilari.  
Reja: 
1.Issiqlik oqimi. 
2. Issiqlik uzatish qarshiligi. 
 
Qurilish materiallari turli xil, fizik, mexanik va issiqlik fizik xususiyatlarga ega. 
Bu xususiyatlarni bilish, binolar tashqi to’siq konstruktsiyalarining  issiqlik fizik va 
namlik  holati  muxandislik  hisobini  bajarishda  katta  ahamiyatga  ega.  Issiqlik  fizik 
hisoblarni  aniq  bajarilishi  uchun  tashqi  to’siq  konstruktsiyalarini  tashkil  etgan 
qurilish materiallarining issiqlik fizik xususiyatlari to’g’ri qabul qilinishi zarur.  
Qurilish  materiallarining  issiqlik  fizik  xususiyatlari  noto’g’ri  qabul  qilingan 
bo’lsa issiqlik fizik hisoblarini qanchalik aniq formula orqali hisoblasak ham, natija 
haqiqatdan uzoq bo’ladi. Qurilish materiallarining issiqlik fizik xususiyatlari turli xil 
shart  –  sharoitga  va  muhit  ta’siriga  bog’liq  bo’lib,  shu  sababli  uni  qabul  qilish  bir 
qancha qiyinchiliklar tug’diradi. Bu esa birinchi navbatda issiqlik fizik  xususiyatlari 
kam o’rganilgan qurilish materiallariga tegishlidir.  
Ba’zi  –  bir  qurilish  materiallarining  issiqlik  fizik    xususiyatlari  umuman 
o’rganilmagan desa ham bo’ladi.  
Qurilish materiallarining g’ovakliligi va hajmiy og’irligi 
Qurilish materialllarining ko’pchiligi g’ovakli jismlardan iboratdir. 
G’ovakli deb, - jism tarkibidagi havo bo’shlig’i (% hisobida) hajmini jism hajmi 
nisbatiga aytiladi. 
Qurilish  materialining  xajmiy  og’irligi,  deb  1  m³  hajmga  ega  materialning  kg 
hisobidagi og’irligiga aytiladi. Hajmiy og’irlik birligi  kg/m³ bo’lib, bu ko’rsatkichni 
materialning solishtirma og’irligi bilan almashtirmaslik kerak.  
Materialning solishtirma og’irligi deb 1 m³ hajmga ega g’ovakligi yo’q bo’lgan 
jismni kg hisobida og’irligiga aytiladi. 
Materialning xajmiy og’irligi uning g’ovakligiga bog’liq. SHag’al materialining 
hajmiy og’irligi esa g’ovaklikdan tashqari uning zichligiga ham bog’liq bo’ladi. 
Masalan,  qum  va  loydan  tashkil  topgan  pishig’  g’ishtning  massa  og’irligi  – 
zichligi 2600 kg/m³ ga teng bo’lsa, bu g’ishtning xajmiy og’irligi 1900 kg/m³ ga teng 
bo’ladi. Pishig’ g’ishtning hajmiy og’irligi 600 kg/m³ dan 1900 kg/m³ gacha bo’ladi. 
Qurilish  materiallarining  issiqlik  o’tkazuvchanlik  koeffitsienti,  materialning 
hajmiy  og’irligiga  to’g’ri  proportsional.  Qurilish  materialining  hajmiy  og’irligi 
qanchalik  oshib  borsa,  uning  issiqlik  o’tkazuvchanlik  koeffitsienti  ham  shuncha 
oshadi.  Bundan  tashqari  materialning  hajmiy  og’irligi,  tashqi  to’siq 
konstruktsiyalarini  issiqlik  fizik  va  namlik  holatining  muxandislik  hisobidagi  bir 
qancha formula va tenglamalarda qo’llaniladi. 
Qurilish materialining hajmiy og’irligi 2800 kg/m³ (granit uchun) dan 90 kg/m³ 
(engil tolali material uchun) gacha bo’ladi. 
Ba’zi  sun’iy  yo’l  bilan  tayyorlangan  sintetik  materialning  hajmiy  og’irligi  20 
kg/m³  bo’ladi.  Bu  materiallarga  misol  tariqasida  mipora  va  penopolistirolni  olish 
mumkin.  
Noorganik materiallarning salishtirma og’irligi  2400-2800 kg/m³ gacha bo’lsa, 
organik materiallarning hajmiy og’irligi esa 1450-1560 kg/m³ gacha bo’ladi.  
Qurilish  materialining  solishtirma  va  xajmiy  og’irligi  ma’lum  bo’lsa,  uning 
g’ovaklikligi quyidagi formuladan aniqlanadi. 
                                    q - γ 


