6. Trubasimon konstruksiyalar ko‘rinishidagi mahsulotlarni markazdan qochirish yo‘li bilan qoliplash usuli harakatchan beton qorishmani sentrifugalarda qoliplashda amalga oshiriladi. Sentrifugalash jarayonida beton qorishmasini taqsimlash va zichlantirish sentrifuga barabanini tez aylantirganda yuzaga keluvchi markazdan qochirma kuch ta’sirida kechadi. 1200-2000 mm diametrdagi trubasimon konstruksiyalarni qoliplash uchun bikir beton qorishmalarini ishlatishda markazdan qochirma prokat qo‘llaniladi, bu usulda beton qorishmasi ham markazdan qochirma kuchlar, ham val bosimi hisobiga zichlanadi.
7. Torkretlash uslubi bilan mahsulotlarni tayyorlash. Bu usulda armatura to‘riga, qolipga yoki maxsus matritsaga yupqa sement-qum qorishmasi yoki mayda zarrali beton qatlamlarini surish rotor moslamasini qo‘llagan holda pnevmatik yoki mexanik yo‘l bilan amalga oshiriladi. YUpqa devorli konstruksiyalarni tayyorlash va konstruksiya yuziga gidroizolyasion qatlamlarni surish uchun pnevmobetonlashtirish qo‘llaniladi.
4.6. Beton qorishmalarini qoliplash va zichlashtirishning fizikaviy-mexanik asoslari
Beton qorishmasi bo‘sh beqaror tuzilmali, yuqori darajada g‘ovakligi va ko‘p hajmdagi havo borligi kabi xususiyalarga ega. Birdek mustahkam va zich tarkibli betonni ishlab chiqishning zaruriy sharti – mahsulotlarni qoliplashtirish bosqichida beton qorishmasini zichlashtirish.
Beton qorishmalarini bo‘lakchalari qoliplash va zichlash jarayonida kuch maydoni ta’sirida bo‘ladi. Kuch maydoni esa o‘z navbtida bo‘lakchalarning og‘irligi va tashqi ta’sir kuchi (bosim, zarbalar, silkinish, chayqaluvchi harakatlar) yig‘indisidan iborat. SHu bilan birga bo‘lakchlar tizimdagi ichki kuchlar ta’sirida (yopishqoqlik, quruq ishkalanish, molekulyararo bog‘lanish, kapillyar bosim kuchlari va b.) bo‘lib, ular beton qorishmasining fizikaviy-mexanik xususiyatlarini, uning reologik xususiyatlarini belgilab beradi.
Bo‘lakchalarning og‘irlik kuchlari va tashqi kuch ta’siri o‘rtasidagi optimal nisbat – beton qorishmaning sifatli qoliplash va zichlanishining zaruriy sharti bo‘lib, u asosan reologik xususiyatlar, shuningdek mahsulot shakli va uning armatura bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.
Ma’lumki, qolipga oquvchan qorishmani joylashtirish va zichlashtirish uchun faqat og‘irlik kuchining o‘zi kifoya. Beton texnologiyasida keng tarqalgan qorishmani titratish usuli asosan ularning harakatlarida kam harakatlanuvchan va bikir qorishmalarning yoyilishi natijasida og‘irlik kuchini yuzaga keltirishga qaratilgan.
Beton qorishmasini zichlashtirish maqsadida mexanik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari titratish, presslash va sentrifuglashdan iborat.
1.Vibrozichlashtirish. Vibroqoliplash beton qorishmasining dastlab shakllangan tuzilmasini buzish va plastik-yopishqoqlik oqimi holatiga keltirishdan iborat bo‘lib, bunda qorishma og‘irlik kuchi ta’siriga bo‘ysunadi, erkin oqadi, qolipni yaxshi to‘ldiradi, zichlanadi va ancha zich barqaror tuzilmaga ega bo‘ladi. Bunda to‘ldiruvchi donalari ancha kompakt joylashadi, natijada donalar o‘rtasidagi bo‘shliq sement hamari bilan va qorishma bilan to‘ldirilib va bir vaqtning o‘zida havoni siqib chiqaradi.
Viprozichlashtirishning samaradorligi zichlashtirish koeffitsienti yoki betonning mustahkamligi bilan ifodalanadi, chunki mustahkamlik-beton zichligining boshqa teng sharoitdagi funksiyasi. Beton qorishmasini mahsulotning butun hajmi bo‘ylab zichlanishining tengligi ham sifat mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Vibroishlov berish rejimining asosiy parametrlari: chayqalishlar amplitudasi A, chayqalishlar chastotasi , titrash vaqti t. Har bir beton qorishmasi uchun bu ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos optimal qiymatlari mavjud.
Ma’lumki, donaning har bir yirikligiga mos o‘zining chayqalish chastotasi mavjud, shuning uchun ko‘pchastotali titratishda, rezonansga barcha donalar jalb etilganda eng katta samara yuz beradi. Aslida beton qorishmasida to‘ldiruvchining alohida bo‘lakchlarining sement hamiri bilan bog‘lanishi bilan bog‘liq o‘ziga xos uyg‘unlik yuzaga keladi, shuning uchun titratish samaradorligining ortishi butun aralashma hajmining chayqalashining vibrator chastotasi bilan o‘zaro to‘g‘ri kelishini ta’minlaydigan rejimni tanlash yo‘li bilan erishilishi mumkin. Oddiy beton qorishmalari uchun bir chastotali titratishda amaliyotda 1 minutda 2800-3000 chayqalishlar chastotasi qo‘llaniladi.
CHayqalishlarning optimal amplitudalari qorishmaning bikirligi va to‘ldiruvchining yirikligiga bog‘liq. Qorishma qancha bikir va to‘ldiruvchi yirik bo‘lsa, chayqalishlar amplitudalari shuncha katta bo‘lishi kerak. Zich to‘ldiruvchili va 1 minutda 3000 chayqalish chastotadagi beton qorishmalaridan tayyorlanadigan mahsulotlarni qoliplashda bikirligi 15-20 s bo‘lgan qorishmalar uchun chayqalishlar amplitudasi 0,35-0,4 mm bo‘lishi lozim. CHayqalishlar amplitudasining kattalashuvi zichlanish jarayonining yomonlashuviga va hatto g‘ovaklashishga olib keladi. Bikir yyengilbetonli qorishmalarni tegishli ravishda zichlashtirish uchun na faqat titratish samaradorligini oshirish, balki uning davomiyligini ham ko‘paytirish lozim.