1-o‘ng tomon uzatgichi; 2-ko‘ndalang val(o‘q); 3-chap tomon uzatgichi; 4-kardan val; 5-vibroblok; 6-tayanch rama; 7-shovqindan himoyalovchi g‘ilof
Bizda SMJ-187A, SMJ-200B (rasm), SMJ-199A va SMJ-164 vibromaydonchalari keng qo‘llaniladi. Ular unifikatsiyalashtirilgan ikki valli vibrobloklardan iborat bo‘ladi. Ularda 47,5 Gs chayqalish chastotali va 0,4-0,6 mm amplitudada 3X6, 3X12 va 3x18Mo‘lchamdagi mahsulotlarni qoliplash mumkin.
Zarbali-vibratsion maydonchalar SMJ-460, VRA-8 rezonans rejimda ishlaydi. Ularning mutanosiblashtiruvchi ramasi chiziqli qayishqoq elementlar bilan bog‘liq va rezinali asoslarga biriktirilgan. Ramalar ular o‘rtasida joylashtirilgan buferlar bilan zarblashadi. Qoliplar elektromagnit usulda biriktirilgan. Ularda 3X6 va 1,5X6Mo‘lchamdagi mahsulotlarni 9-11 va 8-10 Gs chayqalish chastotasi va 6-10 mm aplitudada qoliplash mumkin.
rasm. SMJ-280 rusumli vibromoslama sxemasi
1-uzatgich; 2-vibroguruxli rama; 3-ramaning tayanchi; 4-qolipning tayanchi; 5-vibrogurux; 6-oraliqdagi (qo‘zg‘olmas) tayanch
Bo‘ylama-gorizontal chayqalishlarga ega SMJ-280 (rasm) vibromoslamasi ham rezonansli rejimda ishlaydi va gorizonat yo‘naltirilgan chayqalishlarni hosil qiluvchi ikki vibroguruhlarga ega. Pnevmatik traverslarga biriktirilgan qolip ikki qator qayishqoq prokladkalarga tayanadi. Bu moslamalarda 40-48 Gs chayqalishlar chastotasidagi va 0,4-0,6 mm amplitudada 3X12 m o‘lchamdagi mahsulotlar qoliplanadi.
Hajmli vibrozichlash qoliplash jarayonining asosiy texnologik parametrlari–vibrozichlashning amplitudasi, chastotasi va davomiyligidir. Amplituda va chastotani beton qorishmasining qoliplash xususiyatlari va titrash turiga qarab tanlanadi. Mahsulotlarni qoliplashning davomiyligi qorishmaning bikirligi, armaturalash konfiguratsiyasi va turi, majburiy chayqalishlardan kelib chiqib aniqlanadi.
2. Tashqi titratish. Bu usul asosan alohida statsionar qoliplarda devorlariga biriktirilgan vibratorlar yordamida beton qorishmasini zichlash uchun qo‘llaniladi. Ayrim hollarda zichlash vibrouyg‘otuvchilar bilan jihozlangan harakatlanuvchi qoliplarda ro‘y beradi. Vertikal vibroqoliplarda trubalar, ventilyasion bloklar, yashash joylari uchun sanitar-texnik kabinalar, binolarning hajmli elementlari, zinapoyalar, karniz bloklari, balkalar, ichki devorlar panellari, to‘siqlarni tayyorlash ratsional hisoblanadi. Bu usul o‘lchamlarning yuqori darajada aniqligi, mahsulotlarning qirralarining to‘ppa-to‘g‘riligi va yon tomonlarining silliqligi bilan farqlanadi.
Vertikal vibroqoliplar gorizontal qoliplarga nisbatan ancha murakkab konstruksiyaga ega, ularda bitta asosiy qoliplanuvchi tesiklik o‘rniga kamida ikkitasi mavjud bo‘ladi. Bu teksiliklar ikkala vertikal tekis va profilli devorlar yordamida hosil etiladi.
Murakkab profilli va quyuq armaturalangan vertikal qoliplarda mahsulotlarni qoliplashda hammakesimlari bo‘ylab bir xil zich tuzilmali betonni hosil qilish qiyin bo‘ladi. Bu hollarda qorishma qolipga osilib qo‘yiladigan vibratorlar yordamida zichlashtiriladi.
rasm. Kasseta moslamasining sxemasi
1 – ustun, 2 – bo‘linmalar, 3 – tortqilar (tyaga), 4 – giroprivod, 5 - tirgaklar
rasm. Kasseta qolipining bo‘luvchi listlariga vibrouyg‘otuvchilarni yon tomondan o‘rnatilish sxemasi
1 – vibrouyg‘otuvchi; 2 – bo‘luvchi list; 3 – bug‘ bo‘linmasi; 4 - maxsulot
Kassetali moslamalar qator vertikal otseklardan va yig‘ish-ajratish mexanizmlardan tashkil topadi (rasm). O‘zaro juft joylashgan otseklarda bir mahsulotni ikkinchisidan ajratib turuvchi ajratuvchi list o‘rnatilgan. Otseklarda mahsulotga issiqlik yo‘li bilan ishlov berganda bug‘larni uzatish uchun yo‘lakcha bo‘ladi. Moslamalarda 10-12 donagacha mahsulotlar qoliplanadi.
rasm. YAkka tartibdagi vibroqoliplar
1 – vibrator; 2 – kardan val(o‘q)i; 3 – qolipning borti; 4 – maxsulot; 5 – qolipning asosi (poddon); 6 – elektrodvigatel; 7 – balka; 8 – amortizator; 9 – dyurit muftasi; 10 – elektrodvigatel plitasi; 11 – kronshteyn
Vibrouyg‘otuvchilar ajratuvchi devorlarning bortlariga biriktiriladi, ammo ularni ajratuvchi listlarning yuqori qismiga biriktirish ancha samarali (1.59-rasm) va bu kam harakatlanadigan qorishmalarni ishlatish imkonini beradi. Turli profilli balkalar yakka qoliplarda tayyorlanadi (rasm), bunda tashqi vibratorlar ishlatiladi.
YAkka vibroqoliplarning turlaridan biri – blok-xonalar tayyorlanadigan moslamalar. Pastki plitali hajmli bloklar «stakan» turdagi moslamalarda, yuqori qismi esa – «qalpoq» turdagi moslamalarda qoliplanadi (rasm).
Ko‘chuvchan sirponuvchi vibroqoliplar (rasm) qoliplanadigan mahsulotlar bo‘ylab beto‘xtov (yoxud izchil) ko‘chib yuradigan vibrouyg‘otuvchi bilan jihozlangan qolip elementdan iborat; qoliplash jarayonida zudlik bilan qoliplarni echish amalga oshiriladi.
rasm. “Qalpoq” turidagi xajmiy-qoliplash moslamasi
Do'stlaringiz bilan baham: |