 
40 
                            P= ——— · 100                                                                   
                                               q 
bu yerda, R – g’ovaklik, % 
              q – solishtirma og’irlik, kg/m³ 
              γ – hajmiy og’irlik, kg/m³. 
Ma’lumki qurilish materiallari va konstruktsiyalari ishlatilish jarayonida ma’lum 
bir  namlik  va  hajmiy  og’irlikga  ega  bo’ladi.    Qurilish  me’yor  va  qoidalarida 
materialni  quriq  holatida  hajmiy  og’irligi  berilgan.  Konstruktsiya  yoki  undagi 
materialning  ishlatish  jarayonidagi  hajmiy  og’irligi  quyidagi  formula    yordamida 
anqlanadi.  
                                                             ω 
                                           γ
ω

k
·(1+——)                                                          
                                                   100    
 
bu yerda,  
γ

 - materialning quruq holatiga hajmiy og’irligi, kg/m³ ; 
ω – qurilish materialining ishlatilishi jarayonidagi nisbiy namligi,%. 
Ma’lum  solishtirma  og’irlikka  ega  materialning  xajmiy  og’irligi  qancha  kichik 
bo’lsa,  uning  g’ovakligi  shuncha  katta  bo’ladi.  Tarkibi    silikatli  qurilish  
materiallarning g’ovakligi  noldan 90 % gacha bo’lsa,  penopolistirol va miporaning 
g’ovakligi 98 % gacha bo’ladi.  
Qurilish materiallarining namligi 
Qurilish  materiallarining    jismida  ma’lum  miqdorda,  uni  tarkibi  bilan  ximik 
bog’lanmagan erkin namlik (suv) bo’ladi.  
Namlik  materialning  issiqlik  o’tkazuvchanlik  koeffitsientiga  va  issiqlik 
sig’imiga katta ta’sir etib, tashqi to’siq konstruktsiyalar namlik holatini hisobida ham 
katta ahamiyatga ega. 
Materialning namligi 2 xil bo’lib, birinchisi – nisbiy namlik, ikkinchisi – hajmiy 
namlik deyiladi.  
Nisbiy  namlik  deb,  material  jismidagi  namlik  og’irligining  shu  material  quriq 
holatidagi  og’irligi  nisbatiga  aytildi.  Nisbiy  namlik  %  da  o’lchanib,  quyidagi 
formuladan topiladi. 
                                                     P
1
 – P

                                            ω

= ——— · 100                                                 
                                                         P
2      
 
bu yerda  R

– materialning quritilmasdan ilgari og’irligi;  
               R
2
 – shu materialning quritilgandan keyingi og’irligi; 
               ω 
n
 – materialning nisbiy namligi, %. 
Hajmiy  namlik  deb,  material  jismidagi  namlik  xajmining  material  xajmi  nisbatiga 
aytiladi. Hajmiy namlik quyidagi formuladan topiladi. 
 
                                             V
1
 
                                    ω
x
= —— · 100                                                                   
                                             V
2      
 
ω

– hajmiy namlik, % 
       V

– material tarkibidagi namlikning hajmi; 
       V

– shu materialning hajmi.
  
 


 
41 
Hajmiy  og’irligi  katta  bo’lgan  qurilish  materiallarining  nisbiy  namligi,  hajmiy 
og’irligi  kichik  bo’lgan  materialning  nisbiy  namligidan  kichik  bo’ladi.  Amaliyotda 
nisbiy namlik xajmiy namlikga nisbatan ko’proq qo’llaniladi, chunki nisbiy namlikni 
aniqlash, hajmiy namlikga nisbatan soddaroqdir.  
Agar  materialning  xajmiy  og’irligi  bilan  nisbiy  namligi  ma’lum  bo’lsa,  uning 
hajmiy namligi quyidagi formuladan topiladi  
                                          ω

· γ

                                    ω
x
=———                                                                 
                                          1000    
bu yerda  γ

– materialning quriq holatidagi hajmiy og’irligi, kg/m³.  
Tashqi  to’siq  konstruktsiyalar  va  qurilish  materiallari  absolyut  quriq  holda 
uchramaydi, chunki sorbtsiya va kondensatsiya jarayonlari natijasida ularning jismida 
doimo  ma’lum  miqdorda  namlik  bo’ladi.Fuqaro  binolari  tashqi  to’siq 
konstruktsiyalari, qurilish  me’yorlari va qoidalarida  ko’rsatilganidek  zaruriy  normal 
muhitda ishlatilsa, ularning jismida zaruriy–normal namlik bo’ladi.                                                                                                                 
 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish