10-modul: Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalar Vibronasadka va sirpanuvchi qoliplash yordamida temir-beton konstruksiyalarini tayyorlash.
Reja:
Vibroqoliplash va uning turlari
1. Hajmli vibrozichlash. Bunday zichlashtirishda vibratsion impulslar qolip hajmida qoliplanuvchi mahsulotning hamma beton qorishmasiga etkaziladi. Hajmli vibrozichlashtirish turli harakat tamoyilidagi vibromaydonchalarda, vibroporshenli moslamalarda, shuningdek zarbali va zarbali-vibratsion maydonchalarda amalga oshiriladi. Vibromaydonchalar – yuk ko‘tarish qobiliyatli 4-40 t ko‘chib yuradigan keng nomenklaturadagi mahsulotlarni qoliplash uchun universal qoliplash moslamasi. Beton qorishmasining zichlanishi chayqalishlarni hosil qiluvchi turli vibratsion moslamalar yordamida yuzaga keltiriladi: garmonik aylanma, vertikal va gorizonat yo‘naltirilgan, maydonli (ko‘pkomponentli) va nogarmonik zarba-vibratsionli.
Vibromaydonchalar va zarbali-vibratsion maydonchalar konveyer va potok-agregatli liniyalarda qo‘llaniladi, vibromoslamalar va zarba maydonchalar – faqat potok-agregatli liniyalarda.
Vibromaydonchalar ramadan vibrouyg‘otuvchi bilan unga biriktirilgan qorishmali qolipga chayqaluvchi harakatlarni uzatadi. Rama bir xil tekis va seksion bo‘ladi. Ramalar qayishqoq (elastik) tayanchlarga va qoliplarni mustahkamlash moslamalariga ega bo‘ladi. 50 Gs chastotada zichlanadigan qorishma qatlamining balandligi 35-40 sm dan oshmasligi kerak. Murakkab shakldagi yoki qalin armaturalangan va ularning qalinligi 6-8 sm bo‘lgan konstruksiyalarni qoliplashda chastotani 66-75 Gs gacha oshirish maqsadga muvofiq.
40 sm gacha bo‘lgan qalinlikdagi mahsulotlarni kam harakatlanadigan va bikir qorishmalardan vibromaydonchalarda aylanali va elliptik chayqalishlar bilan qoliplash mumkin. Ammo tajriba shuni ko‘rsatadiki, zichlashtirish jarayonida beton qorishmasining qolipda siljishi, vibromaydonchani ust qismi bo‘yicha amplitudalarning notekis taqmilanishi va beton qorishmasida havoning so‘rilish xolati yuz beradi. Bundan tashqari, seriyaviy chiqariladigan 10-22S, 10-26SI aylanma chayqaluvchi vibromaydonchalarda qoliplarni mahkamlab bo‘lmaydi, bu esa shovqin darajasini normadan oshirib yuboradi.
Vibromoslamalar qolipga uning chekka qismini tebranishlarni uyg‘otish manbasiga bog‘lash bilan chayqalish harakatini uzatadi. Odatda bu moslamalar rezonansli hisoblanadi. Vibrouyg‘otuvchi o‘ziga xos aktiv massaga o‘rnatiladi. Qorishmali qolip va uni mustahkamlash elementlari passiv massani tashkil etadi. Ikkala massa ham chayqalishlarning rezonansli kuchini yaratuvchi qayishqoq bog‘lanishlar bilan biriktirilgan. Aktiv va passiv massalar tayanchlari fundament vibroizolyasiyasini ta’minlovchi yumshoq qayishqoq elementlar bo‘ladi. Vibrouyg‘otuvchilar qolipning bo‘ylama-gorizontalyoki elliptik yo‘naltirilgan chayqalishlarini hosil qiladi. Bo‘ylama-gorizontal chayqalishlarda armaturalanmagan mahsulotning kesim eni 20sm dan ortmasligi lozim.
Mamlakatimizning ko‘plab zavodlarida bikir beton qorishmalarining zichlash samaradorligini oshirish imkonini beruvchi vibromaydonchaning har xil turlari ekspluatatsiya qilinadi (rasm). Bunday maydonchalar ustki qo‘zg‘aladigan ramadan iborat bo‘lib, unga qolip mahkamlanadi va ostki qo‘zg‘almaydigan fundamentga biriktirilgan ramadan iborat va ustki rama bilan tutashish vaqtida zarba impulsini o‘tkazishni ta’minlaydi. YUqori ramaning ko‘tarilishi mushtli (kulachokli) mexanizmlar bilan ta’minlanadi. Zarbalar chastotasi va tushish balandligi mushtli vallarning aylanishining burchak tezligi va profili bilan aniqlanadi. Zarba maydonchalarida 1 m balandlikkacha bo‘lgan yuqori sifatli mahsulotni tayyorlash mumkin. Vibromaydonchalarda qoliplashda beton qorishmasi vertikal yoki gorizontal yo‘naltirilgan impulslarni qabul qiladi.
Zarba stolida qorishma faqat pastga yo‘naltirilgan kuch impulsini qabul qiladi, uning miqdori beton qorishmasining massasi va zarba ta’sirida olingan tezlanish bilan aniqlanadi. 5 mm balandlikdan tushishda tezlanish 50 ms2 ga teng. Zarba kuchi beton tashkil qiluvchilar o‘rtasidagi ishqalanishni bartaraf qiladi, bo‘lakchlari qo‘zg‘aladi va eng barqaror holatga ega bo‘ladi. Natijada sement qorishmasi zichlashtirilgan beton massasi va qolip oraligini to‘ldiradi.
Zarbali vibromaydonchalar eng ko‘p quvvat sarflashni talab etadi, eng yaxshi qoliplash sharoitlarida esa sementning tejamkorligi 20%ni tashkil etadi.
Zarbali-vibratsion usul 1 m balandikdagi va boshqa turdagi maydonchalarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega mahsulotlarni qoliplash imkonini beradi. Bu usulda vertikal yo‘naltirilgan zarbalar va vibratsiyaning birgalikdagi ta’siridan foydalaniladi.
Zarbali-vibratsion maydonchalar (rasm) ikki chayqaluvchi ramalarga ega; biri ishchi (qolip bilan), ikkinchisi – muvazanatlashtiruvchi, qayishqoq tayanchlar orqali fundamentga suyanadi. Ramalar o‘rtasida ramalarni qarshi harakatida bir-biriga tegadigan qayishqoq elementlar va buferlar joylashadi. Bu maydonchalarda chayqalishlarning assimetrik rejimlari qo‘llaniladi. Vibratsion usulda shovqin darajasi me’yoridan oshib ketmaydi.
Mahsulotning ustki qismining sifatini oshirish, shuningdek balandlik bo‘yicha zichlanishning yaxlitligini yaxshilash uchun yuklar qo‘llaniladi (rasm). Insersion yuk (rasm)faqat o‘z massasi bilan beton qorishmasiga bosim etib, u barcha turdagi jihozlar uchun tavsiya etiladi; vibratsion yuk (rasm) titratmaydigan bo‘shlik yaratuvchilarda qo‘llaniladi.
rasm. Zarba-vibratsion (rezonans) maydoncha sxemasi
1-ishchi maydoncha (rama); 2-muqobillashtiruvchi rama; 3-qayishqoq tayanchlar; 4-krivoship-shatun uzatgichlar; 5-qayishqoq shatun; 6-buferlar; 7-qayishqoq elementlar
rasm. Zarbali (kulachokli) maydoncha sxemasi
1-qolip; 2 va 3-ramaning mos xoldagi enlama va bo‘ylama balkalari; 4-yo‘naltiruvchilar; 5-ramaning roliklari; 6 va 7-zarbali balkalar; 8-kulachoklar; 9-ko‘ndalang o‘qlar; 10-pona kamarsimon uzatgich; 11-elektrodvigatel; 12-bo‘ylama o‘q
rasm. YUklamalarning turlari
a-inersion; b-alohida vibro-qo‘zg‘otuvchili inersion; v-noinersion; g- alohida vibroqo‘zg‘otuvchili noinersion; d-pnevmatik yostiqli noinersion; e-gidro- va pnevmotsilindrli noinersion
Inersiyasiz yuk asosiy bosim qo‘shimcha vibroizolyasion massa (rasm) yoxud avtonom vibro uyg‘otuvchi (rasm), yoxud kuch (pnevmatik) yostiqlari (rasm), yoxud gidro – yoki pnevmotsilindlar (rasm) yordami bilan ta’minlanib, elliptik chayqalishlardagi vibromaydonchalar bilan birga qalinligi 30-60 sm bo‘lgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. YUklarning barcha turlari qorishmani dastlabki zichlashdan 15-30 s dan keyin harakatga keltiriladi.
rasm. SMJ-200B rusumli vibromaydonchaning sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |